II. Ta’lim – tarbiyaning hozirgi bosqichdagi maqsad va vazifalarini tushunib etish va uni amalga oshirish malakasiga ega bo‘lish. Hozirgi davrning o‘qituvchi-tarbiyachisi zamon talablari asosida ta’lim va tarbiyaning maqsad, vazifalarini to‘g‘ri, aniq tushunsadagina uni talabga muvofiq amalga oshira oladi. Buning uchun har bir o‘qituvchi –tarbiyachi, avvalo, “ta’lim”, “tarbiya” tushunchalarining mohiyatini, mazmunini, «ta’lim jarayoni», «tarbiya jarayoni»ning mexanizmini, ularning ob’ektiv va sub’ektiv qonuniyatlarini bilishi, amaliy faoliyatda ulardan o‘rinli foydalanish malakasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Shunga ko‘ra o‘qituvchi, dastavval, ta’lim – tarbiyaning asosan ijtimoiy, psixologik, didaktik xususiyatlarini, ilmiy – nazariy asoslarini muntazam bilib borishga odatlanmog‘i, so‘ngra esa, shaxsiy tajribalarini davr talablari asosida tashkil etishi, ularni pedagogik - psixologik nazariyalar balan taqqoslashi, ilg‘or tajribalarni o‘rganishi, o‘qitish va tarbiyalash ishlarini hayot bilan, mehnat bilan, ishlab chiqarish texnologiyalari balan bog‘lash imkoniyatini qo‘lga kiritishga harakat qilishi darkor. Zero, o‘quvchilar hozirgi sharoitda unumli mehnat jarayonida tayyor bo‘lishlari shart. Ta’lim muassasasidanoq ularni ishlab chiqarishning barcha jabhalari tamoyillaridan voqif qilmoq lozim. Ayni paytda ularga oddiy mehnat qurollari bilan ishlay olish malakasini berishi zarur.
III. Pedagogik faoliyatni mustaqil tashkil etish. Har bir o‘qituvchi - tarbiyachi pedagogik faoliyatga kirishar ekan, avvalo, uni mustaqil tashkil etish, shaxsiy tajribalarini yaratish malakasiga ega bo‘lishi lozim. Shundagina, u mahoratli kasb egasi bo‘la oladi. Shuning uchun o‘qituvchi, avvalo, o‘z ixtisosligi, kasbiy faoliyati ustida mustaqil ishlashi, bilim olishi shaxsiy faoliyatini ilmiy - nazariy, usuliy - amaliy yo‘nalishlarini mukammal egallashga intilmog‘i darkor. Mustaqil ishlash, o‘z faoliyatini mustaqil takomillashtirib borish har bir o‘qituvchi-murabbiy oldiga davr qo‘yayotgan talabdir. Bu o‘z navbatida o‘qituvchining mustaqil bilim olishning kompleks malakalariga ega bo‘lishini, o‘z-o‘zini nazorat qilishini, o‘z faoliyat natijalarini tahlil qilib, o‘z faliyatini baholashning real ko‘nikmalarini o‘ziga hosil qilishi zarurligini ko‘rsatmoqda. Bu faqatgina pedagogik faoliyatni mustaqil tashkil etish orqali amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |