Oʻzbekiston respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti
-jadval German va boshqa ayrim Yevropa tillaridagi qishloq xo‘jaligi sohasidan o‘zlashgan lotin o‘zlashmalari
Download 313.77 Kb. Pdf ko'rish
|
1-jadval
German va boshqa ayrim Yevropa tillaridagi qishloq xo‘jaligi sohasidan o‘zlashgan lotin o‘zlashmalari № Leksik birliklar Tillar German Boltiq Slavyan Fin Kelt G‘arbiy Shimoliy 1 2 3 4 5 6 7 8 1 Be(e)te +' →g‘. g. + 2 Eppich +' → g. + 3 Flegel +' → g. + 4 Frucht +' + 5 Kicher +' +' 6 Kohl +' +' → g. + 7 Kümmel +' → g. + 8 Kürbis +' →g‘. g. + 9 Lattich +' → g. + 10 Pfebe +' 11 Pflanze +' +' 12 pflanzen +' +' 13 Porree +' → g. + 14 Rettich +' →g‘. g. + sl.← + → g. + → g. + 15 Senf +' 16 Sichel +' →g‘. g. + 17 Stoppel +' → g. + 18 Wicke +' 19 Zwiebel +' →g‘. g. + → g. + Jami o‘zlashmalar 19 9 3 7 1 3 Bevosita o‘zlashmalar (tarixiy manbalar ora- lig‘isiz) 19 4 0 0 0 3 + – u yoki bu tildagi (tillar guruhidagi) o‘zlashmalar miqdori; +' – tillar qatoridagi ushbu til guruhlari yoki kichik guruhlaridan o‘zlashgan so‘zlar miqdori; → – bevosita qaysidir bir til orqali o‘zlashganlar (g.–german, g‘. g. – g‘arbiy german; sl.– slavyan). 1.2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 9 ta birlik (Be(e)te, Frucht, Kohl, Kürbis, Pflanze, pflanzen, Ret- tich, Sichel, Zwiebel so‘zlari, shuningdek, shimoliy tillar guruhida ham mavjud 5 ta holatda oraliq tarixiy manbalar (turli vaqtlarda) g‘arbiy german tillari hisoblanadi) (Be(e)te, Kürbis, Rettich, Sichel, Zwiebel), faqatgina Be(e)te nemis tiliga tegishlidir. Tadqiq etilayotgan jamlanmalardan faqat bitta birlik german 128 tillarining sharqiy guruhini tashkil qiladi (Senf – got so‘z birikmasida kaurno sinapis). 19 ta lotin o‘zlash- malaridan 7 tasi slavyan tillariga mosdir (german tillari orqali); 3 tasi boltiq tilidan (shu jumladan, ualr- ning 2 tasi german tillaridan); 3 tasi kelt tilidan, 1 tasi fin tilidan (german tillari orqali). Shunday qilib, german, xususan, nemis tillari lotin lotin qishloq xo‘jaligi terminlarining slavyan ti- lidagi (Eppich, Kümmel, Porree, Rettich va boshqalar), boltiq tilidagi (Kohl, Lattich), kelt tilidagi (Wi- cke) va fin tilidagi (Rettich) „nurlanish o‘chog‘i“ bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu dalil, birinchidan, german tillaridagi o‘zlashgan birliklarning chuqur leksik-semantik o‘z- lashtirilgani haqida, ikkinchidan, yer egalariga mos tillar bilan madaniy almashinish intensivligidan darak beradi. O‘z navbatida, lotin tili nemis tiliga o‘zlashgan ayrim so‘zlarning yaqin-yaqinlardagi tarixiy man- basi hisoblanadi: Kümmel hisoblanadi. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, tillar o‘rtasidagi o‘zaro xatti-harakatlar nafaqat bir to- monlama amalgam oshiriladi, bir vaqtning o‘zida, bir necha tillardan “impuls”lar chiqadi. German tilidan shunday “impuls”dagi misollarga o‘rta lotin va romantillari xizmat qiladi Garbe “bog‘, bog‘lam”>o‘rta lotincha garba (VII asr atroflari), ispan garba, qadimiy fransuzcha (VIII asr) jarbe, fransuzcha gerbe, shuningdek, Hopfen “qulmoq” ( kelib chiqqan. Tadqiq etilayotgan 19 birlikdagi ayrim so‘zlarning qo‘llanilishi zamonaviy nemis tilida juda che- garalangan (Eppich, Pfebe), boshqalari esa, aksincha, nemis tili qishloq xo‘jaligi leksikasida markaziy o‘rinni egallaydi; pflanz- va -frucht- kabi morfemalar agronomiya leksikasidagi ko‘proq chastotali, o‘zak- li morfemaga tegishlidir, tadqiq etilganlardan uchtasi, ya’ni uchta birlik (Frucht, Pflanze, pflanzen) nemis tilining asosiy lug‘at tarkibiga kirdi. O‘zlashmali birliklar qarindoshlik va ko‘rinishli tushunchalarni ifodalashi mumkin. Masalan, Kohl, Rettich, Senf kabi birliklar giperonimlar hisoblanadi, bir vaqtning o‘zida, Be(e)te, Zwiebel birliklari faqat giponimlardir (ular Rübe so‘ziga ko‘rinishi munosabati bo‘yicha sortni ifodalaydi, mos Lauch – qadimgi nomdir). Zamonaviy nemis tilida Rübe bilan qizoslaganda Be(e)te kamroq qo‘llaniladigan birlikdir. Rübe so‘zi uyasi o‘z atrofiga 560 so‘z qamrab olsa, Be(e)te so‘zi esa hammasi bo‘lib, 5 ta birlikni o‘z ichiga oladi. German shevalarining o‘zlashgan so‘zlarga assimilatsiyalashtirish ta’siri o‘zining me’yorlariga so‘zlarning fonetik va morfologik tavsifini maksimal darajada yaqinlashtirishda, ayrim yangi semantik bo‘yoqdorliklarni ularning ularning tuzilishiga kiritishda o‘zini ko‘rsatadi. Ayrim so‘z shakllarining tar- qalishida rolni Luter o‘ynagan. Ularga Bibliya tarjimasini ishlab chiqqanligi sababli hozirgi nemis tilida sharqiy nemischa variant qo‘llaniladigan bo‘ldi (qiyoslang: Zwiebel, Stoppel). Lotin-german tillari munosabatlaridagi eng oldingi davrining intensiv xarakteri, xususan, german tillariga kirgan lotin xalq ta’limidan darak berayapti. Ular o‘zlashmalarning og‘zaki usuli to‘g‘risida gu- vohlik beradi, tildagi so‘zlarning manbalarini yozma hisob-kitob qilmasdan, “eshitish” orqali kirib kelga- ni aytiladi va ularni yozma so‘zlar qiyofasini hisob-kitobli ravishda amalgam oshirilgan “kitobiy” usulda biroz keyinroq davrdagi o‘zlashmalarga qarama-qarshi qo‘yadi. Misol tariqasida Kürbis<curbitia so‘zlari xizmat qilishi mumkin (qiyoslang: lot. cucurbita), bu yerda reduksiya yo‘q, shuningdek, so‘nggi lotin shakllaridan tashkil topgan Lattich ( lattūca, láttǔca) va boshqalar. M.Makovskiyning fikricha, tildagi o‘zlashgan so‘z birdaniga “fuqarolik huquqi”ni ololmaydi, dast- lab, unda nol valentligi bo‘ladi va neytral so‘z hisoblanadi. “Bir tizimda hech qanday reaksiyaga kirish- maydigan so‘z, uni qandaydir kuch o‘z tizimidan chiqarmaguncha yoki uni boshqa elementlarr bilan reak- siyaga kirishishga majbur qilmasa, ayrim vaqtlar mobaynida inersiyasi bo‘yicha o‘z o‘rnidan qolishi mumkin”. Til tizimiga o‘tishda tadqiq etilayotgan ayrim birliklar joylashgan, masalan, Eppich Porree. XVII asrgacha Eppich o‘simligining o‘zi va uning nomi keng tarqalmagan. XVIII asrdan boshlab, fransuz madaniyati manbalariga shartli ta’sir o‘sib brogan. Nimaiki bu til tizimi yangi hodisa sifatida “ko‘tarilish” hollarini kuzatib boradi; Eppich o‘simligining eski nomi fransuz tilidan kirib kelgan yangi Sellerie so‘zi bilan almashtirilgan, shu bilan 19 birlikda so‘z o‘zining atrofida uya hosil qiladi. Zamonaviy nemis tilida- gi Porree o‘zining vazifasiga ko‘ra, shuningdek, fransuz tilidan takror o‘zlashtirishga majbur, u etimolo- gik nuqtayi nazardan (porrum), lotin etimoniga tayangan; aynan takror o‘zlashmalar til tizimidan o‘zining ilgarigi nol valentligiga ega bo‘lgan eng qadimgi nemis tilidagi forro/phorro so‘zini “itarib chiqarib” mus- tahkamlanadi. Ushbu dalilga tushuncha talab etiladi, bizningcha, nolingval mohiyatini izlash, aynan, fran- suz tili madaniyati, oshxonasi, maishiy xizmati va boshqalarning aytib o‘tilgan kuchli ta’siridir. Download 313.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling