Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning xuquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning xuquqiy tomonlari kabi masalalarini aks ettiradi. Nizomlar, yo’riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shu nday tashkiliy hujjatlar jumlasiga kiradi.
Ma’lumotsimon axborot hujjatlari ancha katta guruxni tashkil qiladi, bunday hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtiroki xam juda faol. Bu gurux dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot. ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlarni o’z ichiga oladi.
Xulosa
Har bir hujjat alohida unsurlardan iborat bo’lib, ular rekvizit deb yuritiladi. Masalan: hujjat avtori, manzili, imzo, sana va boshqalar. Hujjatda joylashgan rekvizitlar yig’indisi uning formulyarini tashkil etadi. Har qanday hujjatlar turli rekvizitlar yig’indisidan iborat bo’lib, uning qanday hujjat ekanligini aniqlaydi. Masalan: majlis bayoni, dalolatnoma, buyruq bir qancha rekvizitlarga ega. Hujjat turini aniqlovchi formulyar namunali formulyar deyiladi. Hujjatning bir turga keltirish tizimini yaratishda namunali-formulyar hujjatlarni BTK modeli ishlab chiqarildi. Namunali-formulyar yig’indisi asosiy hujjatlar tarkibiga kiruvchi xamma rekvizitlarni o’z ichiga olishi lozim. Rekvizitning doimiy axboroti uchun bir qancha belgilar yig’indisini hisobga olgan xolda va ularni yozishda
qo’llash uchun kerakli maydon ajratiladi. Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik. ixchamlik, lo’ndalik mazmuniy to’liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjatchilik tiliniig o’ziga xos uslubi, undagi o’ziga xos so’z qo’llash, morfologiya va sintaksis orqali ta’min etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |