Oʻzbekiston respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 313.77 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya.
- Kalit so‘zlar
126 ILMIY AXBOROT Nigora Kadirova (UrDU) LOTIN TILIDAN O‘ZLASHGAN QISHLOQ XO‘JALIGIGA OID SO‘ZLARNING TARIXIY- ETIMOLOGIK TAVSIFI Annotatsiya. Ushbu maqolada nemis tilidagi qishloq xo‘jaligiga oid so‘zlarning lotin tilidan dast- labki o‘zlashmalarning tarixiy etimologiyasi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. So‘zlarning qay tarzda o‘zlash- ganliklari va ularning ma’nolari va fonetik o‘zgarishlari tahlil etiladi. Аннотация. В данной статье говорится об историко-этимологической характеристике ранних заимствований сельскохозяйственных слов из латыни в немецком языке. Производится анализ заимствованных слов и их фонетическое изменение и значение. Annotation. This article analyses the historical and etymological characteristics of early agricul- tural borrowed words from Latin into German. The analysis of borrowed words and their phonetic change and meaning is conducted. Kalit so‘zlar: dastlabki o‘zlashmalar, mehnat qurollari nomlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari nomlari, german tillari, lotin-german munosabatlari, fonetik o‘zgarish. Ключевые слова: раннее заимствование, орудия труда, название сельскохозяйственных культур, германские языки, латино-германские отношения, фонетические изменения. Keywords: early borrowings, the names of lobor instrument, the names of crops, Germanic lan- guages, relations between German-speaking and Latin-speaking peoples, phonetic change. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuqori cho‘qqisida turgan germanlarning rimliklar bilan to‘qna- shuvi germanlarning moddiy va ma’naviy hayotining ko‘pgina sohalarida o‘z aksini topdi. O‘sha davrlar- da lotin tilidan german tiliga kirib kelgan katta miqdordagi o‘zlashmalar bu haqida guvohlik beradi. Innovatsiya, ya’ni shularning bir qismi qishloq xo‘jaligi sohasiga kiradi. Germanlar uchun ko‘pchi- lik holatlarda so‘zlarning o‘zlashganligini o‘rganish bilan bir qatorda, ularning nomlari yangi (masalan, Kohl, Kümmel) yoki ko‘proq mukammal (masalan, Sichel) bo‘lib ko‘rinadi. Eng dastlabki davrda (era- mizdan avvalgi birinchi asrdan boshlab) lotin-german munosabatlarining intensivligi va kengligi, ularning moslashish darajasi haqida gap ketadi, xususan, lotin xalq ta’limi german tillariga kirib olgan. VIII asrga- cha lotin yozuvi dastlabki tuzatish sifatida izn bermagan. Barcha o‘zlashmalar jamlanmasi quyidagilarni tashkil qiladi: 1) qishloq xo‘jaligi ekinlari nomlari – Be(e)te, Eppich, Kicher, Kohl, Kümmel, Kürbis, Lattich, Pfebe, Poree, Rettich, Senf, Wicke, Zwiebel; 2) mehnat qurollari nomlari – Flegel, Sichel; 3) yer ishlari va boshqalarda qo‘llaniladigan jarayon nomlari – Frucht, Pflanze, Stoppel (1-ilovaga qarang). Nisbatan katta miqdordagi birliklar (19)–germanlarga rimliklar yer ishlarining turli tomonlama ta’- siridan guvohlik beradi. Bunda ayrim lotin leksemalari german yerlarida ularning etimonlari bilan qiyos- laganda ko‘proq tor yoki ko‘proq keng ma’noga ega bo‘ladi (qiyoslang: lotinda rādix – „o‘zak“, nemis- chada – Rettich „turup“; lotincha planta „nihol, sholi“, nemischa Pflanze “o‘simlik”; lotincha atipula „po- ya, somon“, nemischa Stoppel „o‘roq vaqti, ang‘iz; lotincha plantāre“ yerni ekish uchun uni tekislash; ni- hol atrofini tepkilab tekislash“; pflanzen „o‘tqazmoq“). Nisbatan ertalabki o‘zlashmalarning xronologi- yasi shunga ishora qilmoqdaki, ularning deyarli barchasi yuqori nemis tilidagi undoshlarning joyini ko‘- chirishiga, o‘zgarishiga tortilgan (qiyoslang: eng qadimiy nemis tilida kurbi ʒ – curbitia, eng qadmiy ne- mis tilida chōlo, chōla – caulis; eqnt. da latohha, lattūhh – lactūca; eqnt. da sёnef – sināpl va boshqa), shuningdek, boshqa fonetik o‘zgarishlarga: monoftingizatsiya (au – ō; qiyoslang: lotincha caulis – eqnt. da chōlo; umlaut (lotincha apium – eqnt.da epfi(ch), epfe, lotincha flagellum – qadimiy nemis tili flegil, a unlisi i oldidan keyingi bo‘g‘inda umlautni oladi); diftongizatsiya (lotincha bēta – eqnt.da bieʒа); kuchli ekspirator bo‘g‘inning birinchi bo‘g‘indagi harakat chaqirgan oxirgi bo‘g‘in reduksiyasi (lotincha, cǔ- mīnum – eqnt. da kumīn, chumī; lotincha fructus – eqnt.da vruht) va boshqalar (1.2-ilova). Butun jamlangan o‘zlashmalarni ikkita qatlamga ajratish mumkin: 1) eng ertalabki o‘zlashmalar (VI asrgacha): Flegel, Frucht, Pflanze, pflanzen, Sichel, Stoppel, Wicke. Ushbu so‘zlar yer ishlarini va dala ishlaridagi boshqa jarayonlarda qo‘llaniladigan mehnat qurol- 127 larini nomlovchi leksik birliklardir. Ushbu qatlam o‘zlashmalari “umumgerman, asosan, kontinentalger- man”dir; 2) ertalabki o‘zlashmalar (VI asrdan keyingi): Be(e)te, Eppich, Kicher, Kohl, Kümmel, Kürbis, Lat- tich, Porree, Rettich, Senf, Zwiebel. O‘zlashmalarning bu qatlami rimliklarning kulinariyasi, cherkov ma- daniyati, polizchiligiga qaratilgan va o‘zining asosida V–VI asrlardagi lotinlarning provinsial hamda xalq shakllarini o‘zida mujassam etadi. Tadqiq etilayotgan lotin o‘zlashmalari uchun, asosan, ularning miqdori g‘arbiy german tillariga xa- rakterli hisoblanadi. German va ayrim boshqa Yevropa tillaridagi ularning strarifikatsiyasi haqida 1-jad- valda berilgan. Download 313.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling