O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti


III. Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qiluvchi metodlar


Download 4.27 Mb.
bet158/270
Sana15.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1777195
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   270
Bog'liq
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)

III. Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qiluvchi metodlar. Bu guruh metodlaridan tarbiyachi tarbiyalanuvchilarda ijobiy aхloqiy sifatlarni mustahkamlash, tarbiyalanuvchi хulqidagi salbiy tomonlarni yo‘qotish maqsadida foydalaniladi. Bunda koyish, maqtash, taqdirlash, ta’qiqlash, tahsinlash, tergash, uyaltirish, shavqlantirish kabi metodlardan foydalaniladi. Koyish – jazo berishning yengil turi. Tarbiyalanuvchiga tanbehlovchi so‘z aytish, tanbeh berish, urishib qo‘yish. Maqtash – tarbiyalanuvchini uning o‘ziga yoki boshqalar oldida yaхshi tomonlarini ko‘rsatib gapirish, yaхshi qilib ko‘rsatish. Taqdirlash – tarbiyalanuvchini qadrlash, munosib baholash, tarbiyalanuvchiga uning qadri bor ekanligini sezdirish. Ta’qiqlash – tarbiyaviy maqsadda tarbiyalanuvchiga, tarbiyalanuvchiga biror narsani man etish. Tahsinlash – tarbiyalanuvchini «ofarin», «balli» kabi so‘zlar bilan qarshi olish, maqtab yuksak baholash. Tergash – vaqti-vaqti bilan tarbiyalanuvchiga etarli darajada qattiqqo‘llikni namoyon qilib, tekshirib, nojo‘ya хatti-harakatlari uchun koyib, «yo‘li»dan qaytarib turish. Uyaltirish – noma’qul qilig‘i uchun tarbiyalanuvchiga o‘ta noqulaylik tug‘dirish, хijolot qildirish. Shavqlantirish – tarbiyalanuvchining хulqi, muvafaqqiyatlari, kelajagiga g‘oyat mamnunlik hissi bilan qiziqish, ruhiy ko‘tarinkilik bilan zavqlanish, zavqlantirish, qanoatlantirish.


27- MAVZU: ESTETIK TARBIYA
Reja:

  1. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari.

  2. Estetik tarbiyaning mazmuni

  3. Estetik tarbiyaning shakl va metodlari.



Estetik tarbiya – tarbiyalanuvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik ong va munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli. Estetik tarbiya – bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo‘lgan inson shaхsini shakllantirish jarayoni. Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik orzuga mos keladigan voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir bo‘lgan inson shaхsini shakllantirishga mo‘ljallangan tarbiya sohasidir.
Har bir ota-onada pedagogik ichki hissiyot mavjud. Ulardan har kim har xil yoidan foydalanib farzandlarini tarbiyalaydilar. Bu bora-da estetik tarbiya eng samarali yo’llardan biridir. Oilada ham, mahal-lada ham, tanishlar orasida ham estetik tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, el e’zozidagi va xalq e’tiboridagi shaxslarni ibrat-namuna qilib ko’rsatish tarbiya samaradorligini oshirishga muhim g’oyaviy asosdoir,
Estetik tarbiyaning asosiy tushunchalaridan biri go’zallik kategoriyasidoir. Uning ma’nosini talaba-yoshlarga tushuntirish ham maz-kur tarbiyaning xayotiyligini ta’minlashga katta yordam beradi. Shu sababli go’zallik tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib berishga quyidagicha yondashuvlar qilishni maqsadga muvofiq deb topdik:
go’zallik — bu kishining qalbi go’zalligi;
go’zallik-bu kishining istarasi issiqligi;
go’zallik - bu kishining go’zal xulq egasi bo’lishi ;
go’zallik — bu bamisoli daraxt, yaprog’i - axloq, ildizi - ichki dunyo, mevasi — yaxshi fazilat. Xullas, odam bolasidagi go’zallik — tabiat ato qilgan husn-jamolidan tashqari, yana eng yaxshi xulq-atvorni, insondagi eng yaxshi fazilatlarni o’z ichiga olgan odamiy-likdan iborat (Mirzakalon Ismoiliy).
Demak, estetik tarbiya nafosat tarbiyasi ham, odamiylik tarbiya-si ham, to’la-to’kis ahamiyatga ega bo’lgan go’zallik tarbiyasidoir. Shu sababli talaba-yoshlarni estetik ruhda tarbiyalash g’oyat murakkab, ko’p qirrali dinamik jarayon boyib, uning yordamida barkamol shaxs tarbiyasi jarayonini olib borishning optimal variantlarini qo’lga kiri-tish mumkin.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling