O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti
Download 4.27 Mb.
|
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)
13-MAVZU: IQTIDORLI O’QUVCHILARNI O’QITISH (EDUCATION OF GIFTED CHILDREN)
Reja: Zamonaviy iqtidorlilik konsepsiyasi. Iqtidorli bola shaxsining o’ziga xosliklari. Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash. “Noosfera” modeli asosida iqtidorli o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil qilish. TRIZ va ARIZ. Prezident maktablari. Ijod maktablari. Har bir bola iqtidor egasi bo‘lib tug‘iladi. Bu iqtidorni yuzaga chiqarish faqat alohida shaxs uchun emas, balki jamiyat va uning taraqqiyoti uchun zarurdir. Shuning uchun zamonaviy malakali pedagoglarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, iqtidorni kerakli yo‘nalishda rivojlantirish uchun ijodiy yondashish va uni yuzaga chiqarish uchun zarur shart- sharoitni yaratish, o‘quvchi yoshlar ruhiyatini tushuna olish va malakali yordam bera olishdir. Aqliy salohiyat yoki intellekt, bilim olishga bo‘lgan qiziqish va salohiyatining, o‘ziga bo‘lgan ishonchning yuqoriligidir. Iqtidor - intellektual imkoniyatlar va talabchanlik majmuidir. Insonning sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarilishini va uning o‘ziga xos faoliyatini ta’minlovchi umumiy xususiyatdir. Inson faoliyatini yuqori darajalarga olib chiquvchi ichki imkoniyatlar majmui Iqtidor - inson ruhiyatining butun hayoti davomida tizimli rivojlanadigan psixikaning imkoniyati bo‘lib, insonning boshqalarga nisbatan noan’anaviy va favqulodda natijalarga erishishini ta’minlaydi. Iqtidor insonning barcha imkoniyatlarini va fikrlashini hayotning yangi talablarini hal qilishga va yangi sharoitlarga moslashishga yo‘naltiradi. Iqtidor turlari Badiiy iqtidor Umumiy intellektual Yetakchilik iqtidori Amaliy iqtidor Iqtidor belgilari Ma’lum bir faoliyat turiga bo‘lgan qiziqishning barqarorligi Kam harakat natijasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish Muammolarga o‘zgacha yondashish va ularni hal qila olish Umumiy aqliy iqtidor turlari Salohiyat Iqtidor Bilim olishga ehtiyojning yuqoriligi Noan’anaviylik Iqtidorni rivojlantirish yo‘llari Darsdan tashqari vaqtda ijodiy faoliyatning rivojlanishi Ta’lim muassasidan tashqari vaqtda ijodiy faoliyatning rivojlanishi Qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ijodiy faoliyatning rivojlanishi Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash shartlari: Doimiy ravishda ularning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini yo‘naltirish Bilish jarayoniga ijodiy tus berish O‘quvchi eng yuqori natijaga erishishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishni tanlashga ko‘maklashish Iqtidorli o‘quvchilar bilan faoliyat yuritish turlari Iqtidorli o‘quvchilar guruhini tashkil qilish Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish Qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish Fakultativ darslar tashkil etish Tanlovlar va olimpiadalarda ishtirok etish Shaxsiy reja asosida faoliyat yuritish Individual konsultatsiyalar tashkil etish Ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashish Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchi: Ziyrak va zukko bo‘lish; Iqtidorli bolalar psixologiyasini yaxshi bilishi xamda ularning talab va qiziqishlarini his qila olishi; Ta’lim soxasida tajribaga ega bo‘lishi; Yuqori intellektual salohiyat egasi bo‘lishi; Mahoratli va dunyoqarashi keng bo‘lishi; Iqtidorli bolalarni o‘qitish bilan bog‘liq xar qanday majburiyatni bajara olishi; Tabiatan faol va kirishimli bo‘lishi; Izlanuvchan va doimo o‘z ustida ishlashi; Ijodiy fikr yuritish, noan’anaviy dunyoqarashga ega bo‘lishi zarur. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda, ularga fanlar bo‘yicha amaliy yordam berishda muammolar ham yo‘q emas. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash tajribasiga asoslangan holda muammolarni hal qilishda quyidagi vazifalarni bajarish samaralinatija beradi IQTIDORLI O‘QUVChILAR BILAN IShLAShDAGI MUAMMOLAR Iqtidorni aniqlay olmaslik Uslubiy adabiyotlarning mavjud emasligi Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda vaqtning yetishmasligi O‘quvchilarning o‘ta bandligi Ma’lum bir fan bo‘yicha bilimlarning chuqur o‘rgatilishining mohiyatini o‘quvchi tomonidan to‘g‘ri baholay olinmasligi IQTIDORLI O‘QUVChILAR BILAN IShLASh YuZASIDAN TAVSIYaLAR O‘quvchining psixik xususiyatlarini inobatga olib shaxsiy ish reja tuzish; Eng murakkab va chalkash muammolarni yechish borasida mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish; Ma’lum bir vaqt doirasida o‘quvchi tomonidan topshiriladigan hisobot shaklini tanlab olish (test, savollar va b.) va nazorat reytingini olib borish; Zarur adabiyotlar ro‘yxatini va bazasini shakllantirish Nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish uchun kerakli ko‘rsatmalarni berish; Iqtidoridan kelib chiqqan holda fanlar bo‘yicha “Iqtidorli o‘quvchilar maktabi” ni tashkil etish Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni uzviy, uzluksiz tizimda tashkil etish. O‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun moddiy-texnik baza yaratish. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash uchun olimpiada talablari asosida dastur yaratish. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash uchun olimpiada talablari asosida testlar bazasini yaratish. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling