14-MAVZU: STEAM TALIM (STEAM EDUCATION)
Reja:
1.STEAM - Ssiyence (fan), Technology (texnologiya), Engineering (injeneriya), Mathematics (matematika) o‘qitish: hayot taʼlimi (STEAM Learning: Education for life).
2.Transversal va tajribaga asoslangan taʼlim (Transversal and experiential knowledge).
3. STEM shaxs rivojining ijodiy aspekti. Art (sanʼat) - STEAM konsepsiyasi: Music (musiqa) - STEMM, Reading (o‘qish sanʼati) - STEAM. STEAM taʼlim dasturlari. STEAM texnologiyalarning ahamiyati. Gamefikatsiya: o‘yin orqali o‘rgatish (Gameification: learning through play).
STEAM an’anaviy o‘qitishga muqobil yondashuv hisoblanadi. Bunda bolalar Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika)ni fanlararo bog‘lanishlar va amaliy yondashuvga asoslangan holda o‘rganadilar. STEAM o‘quvchilarning loyiha va o‘quv-tadqiqot faoliyatini maktabda va maktabdan tashqarida amalga oshirilishi imkonini beradi.
STEAM ta’limi Amerikada ishlab chiqilgan. Ayrim maktablar o‘z bitiruvchilarining keyingi faoliyatini kuzatib, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik mahorati, matematika fanlarini integratsiyalashga qaror qilishdi, shunday qilib, STEM (Science, Technique, Engineering and Math) tizimi yuzaga keldi. Keyinchalik unga san’at (Art) qo‘shildi, endilikda STEAM oxirigacha shakllandi. O‘qituvchilarning fikricha, bu fanlardan egallangan bilimlar o‘quvchilarning kelajakda yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga yordam beradi.
STEAM yondashuvining asosiy g‘oyasi quyidagicha: amaliyot nazariy bilimlar kabi muhimdir. Bunda o‘quvchilar ta’lim jarayonida nafaqat o‘z aqlini, balki qo‘llarini ham ishlatishga majburdirlar. Sinf xonasidagi ta’lim olish jarayoni jadal rivojlanayotgan olam o‘zgarishlaridan ortda qolmoqda. STEAMyondashuvining asosiy xususiyati shundaki, bunda o‘quvchilar ko‘pchilik fanlarni samarali o‘rganishda aqli hamda qo‘llaridan foydalanishadi, bilimlarni mustaqil “egallashadi”. O‘quvchilar o‘quv mashg‘ulotlarida tajribalar o‘tkazishadi, modellarni konstruksiyalaydi, musiqa va filmlarni mustaqil yaratishadi, robotlarni yasashadi, ya’ni o‘z g‘oyalarini amalga oshiradilar va mahsulot yaratishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |