O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi urganch davlat universiteti
ILMIY-AMALIY ANJUMAN DASTURIY QO‘MITASI
Download 64.82 Kb. Pdf ko'rish
|
To\'plam (2)
ILMIY-AMALIY ANJUMAN DASTURIY QO‘MITASI
RAIS, НAMRAIS: O‘zRFA akademigi R.A. Muminov (FTI, O‘zR FA) O‘zRFA akademigi S. Zaynabidinov (AnDU) RAIS O‘RINBOSARLARI: O‘zRFA akademigi, prof. A. T. Mamadalimov (O‘zMU) Prof. K.P. Abduraxmanov (TATU) DASTURIY QO‘MITA A'ZOLARI: Prof. Yusupov A. (TATU), prof. Imamov E.Z. (TATU), prof. Ismaylov Q.A. (QQDU), prof. Saidov A.S. (FTI, O'zR FA), prof. Utamuradova Sh.B. (O’zMU qoshidagi yarimo‘tkazgichlar va mikroelektronika ITI), prof. Karimov I.N. (ADU), prof. Aliyev R. (ADU), prof. Umirzakov B.E. (TDTU), prof. Tashmuxamedova D.A.(TDTU), prof. Razikov T. M. (FTI, O’zRFA), k.i.x. Sharopov U.B(FTI, O’zRFA), prof.Ashurov X.B.(IPLTI, O’zRFA), prof.Usmanov D.T.(IPLTI, O’zRFA), k.i.x.Yadgarov E.Dj. (IPLTI, O’zRFA), k.i.x.Djabberganov R (IPLTI, O’zRFA), prof. Daliyev H.S. (MEI Toshkent filiali), prof. Mamatkarimov O.O. (NamITI), prof. Zikrillayev N. (TDTU), prof. Iliyev X. (TDTU), prof. Eshchanov B.X.(ChDPU), prof. Rasulov R.Y. (FarDU), prof. Gulyamov G. (NamDU), prof. Raxmatov A.Z. (O’zR «FOTON» АJ), t.f.d. Matchanov N.A. (Xalqaro energetika instituti), f-m.f.d. Usmonov Sh (FTI), prof. Kamalov A.B. (NDPI), prof. Tagayev M. (QQDU), f-m.f.n. Abdulxayev O. A. (FTI), prof. Jumaboyev A.(SamDU), prof.Arzikulov E.U. (SamDU). 3 Yusupov Ahmadjon Yusupovichning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlanadi Yusupov Ahmadjon Yusupovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Radio va mobil aloqa fakulteti “Elektronika va radiotexnika” kafedrasi professori Yusupov A.Yu. 1952 yil Xorazm viloyati, Yangiariq tumani A. Navoiy qishloq sovetida ishchi - dehqon oilasida tavvallud topgan. 1968 yili Xazorasp tumanidagi Narimonov nomli o‘rta maktabni kumush medal bilan tamomlagan. 1973 yilda Toshkent politexnika institutining muhandislik-fizikasi fakultetini tamomlagan. 1973-1975 yillar Toshkent elektron texnikasi zavodida muhandis bo‘lib ishlagan. 1976-1983 yillarda O‘zbekiston fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida muhandis va katta muhandis lavozimlarida ishlagan hamda aspiranturada o‘qigan. 1983 yili shu institutda “Yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi” ixtisosligi boyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1984-1987 yillar Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutida katta ilmiy xodim, 1988-1990 yillar Toshkent avtomobil va yo‘llar institutida assitent va dotsent lavozimlarida ishlagan. 1991-1993 yillarda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi Sankt-Peterburg davlat texnika universiteti doktoranturasida tahsil olgan. 1993 yilda “Yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha muddatidan oldin doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 4 1993-1994 yillari Urganch davlat univeristeti Muhandis-texnika fakulteti dekani bo’lgan. 1994-2005 yillarda Urganch davlat universitetining ilmiy ishlar va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2005-2008 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali direktori, 2009 - 2010 yillari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti birinchi prorektori, 2011 - 2017 yillarda Toshkent avtomobil va yoʻllar instituti elektrotexnika va elektromexanika kafedrasi mudiri, keyinchalik shu kafedra professori lavozimlarida ishlagan. 2017 yildan hozirgi kungacha TATU Elektrotexnika va radiotexnika kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. Yusupov A. Yu. Urganch davlat universitetning ilmiy ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan davrida uning tashabbusi bilan universitetda birinchi bor Ilmiy texnik Kengash tashkil qigan, Kengashda ilmiy faoliyat bo’yicha istiqboldagi rejalar va hisobotlar muxokama qilib borilgan. 1995 yili birinchi bor aspirantura (matematika va filologiyadan) tashkil eshitilganligi, keyinchalik boshqa ixtisosliklar bo‘yicha ham aspiranturalarning tashkil etilishi natijasida universitetda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni yaxshilagan va universitetda ilmiy ishlarni rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning tashabbusi bilan iqtidorli talabarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi shakllantirilgan. Universitetning 50 ta iqtidorli talabasiga har oyda qo‘shimcha bitta stipendiya tayinlangan. Yozgi ta’til paytida va talabalar qiloq xo‘jalik ishlariga jalb qilingan davrda iqtidorli talabalarga chet tilini va axborot texnologiyalarini o‘rganish kurslari tashkil qilingan. Buning natijasida universitetning iqtidorli talabalari Umid jamg‘armasi va Prezident stipendiyasi tanlovlarida muvaffaqiyatli qatnashib, g‘olib bo‘lishgan, o‘qishlarini chet el universitetlarida davom ettirishga muvaffaq bo‘lishgan. Iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida tabiiy va texnika fanlari yo‘nalishlari uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishi talabari uchun Mahmud Zamaxshariy nomidagi va tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun Ibn-Sino nomidagi stipendiyalar ta’sis etilgan. Universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan davrida o‘quv sifatini ko‘tarish, professor – o’qituvchilarning malakasini oshirish va ularni qo‘llab 154 Shu asosda texnologik jarayonga aniq rejim tanlash asosida yondashiladi. Bu esa texnologik jarayondagi bir necha bosqichlardagi isrofni yo’qotadi. Natijada maqbul yechimlar orqali texnologik rejim tanlash asosida kerakli xususiyatlaga ega bo’lgan strukturalar olish imkoni yaratiladi. Download 64.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling