O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti
Download 4.27 Mb.
|
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)
2-MAVZU: PEDAGOGLIK KASBINING JAMIYATDAGI O‘RNI.
Reja: O‘qituvchi haqida tushuncha. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yilgan talablar. Demokratik jamiyatda pedagoglik kasbi. O‘qituvchilik kasbining bugungi kundagi ahamiyati va roli. O‘qituvchi – tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ishlaydigan, ta’lim va tarbiya jarayoniga rahbarlik qiladigan, o‘quv, ilmiy, uslubiy, o‘quv, tashkiliy va rahbarlik faoliyatini amalga oshiradigan pedagog-mutaxassis. O‘qituvchi pedagogik faoliyatining asosiy prinsiplari O‘qituvchi pedagogik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardir: o‘quv va ta’limning insonparvarlik xarakter kasb etganligi, ta’lim oluvchining huquq va erkinliklariga, milliy madaniy an’analarga hurmat bilan qarash; qonun talablarining ustuvorligi; o‘quvchilarni tayyorlash, o‘qitish, tarbiyalashga shaxsan yo‘naltirilgan yondashuv; umuminsoniy va axloqiy qadriyatlarga rioya qilish; Vatanga muhabbat, yuqori fuqarolik pozisiyasi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar ruhida o‘quvchilarni tarbiyalash; ta’limning uzluksizligi; pedagogik faoliyat usullari va shakllarini tanlash erkinligi; ta’lim prinsiplarining yagonaligi; ilm-fan, texnika va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida o‘z bilimlarini takomillashtirib borish; bolalar va yoshlar birlashmalari, mehnat jamoalari, shuningdek faoliyatlari amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan manfaatdor davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik. O‘qituvchining kasbiy faoliyati O‘qituvchi maqomiga davlat va nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ishlaydigan zarur kasbiy ta’lim va tegishli malakaga ega bo‘lgan fuqarolar ega bo‘ladi. Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bor va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar o‘qituvchi sifatida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Pedagogik ta’lim va malakaga ega bo‘lmagan shaxslarga pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash o‘tganidan so‘ng beriladi. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan sud hukmiga ko‘ra yoki tibbiy xulosaga asosan mahrum qilingan shaxslarning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida o‘qituvchi maqomiga ega bo‘lishiga va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yetarli malakaga ega bo‘lmaganligi sababli, shuningdek ta’lim faoliyati prinsiplariga zid bo‘lgan axloqsiz xatti-harakatlar o‘qituvchilik maqomidan mahrum qilish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling