O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti


Download 4.27 Mb.
bet97/270
Sana15.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1777195
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   270
Bog'liq
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)

Dasturda quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:
Davlat siyosati masalalari:“Maktablar o‘quvchi yoshlarni katta hayot yo‘liga o‘tishiga munosib ravishda tayyorlay olishyaptimi?, “Ayrim turdagi o‘quv dasturlari boshqalariga nisbatan samaraliroqmi?”,“Maktablar muhojirlar yoki og‘ir ijtimoiy sharoitga ega o‘quvchilar kelajagi yaxshilanishiga yordam beradimi?”kabi ba’zi bir savollarga javob topishdan iboratdir.
Savodxonlik: PISA muayyan maktab o‘quv dasturlarining ustunligini o‘rganish o‘rniga, o‘quvchilarning asosiy mavzularda bilim va ko‘nikmalarini qo‘llay olish qobiliyati, muammolarni tahlil qilish, sharhlash va samarali hal qilish, fikrlash, muloqot qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Hayot davomida o‘rganish: O‘quvchilar maktabda o‘rganishi lozim bo‘lgan hamma narsani to‘liq o‘zlashtira olmaydi. Samarali o‘rganuvchi bo‘lish uchun nafaqat bilim va ko‘nikmalarni, balki ular qanday hamda nima uchun o‘rganilishi haqida xabardor bo‘lishi lozim. PISA o‘quvchilarning o‘qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonligini oshirish bilan bir qatorda o‘quvchilarning ta’lim olishga qiziqishi, o‘zlari haqida ma’lumotlar hamda ta’lim strategiyasi haqida fikrlarini so‘raydi.
PISA va TIMSS o‘rtasidagi asosiy farq. PISA va TIMSS dasturlarining asosiy farqi eng avvalo ularning turli xil yosh va sinflar toifasida o‘tkazilishidan iboratdir. Masalan, PISA 15 yoshli o‘quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan bo‘lsa, TIMSS esa muayyan yoshdagi o‘quvchilarning emas, balki to‘rtinchi va sakkizinchi sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholaydi. Shu bilan birga, TIMSS baholashlari o‘quv dasturlariga asoslangan bo‘lsa, PISA esa, o‘quvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarini real muammolarni hal qila olishlarini baholashga qaratiladi. TIMSS aynan maktab bilimlarni o‘zlashtirish darajalarini baholasa, PISA bilim va ko‘nikmalarni maktabda, uyda va jamoatchilik orasida qo‘llay olish darajalariga alohida e’tibor qaratadi.

    1. PISAni boshqarish

PISA boshqaruvi. PISA dasturining faoliyati PISA boshqaruv kengashi qarori asosida, loyihada ishtirok etayotgan davlatlarning ta’lim sohasidagi boshqaruv organlari mas’ulligida ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan dastur asosida tashkil etiladi.
Kengash tarkibiga barcha IHTTga a’zo davlatlar, shuningdek sherikchilik maqomidagi hamkor davlatlar kiradilar. Bugungi kunda sherikchilik maqomga faqatgina Braziliya sazovordir. Davlatlar Kengashga o‘zlarining ta’lim siyosati va amaliyoti hamda o‘quvchilarni baholash borasida yuqori ilmga ega bo‘lganlarni vakillikka tavsiya etadi. Kengash tarkibi hukumatning rasmiylari va ilmiy-pedagog, tadqiqot xodimlari hamda akademik institutlardan tashkil topgan.
Kengash PISA uchun siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi va amalga oshirish jarayonida ushbu ustuvorliklarga rioya etilishini nazorat qiladi.
Bu faoliyat ma’lumotlar tayyorlash, tahlil qilish va hisobot berishning ustuvor yo‘nalishlari, standartlarini belgilash, shuningdek, PISAni amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan ish hajmini aniqlashni o‘z ichiga oladi.
PISAning texnik to‘g‘riligini ta’minlash maqsadida o‘zida namunalashtirish, so‘rovnomalar tuzish, o‘lchash va tahlil qilish kabi PISA tadqiqot usullarini qo‘llab-quvvatlaydigan dunyoga mashhur ekspert va mutaxassislar jalb qilingan. Bu texnik maslahat guruhi(TMG) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan tayinlangan. Texnik maslahat guruhi muntazam ravishda PISA ma’lumotlarda o‘zga mamlakatlarning natijalari va PISA usullariga ma’lumotlarning ishonchliligi va xalqaro miqyosda taqqoslanishiga oid qarorlar qabul qilinishida ishtirok etadi.
PISA boshqaruvi kengashi. Boshqaruv kengashi IHTT va PISA a’zolari vakillaridan iborat. PISAda rasmiy ishtirokchi maqomiga ega bo‘lmagan, lekin qatnashadigan mamlakatlar PISA yig‘ilishlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin. Kengashdagi mamlakatlar vakillari ularning ta’lim vazirliklari tomonidan, kengash raisi esa PISA boshqaruvi kengashi tomonidan tanlab olinadi. IHTTning ta’lim maqsadlari asosida boshqaruv kengashi PISA uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilaydi hamda ularning har birlari PISA tadqiqotlarini amalga oshirish davomida o‘zaro hurmat ruhida va vijdonan yondashuvlariga e’tibor qaratadi.
IHTT kotibiyati. IHTTkotibiyati PISA tadqiqotini amalga oshirilishi hamda uzluksiz boshqaruv jarayonini tashkil etish uchun mas’ul hisoblanadi. Bunda PISA jamoasi so‘rovnomalarni amalga oshirilishini nazorat qiladi, PISA boshqaruv kengashinomidan ma’muriy jarayonlarni boshqaradi, mamlakatlar o‘rtasida xalqaro kelishuvlar o‘rnatadi va PISA boshqaruvi kengashi hamda PISA konsorsiumi o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaradi.
PISA Milliy loyiha boshqaruvi menejerlari. IHTT kotibiyati, PISA boshqaruv kengashi va xalqaro pudratchilar hamda Milliy loyiha menejerlari bilan ish faoliyatlarini olib boradi. PISA milliy loyiha menejerlari mamlakatlarning o‘z hukumatlari tomonidan tayinlanadi.
Xalqaro tashkilotchilar (“PISA konsorsiumi”): Har bir PISA so‘roviga ko‘ra, xalqaro tashkilotchilar (odatda sinov va baholash organlaridan iborat) test-so‘rovlarni loyihalashtirish va amalga oshirish uchun javob beradi.
Tashkilotchilar PISA boshqaruv kengashi tomonidan xalqaro tender tanlovi orqali tanlanadi. Pudratchi odatda PISA Konsorsiumi (tadbirkorlarning yirik operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashishi) deb nomlanadi.
Ta’lim organlari. PISA xalqaro baholash dasturini amalga oshirish ishtirokchi davlatlar va ta’lim vazirliklari ko‘magisiz va ularning qo‘llab- quvvatlashisiz amalga oshirishning imkoni yo‘q.
PISA fanlar bo‘yicha ekspert guruhlari. PISA mavzuga oid masalalar bo‘yicha ekspert guruhlariga ega bo‘lib, ular sinovlarning uchta asosiy yo‘nalishlari - o‘qish, matematika va tabiiy fanlar savodxonligi, shuningdek, zarur bo‘lgan hollarda boshqa fan masalalari bo‘yicha vakolatlarga ega. Ushbu guruhlar har bir soha bo‘yicha malakali ekspertlardan tashkil topgan. Ular har bir PISA test-so‘rovining nazariy asoslarini yaratadi.



Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling