O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti


Download 4.27 Mb.
bet52/270
Sana15.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1777195
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   270
Bog'liq
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)

7-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM TIZIMI.
Reja:

  1. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari.

  2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘grisida”gi Qonuni.

  3. Uzluksiz ta’lim tizimi, uning tarkibiy qismlari va darajasi.

  4. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy printsiplari.


Tayanch tushunchalar: modernizatsiya, ta’lim, ta’lim tizimi, ta’lim turlari, Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun, ta’lim shakllari, ta’lim prinsiplari, pedagogik faoliyat.

“Modernizatsiya” – inglizcha “modern” so‘zidan tashkil topib, o‘zbek tilida “zamonaviylashtirish”, “takomillashtirish” ma'nolarini bildiradi.


Modernizatsiya jarayoni:
Iqtisodiy modernizatsiya texnika va texnologiyalarning takomillashuvi, biznes yuritishda ilmiy yutuqlardan foydalanish, ishlab chiqarishning uzluksizligini ta'minlash, tashqi aloqalarda erkin raqobat, milliy bozorni shakllantirish uchun qulay imkoniyatlarning yaratilishidir
Siyosiy modernizatsiya siyosiy tizimni liberallashtirish, demokratik tamoyillarning qaror topishi, siyosiy hayotda fuqarolarning ishtirokini kengaytirish, boshqaruvda davlatning rolini kuchaytirish, qonun ustuvorligiga erishishdir
Ijtimoiy modernizatsiya ochiq jamiyatni shakllantirish, aholi savodxonligining o‘sishi, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, jamiyatda inson omilining yuqori o‘rin tutishi, barcha jabhalardagi o‘zgarish va yangilanishlar insoniyatning kelajak taraqqiyotiga asos bo‘lishi, globallashuv sharoitida erkin va farovon hayotni ta'minlashdir
Madaniy modernizatsiya umuminsoniy qadriyat, milliy an'ana va madaniy meroslarga munosabatning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi, taraqqiyot tomon yuz tutish, inson faoliyati va uning natijasida yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklarni shaxskamoloti hamda jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishiga zamin yaratishdir.
Ta'limni modernizasiyalash – an'anaviylikdan zamonaviy o‘qitish shakllariga o‘tish, jahon standatlari darajasida ta'lim mazmunini takomillashtirish, texnik bazani mustahkamlash, ta'lim taraqqiyoti va kadrlar raqobatbardoshligini ta'minlovchi jarayondir
Bugungi kunda ta'limdagi eng muhim strategik yo‘nalish – ta'lim tizimini modernizasiya qilishdir. Zamonaviy sharoitda ta'lim sivilizasiyaviy (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy) funksiyalarni bajaradi, shuningdek insoniyat to‘plagan ilmiy bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, kreativ shaxsni shakllantirish, pirovardida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Bu boradagi ko‘zlangan maqsadlarga ta'limning mazmunini isloh etmasdan erishib bo‘lmaydi.
Ta'limni modernizatsiya qilishdan maqsad uning mazmunini takomillashtirishdan iborat.
Ta'lim, fan va ishlab chiqarish hamkorligidan kelib chiqib, “kadrlar bozori”ga raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash
Ijtimoiy ehtiyoj, ta'lim oluvchilarning talablari, mintaqa va xududning manfaatlarini inobatga olish
Ta'limtarbiyaning shakl va metodlari, pedagogikpsixologik shartsharoitlari, omillari, vositalarining o‘zaro nisbatini, uyg‘unligini ta'minlash
O‘qituvchining kasbiy kompetentligi, kreativligi, mahorati, ilmfanning ilg‘or yutuqlaridan xabardorligi va chet tili savodxonligi.
DTS, o‘quv reja, o‘quv dasturlarni davr talabi asosida takomillashtirishning muntazamligi, moddiytexnika bazani mustahkamlash, innovasiyalarni keng joriy etish va xorij tajribalari asosida yanada boyitish.
Uzluksiz ta'lim tizimida ta'limtarbiya samaradorligini oshirish – ta'lim mazmunini modernizasiyalashning poydevoridir.
Ta'limni modernizasiya qilishning asosiy masalalari:

  • “Ta'lim natijasi va uning sifat darajasi qay darajada bo‘ladi?”

  • “Kim uchun o‘qitish kerak?” (qanday talabani, qanday talablar asosida, kimlar uchun)

  • “Qanday tartibda va qaysi tizimda o‘qitish kerak?” (qanday pedagogik texnologiyalar asosida)

  • “Qancha o‘qitish kerak?” (qanday me'yoriyuslubiy baza sharoitida)

  • “Kimlar o‘qitishi lozim” “Kimlarni o‘qitish kerak” “Nimani o‘qitish kerak?” (qanday sharoitida va qanday talablar asosida)

  • “Qanday moddiy texnik baza asosida o‘qitish lozim ”.

Ta'lim tizimida modernizasiyaning vazifalari:
Davlat tomonidan teng huquqli to‘liq ta'lim olish imkoniyatlari va kafolatlarini ta'minlash;
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbhunar va Oliy ta'limni yangi zamonaviy sifat darajasiga erishish;
• Ta'lim tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish va ulardan foydalanishning me'yoriy–huquqiy va tashkiliy iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish;
• Ta'lim sohasidagi xodimlarining ijtimoiy mavqei va professional salohiyatlarini oshirish va bunda davlat va jamiyat tomonidan qo‘llab quvvatlashni yanada kuchaytirish.
Ta’lim tizimini modernizatsiyalash
Ta'limning maqsad va funksional vazifalarini belgilab olish
AKT ning rolini ta'lim tizimida oshirish
Ta'lim va o‘quv muhitini takomillashtirish
Zamonaviy ta'lim tizimida o‘qituvchining rolini o‘zgartirish
Ta'lim oluvchilarda ta'lim olish va uni tashkillashtirishga bo‘lgan motvasiya (xohish va istaklar)ni kuchaytirish.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling