O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti
PISA- ning interaktiv vazifalari nimadan iborat
Download 4.27 Mb.
|
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)
- Bu sahifa navigatsiya:
- PISA –bu eng katta Xalqaro oquvchilar bilimining tadqiqot qilish programmasi
- PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study)
- PISAda o‘quvchilarning bilim sifati monitoring 5 ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi.
PISA- ning interaktiv vazifalari nimadan iborat:
2012 yilda birinchi marotoba ommaviy test sinovlari ishtirokchilariga maxsus turdagi vazifalar, ya’ni interaktiv turdagi vazifalar kiritilishi taklif qilingan. Interaktiv - o’quvchidan yangi qiyin sistemani oldindan xususiyatini bilmay turib mustaqil tadqiqot qilishni talab qiladi, tizim bilan bevosita amaliy hamkorlik orqali gipotezalarni (xayoliy) o’rtaga tashlaydi, ularni eksprimental tarzda sinab, ob’ektni tekshirihsga harakat qiladi. PISA –bu eng katta Xalqaro o'quvchilar bilimining tadqiqot qilish programmasi PISA- natijalari butun dunyo yoshlarining qanday bilim va ko'nikmalarga ega ekanligini ko'rsatadi Timss (Trends in Mathematics and Science Study) – matematik va tabiiy-ilmiy ta'lim sifatini tadqiqot etadigan xalqaro monitoringdan iborat. Unda 4-, 8-, 11- sinf o'quvchilari ishtirok etadilar. 1995 y., 1999 y., 2003 y., 2007 y., 2008., 2011 y., 2015 yillarda o'tkazilgan. 2008 yilda Timss Advanced monitoring tadqiqotlari matematika va fizikani chuqur o'rganadigan maktablarning o'quvchilari o'rtasida o'tkazgan. Bu ikki predmet o'sib kelayotgan avlodning yangi texnologiyalardan foydalanish va takomillashtirish qobiliyatlarini hamda mamlakatning intellektual potensialini baholashda ustuvor soha hisoblanadi. PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) - matnni o'qish va tushunish sifatini o'rganish deb nomlangan xalqaro loyiha bo'lib, unda 4-sinf o'quvchilari ishtirok etadi. 2001 y., 2006 y., 2011 y., 2016 yillarda o'tkazilgan. PISA testlarida ishtirok etayotgan davlatlar soni tobora ortib bormoqda. PISAda o‘quvchilarning bilim sifati monitoring 5 ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi. PISA–o‘quvchilarning o‘qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo‘lib, o‘quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko‘nikmalarini aniqlashga mo‘ljallangan. PISA xalqaro baholash dasturi shuningdek, o‘quvchilar munosabati va motivatsiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar to‘playdi, o‘quvchilarda muammoni hal qila olish kabi ko‘nikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o‘quvchi-yoshlarning fikr- mulohazalari, ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi. PISA–halqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo mamlakatlari o‘quv dasturlarida mavjud bo‘lgan talablar doirasida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi. PISA hech qanday o‘quv dasturini belgilamaydi yoki targ‘ib qilmaydi yoki umumiy e’tirof etishni taqozo etmaydi. Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilarining fikricha, o‘quvchilarda tabiiy fanlardan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikma darajalari shakllanishi, mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim dastlabki qadamlar deb hisoblanishini e’tirof etadi. PISA tadqiqoti - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti IHTT(OECD – Organisation for Economic Co-operation and Development) tomonidan amalga oshiriladigan dastur hisoblanadi. Tadqiqot ilk bor 2000 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, har uch yilda bir marotaba o‘tkazib boriladi. Navbatdagi tadqiqotlar 2021 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. PISA tadqiqoti o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan: ta’lim sohasidagi eng yirik, keng ko‘lamli xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri sanaladi; tadqiqotda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 15 yoshli o‘quvchilar ishtirok etadi; tadqiqotda o‘quvchilarning “hayotga tayyorlik” darajasi, ya’ni ularning maktabda egallagan bilim va ko‘nikmalarini hayot qo‘llay olish layoqati baholanadi; tadqiqotda o‘quvchilarning matematika, o‘qish (matnni tushunish), tabiiy yo‘nalishdagi fanlar va global muammolarni hal etish sohasidagi funksional savodxonligi baholanadi; tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta’lim tizimining o‘ziga xosligi bo‘yicha ma’lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to‘planadi. O‘zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi uchun quyidagilar muhim ahamiyatga ega: O‘zbekistonda umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ta’lim olishni davom ettirishga qay darajada tayyorligini aniqlash; mamlakatdagi umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlash; o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma’lumotlarni olish. PISA tadqiqoti haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni O‘zbekistonda mazkur tadqiqotni o‘tkazishga mas’ul hisoblangan Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining rasmiy veb-sayti (markaz.tdi.uz)va IHTT www.oecd.org/pisa)dan olish mumkin. Nima uchun PISA tadqiqotlari har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi va nega aynan 15 yoshli o‘quvchilarning bilim darajalari aniqlanadi? PISAning asosiy vazifasi – mamlakatlarni ta’lim siyosatiga oid ma’lumotlar bilan ta’minlash va qarorlar qabul qilishda ularni qo‘llab- quvvatlashdan iborat. Tadqiqotning har uch yilda o‘tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlarni va tegishli dasturlarning ta’sirini hisobga olish uchun ma’lumot va tahlillarni o‘z ichiga olgan holda, o‘z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratib beradi. Agar tadqiqotni o‘tkazish davriyligi qisqa muddatda amalga oshirilsa, o‘zgarishlar va yangilanishlar uchun yetarli vaqt hamda kerakli ma’lumotlarni to‘play olmaslik muammosini vujudga keltiradi. Tadqiqot doirasi 15 yoshli o‘quvchi yoshlar orasida o‘tkazilishiga asosiy sabab aksariyat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) a’zo davlatlarda ushbu yosh majburiy ta’lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi. PISA dasturining o‘ziga xosligi. PISA xalqaro baholash dasturi butun dunyoda keng qamrovli va muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan dastur sifatida o‘ziga xos ahamiyatga ega. PISA xalqaro baholash dasturida qariyib 80dan ortiq davlatlar ishtirok etishgan. Tadqiqotni har uch yilda bir marotaba o‘tkazilishi esa, davlatlarga o‘z ta’lim tizimida kelajakda erishish ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlarni aniqlab olish imkoniyatini yaratib beradi. Shuningdek, dastur 15 yoshdagi o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha yagona xalqaro baholash loyihasi hisoblanadi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling