7.Boshqarish faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarning asosiy turlari
Ma’lumki, har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladi. HujjatShu noslikda ish yuritishdagi hujjatlar qo’yidagicha 14 tasniflanadi:
Boshqaruv axborotining sifatiga ko’ra
• kirim; • chiqim.
Faoliyat turiga ko’ra
• ma’muriy va umumiy savollar bo’yicha;
• moliyaviy-hisob jarayonlari;
• ta’minot va savdo bo’yicha;
• personal xodimlar bo’yicha.
Mazmuniga ko’ra;
• sodda hujjatlar;
• murakkab hujjatlar.
Yaratilish davriga ko’ra
• ichki hujjatlar;
• tashqi hujjatlar.
Belgisiga ko’ra
• qoralama;
• asl nusxa;
• nusxa;
• erkin nusxa:
• ko’chirma; ikkinchi nusxa.
Mazmun bayonining shakliga ko’ra
• Shaxsiy hujjatlar;
• qolipli hujjatlar;
•namunalihujjatlar
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko’ra
• xizmat yoki rasmiy hujjatlar;
• xususiy hujjatlar.
8.Bajarilish muddatiga ko’ra
• shoshilinch hujjatlar;
• noshoshilinch hujjatlar.
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko’ra
• tashkiliy hujjatlar;
• farmoyish hujjatlari;
• ma’lumotsimon axborot hujjatlari;
• xizmat yozishmalari.
Ichki hujjatlar. Ayni muassasaning o’zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir.
Tashqi hujjatlar. Muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlardir.
Sodda hujjatlar - muayyan bir masalani o’z ichiga oladi.
Murakkab hujjatlar - ikki yoki undan ortiq masalani o’z ichiga oladi. Matnning o’ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andozada bo’lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir. Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo’lsada, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |