O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

 
15-MAVZU.
MEHMONXONA XODIMLARINING LAVOZIM 
YO„RIQNOMALARI 
Reja: 
1.Joylashtirish bo„limi ma‟murining lavozim yo„riqnomasi 
2.Joylashtirish bo„limi port‟esining lavozim yo„riqnomasi 
3.Konserj bo„limi konserjining lavozim yo„riqnomasi 
4.Nomer fondi bo„limi xona bekasining lavozim yo„riqnomasi 
5.Restoran bosh metrdotelining lavozim yo„riqnomasi 
6.Restoran barmenining lavozim yo„riqnomasi 
 



95 
1.Joylashtirish bo„limi ma‟murining lavozim yo„riqnomasi 
Ma‘muriy xizmat mehmonxona majmuasining barcha xizmat bo‗limlarining 
ishini tashkillashtirilishiga javob beradi. U moliya, xodimlar (kadrlar) bilan 
ta‘minlash masalalari bilan shug‗illanadi, xodimlarga yetarli ish sharoitlarini 
yaratish, texnika xavfsizligiga, ekologiya va yong‗inga qarshi qo‗yilgan normativ 
talablarni bajarilishini nazorat qiladi, hamkorlar va tashqi aloqalar bilan 
shug‗illanadi. Bu bo‗limni oliy toifali menejer yoki mehmonxona direktorining o‗zi 
boshqaradi.
Mehmonxonalarda ma‘mur (administrator) xizmatlari ko‗rsatishning muhim 
vazifalari asosan qabul qilish va xizmat ko‗rsatish bilan belgilanadi. Bu ―Front 
office‖ xizmati bo‗lib, u qabul qilish va xizmat ko‗rsatish deb talqin qilinadi. Ingliz 
tilida bu xizmat ―Reception‖ deb atalib, u ―Front office‖ning bir bo‗limi hisoblanadi.
Unda konserj, shveysar, yuk tashuvchi, paj, telefon operatori, mehmonlar bilan 
ishlovchi menejer va ko‗pincha bronlashtirish xizmatlari kiradi. Bu bo‗lim boshida 
mehmonxonada joylashtirish bo‗yicha direktor turadi va unga yuqorida barcha sanab 
o‗tilgan bo‗limlar kiradi. 
Demak, ―Front office‖ bu mehmonxonaning guruhli punkti, uning nerv markazi, 
mehmon bilan otel xizmatlari yuzma-yuz uchrashib va xayrlashadigan joyidir. 
Mehmon uchun bu ―Front office‖ otelning yuzi bo‗lib, u mehmonning otel bilan 
munosabati qabul xizmatida turgan xodimning suhbati bilan chegaralanadi.
Shuning uchun, bu xizmat xodimlarining odamlar bilan muloqot qila olishi 
ularning muhim fazilatlaridan biriga kiradi. Ushbu xizmat xodimlari ―tovar‖, ya‘ni 
otelni sotishni bilishi, uning imidjini yaratishi, mehmonxona menejmenti vakili 
bo‗lib, mehmonning muammolarini echishi va ularning yaxshi do‗sti bo‗lishi kerak. 
Avvalo, qabul qilish xizmati administratori zo‗r ―psixolog‖ ham bo‗lib, mijoz 
bilan suhbatda to‗g‗ri yo‗l tanlashni darrov anglashb olishi muhim. Qabul qilish 
xizmati xodimlari otel haqida barcha ma‘lumotlar (nomerlarning yaxshi va yomon 
taraflari, joylashishi, narxi, boshqa xizmatlar), shaharning diqqatga sazovor joylari
manzili, borish mumkinligi, transport, muzey, teatrlarning ishlash rejimini to‗liq 
bilishlari shart.
Avvalo, qabul qilish xizmati otel holida joylashgan bo‗lishi shart. Iloji bo‗lsa, 
qabul xizmati klerklari o‗z ish joylaridan liftni ko‗rib turishlari va bu mijozlar va 
yuklar ustidan qo‗shimcha nazoratni olib borish imkonini beradi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling