O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Boshqarishning tashkil etish funksiyasi, boshqarishning motiivatsiya


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

2.Boshqarishning tashkil etish funksiyasi, boshqarishning motiivatsiya 
funksiyasi 



18 
Mehmonxonada tuzilgan har qanday rejaning tashkil etish - shakllantirish bosqichi 
bo‗ladi. Bu bosqichda rejalashtirilgan maqsadlarga erishishga real sharoit yaratiladi. 
Masala firmaning muammolarini yechish uchun kerakli barcha vositalar bilan 
ta‘minlovchi tarkibini yaratish to‗g‗risida bormoqda. Tashkil etish funksiyasi har qanday 
mehmonxonada boshqaruvning texnik, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va huquqiy 
tomonlarini tartibga solishini ta‘minlaydi. Bu menejer va boshqa ijro etuvchilarning 
faoliyatini tartibga solishga qaratilgan. 
Ma‘lumki, barcha ishni odamlar amalga oshiradi, demak bu funksiya orqali umumiy 
bajarilishi kerak bo‗lgan vazifalardan aniq bir vazifani kim bajarishini va buning uchun 
qanday vositalar zarurligi aniqlanadi. Shakllantirish funksiyasi orqali maqsadga muvofiq 
ravishda munosabatlar va korxonaning boshqaruvi ro‗y berishi kerak. Shakllantirish bu 
mehmonxona maqsadiga erishish vositasi. Iqtisodiy nuqtai-nazaridan samaradorlikga 
olib keladi. Xodimni boshqarish nuqtai-nazaridan esa ishga ma‘no beradi va ishni ijro 
etuvchilariga taqsimlab beradi. 
Turoperatorlar ishini tashkil etish misolida boshqaruvni tashkil etish funksiyasini 
yanada yaqqolroq tasavvur qilish mumkin. Ma‘lumki, turoperator ishlab chiqarish, savdo 
va axborot bilan bog‗liq vazifalar va yangi hududni o‗zlashtirish, o‗rganish vazifalarini 
bajaradi. Bu vazifalarning har biri bo‗yicha javobgar shaxslarni tayinlaydi va vazifalarni 
taqsimlaydi. Ya‘ni, firmaning barcha bo‗limlari o‗rtasidagi doimiy va vaqtinchalik 
o‗zaro munosabatlarini va firma faoliyati shart sharoitlarini belgilaydi. Bu odamlar va 
vositalarni firma maqsadlariga erishish yo‗lida birlashtirish jarayonidir.
Turli xil rejalarga ega bo‗lgan, lekin ularni hayotga tadbiq qilish strukturasiga ega 
bo‗lmagan turistlik firmaning ishi yurishmaydi. Rejalashtirish firma maqsadlarini amalga 
oshirish uchun sahna tayyorlaydi (strukturani shakllantiradi, sahnada «o‗ynaydigan» 
apparatni yaratadi). Boshqaruvning tashkil etish funksiyasi esa asosiy komponenti 
odamlar bo‗lgan ishchi tizimni yaratadi.
Firma rejalarini bajarishi va maqsadlariga erishishi uchun qator elementlarni 
shakllantirishi lozim. Turi va faoliyat masshtabidan qat‘iy nazar, har qanday firma 
qaysidir darajada tashkil etilgan bo‗lishi lozim. Tashkil etish funksiyasini bajarish 
davomida qo‗llash kerak bo‗lgan bir qator tamoyillar mavjud:
-rejaga kiritilgan firma maqsadlarini aniqlab olish; 
-bu maqsadlarga erishish uchun zaruriy faoliyat turlarini aniqlab olish; 
-individlar (mehnat bo‗limlari) ga turli xil vazifalarni topshirish va ularni 
boshqaruvchi ishchi guruhini birlashtirish; 
-har bir guruhga topshirilgan turli faoliyat ko‗rinishlarini ishchilarning o‗zaro 
aloqasini qrnatish. Bunda kim rahbarlikni olib borayotganligini to‗g‗ri aniqlash (bitta 
bo‗ysunuvchiga ikkita rahbar bo‗lishi mumkin emas) ya‘ni guruhning har bir a‘zosi nima 
qilishi kerakligi, qancha muddatda va unga kim rahbarlik qilayotganligini bilishi shart; 
-maqsadlar birligi – mehmonxonaning har bir a‘zosi umumiy maqsad uchun 
ishlaydi, ya‘ni hech kim mehmonxona maqsadlariga qarshi ish qilmasligi lozim. 
Bitta menejer rahbarlik qilishi kerak bo‗lgan xodimlarning ideal miqdorini aniqlash 
oson emas. Real hayotda bu miqdor mehmonxonadan-mehmonxonaga, boshqaruvning 
bir bug‗unidan boshqasiga o‗tgan sari keskin farq qiladi. Boshqaruvning yuqori 



19 
bo‗g‗inidagilarning qo‗l ostida ko‗pi bilan 10 ta xodim bo‗lsa, qo‗yi bo‗g‗in 
rahbarlarining qo‗l ostida bir muncha ko‗proq xodim bo‗lishi mumkin.
Shundan kelib chiqib, boshqaruvchilik me‘yorini aniqlovchi ikkita muhim omilini 
ajratib ko‗rsatish mumkin. Bular – vaqt va davriylik, ya‘ni menejer qo‗l ostidagilarning 
har biri bilan muloqat qilishga qancha vaqt ajratish kerakligi va buni qanchalik tez-tez 
amalga oshirishi. Tabiiyki bu ko‗p jihatdan menejerning xodim bilan muloqat qilish 
mahoratiga, hal qilinayotgan masalaning murakkabligiga, ish jarayoniga qanchalik 
qiziqishiga bog‗liq. Shunday qilib tashkil etish bu – korxona tarkibining yaratiladigan 
va saqlanadigan jarayoni hisoblanadi. 
Motivatsiya - mehmonxona a‘zolarining rejani bajarishi va ular bajarayotgan ish 
topshirilgan majburiyatlarga mos kelishi demak.
Rag‘batlantirish - inson ehtiyojlarini yaxshi ish orqali qondirishdan iborat.
Tashkiliy struktura samaradorligida juda yaxshi tuzilgan reja, zamonaviy 
texnologiya bilan taminlangan bo‗lsa ham, lekin ishchilarning mehnat motivatsiyasiz 
firma xohlaganidek natijaga erisha olmaydi. Mehnat jamoasi azolari busiz o‗zlarining 
majburiyatlarini to‗liq bajara olishmaydi. Nima uchun odamlar ishlashadi? Nima uchun 
biri yaxshi ishlaydi, ikkinchisi yomon? Odamlar yaxshi ishlashlari uchun nima qilish 
kerak? Ishlashga qanday xohish va ehtiyoj tug‗iladi? Bu savollarga javoblarni 
motivatsiya muammolarini o‗rgangandan so‗ng olsa bo‗ladi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling