О`zbеkistоn rеspublikasi оliy va о`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat pedagogika instituti ppedagogika fakultеti


Download 0.55 Mb.
bet2/2
Sana19.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1102306
1   2
Bog'liq
dilorom omonullaeva

Dilorom Omonullayeva (1959-yil 26-oktabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — taniqli oʻzbek bastakori. „Doʻstlik“ ordeni sovrindori (1998), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2009). „Ofarin“ mukofoti sohibasi. Dilorom musiqachilar oilasida tugʻilgan. Viktor Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida fortepiano sinfi boʻyicha oʻqiydi va professor Boris Zeydman sinfida kompozitsiyadan ham qoʻshimcha saboq oladi. Dilorom Omonullayeva 1978-yil maktabni muvaffaqiyatli bitirib, Toshkent Davlat Konservatoriyasining kompozitorlik fakultetida professor B.I.Zeydman sinfida tahsil oldi. B.I.Zaydman vafotidan soʻng Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, kompozitor Rumil Vildanov sinfida oʻqishni davom ettirdi. Yosh mutaxassis talabalik davridayoq 1984-yilda Hamza xotirasiga bagʻishlangan „Sonata № 1“, „Samarqand manzaralari“, fortepiano uchun „Sonata № 2“, bir necha romanslar va III qismli kvartet, fortepiano va fleyta uchun „Pomir eskizlari“ polifonik pyesalarini taqdim etib, Toshkent davlat konservatoryalarining imtiyozli diplom bilan bitirdi. Yosh mutaxassis yoʻllanma bilan Guliston sanʼat bilim yurtida 1984—1986 yillarda musiqa fanlaridan dars bera boshladi. 1986—1990-yillarda Omonullayeva konservatoriyada professor T.Qurbonov sinfida assistent — stajyor sifatida saboq oladi. Dilorom 1990—1993-yillarni konservatoriyada „Bastakorlik va cholgʻulashtirish kafedrasi“da oʻqituvchi boʻlib ishlay boshladi. Omonullayevaning ijodiy faoliyatida zamonaviy estrada qoʻshiqchilik sanʼati ustuvor turadi. U zamondosh shoirlardan U. Azimov, Z. Obidov, J. Jabborov, Y. Mirzo, P. Moʻmin, U. Oʻtamov, M. Omon, B. Rajab, N. Narzullayev, Y. Suyunov, E. Madraximov, Z. Moʻminova va H. Xudoyberdiyeva va boshqalarning soʻzlariga, turli mavzularda 100 dan ortiq qoʻshiqlar yaratgan.
Ular orasida „Men seni hech kimga bermayman“, „Yomgʻr yogʻdi“, „Saraton“, „Siz yoqqansiz menga hamisha“, „Ikki daraxt“, „Sen qaydasan“, „Azizim“, „Baxtiyorim“, „Yashnayver Oʻzbekiston“, „Qora atlas“, „Armon boʻlmasin“, „Koʻnglim qushi qoʻlingda“, „Yigʻlama“, „Yolgʻon dunyo“, „Otash zamon“, „Bilsang edi“ va boshqa shu kabi bastalangan asarlari estrada xonandalari K.Rozzaqova, K.Qayyumov, M. Oynaqulova, A. Rahimova, R.Bo’ronova, aka-uka Saidoripovlar ijrolarida mashhur boʻldi. Omonullayevaning bolalar uchun ham yaratgan qoʻshiqlari bor. Jumladan 1985-yilda „Gul qoʻshigi“ multfilmi uchun musiqa bastalagan. Dilorom 1997-yilda „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivali madhiyasiga musiqa bastalagan.
2001-yilda O’zbek milliy teatri ochilishiga U. Azimov sheʼriga „Milliy teatr madhiyasi“ni yaratdi. 1988-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi madhiyasini N. Komilov sheʼri bilan yaratdi. Vatanparvarlik mavzusida 30 ga yaqin qoʻshiqlar jumladan, „Zarralari zar vatan“, „Tugʻilgan kuning muborak boʻlsin“, „Sen mening Vatanim“, „Toʻylaring muborak“, „Azizi boʻston-Oʻzbekiston“, „Humo qushim“, „Oʻzbekiston vatanim manim“ kabi koʻplab qoʻshiqlar yaratdi.







Xulosa.
0 ‘zbekiston Respublikasi san ’at arbobi, professor, kompozitor Dilorom Omonullayeva O'zbekiston Bastakorlar uyushmasi a’zolari safiga estrada qo‘shiqlari va boshqa asarlari bilan kirib keldi. U o‘zining ijodiy faoliyati bilan respublika m usiqa san’atining rivojlanishiga sam arali hissa qo‘shib kelmoqda. Dilorom Omonullayeva 1959-yil 1-oktabrda Toshkentda m usiqachilar oilasida tug‘ildi. Yosh Diloromning qalbiga ona allalari bilan birga musiqiy m ojizalar kirib keldi. Qobiliyatli qizcha V. Uspenskiy nomidagi m axsus m usiqa m aktabining fortepiano sinfida tehsil oldi. Yosh kompozitorning ilk asarlari orasida torli orkestr, urm a cholg'ular va fortepiano u chun 5 qismli suitasini milliy simfonik orkestri ijro etdi va muvaffaqiyat qozondi. Dilorom Omonullayeva 1978-yili m aktabni tamomlab, tahsilni 0‘zbekiston davlat konservatoriyasida davom ettirdi. kompozitor Rumil Vildanov sinfida o‘qishni imtiyozli diplom bilan bitirdi. Talabalik davri u fortepiano uchun «Sonata I», «Samarqand manzaralari» V qismi suitasi, «Sonata II», bir necha rom anslar va III qismli kvartet, fortepiano va fleyta uchun «Pomir eskizlari» polifonik pyesalarini yaratdi. Dilorom Omonullayeva 1984—1986-yillarda Guliston san’at bilim yurtida o‘quvchilarga m usiqa fanidan tehsil bera boshladi. 1986— 1990-yillarda D.Omonullayeva konservatoriyada professor To‘lqin Qurbonov sinfida asistenturani bitirdi, so‘ngra 1990— 1993-yillarda konservatoriyada «Bastakorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi»da o‘qituvchi, 1993-yildan V. Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida o‘qituvchi bolib ishladi. D.Omonullayevaning ijodiy faoliyatida zamonaviy estrada qo'shiqchilik san’ati ustuvor turadi. U zam ondosh shoirlardan U. Azim, E. Obidov, N. Narzullayev, Z. Mo'minova, X. Xudoyberdiyeva va ko‘plab shoiriar bilan ham korlikda qo'shiqlar yaratdi. Ular «Siz yoqqansiz menga hamisha», «Yomg‘ir yog‘di», «Saraton», «Sen qaydasan», «Ikki daraxt», «Azizim», «Yiglama», «Yolg'on dunyo» va boshqalar. Shuningdek, kompozitor turli yoshdagi bolalar u chun ham ko‘plab qo'shiqlar yaratdi. Uning taronalari televideniya va radio orqali ham isha jarang sochadi. D. Omonullayeva musiqa san’atining boshqa janr va shakllarida ham asarlar yaratdi: fortepiano va simfonik orkestr uchun konsert, xor va orkestr uchun suita, kam er cholg‘ular u chun musiqiy asarlar, jum ladan, «Baxtimiz taronasi», «Istiqlol madhiyasi», fortepiano u ch u n sonata, fortepiano u chun «Bolalar albomi», 5 ta kichik pyesa, «Kichkintoylar uchun musiqa» to‘plamiga 20 ta qo‘shiq va 30 ta raqs kuylari kiritilgan, «Topishmoq aytishuv», «Topishmoq qo‘shiqlar», «Alifbe qo‘shiqlari» teleekran orqali «Bulbulcha» xor jam oasi sim ­ fonik estrada jo ‘rlig‘ida ijro etib kelmoqda. Shuningdek, 1997-yil Usmon Azim sh e’riga «Sharq taronalari» xalqaro m usiqa festivali madhiyasini yaratdi. O‘zbek Milliy akadem ik dram a teatri ochilishi m unosabati bilan «Milliy teatr madhiyasi» va vatanparvarlik mavzusida 30 ga yaqin qo‘shiqlar yaratgan. Dilorom Omonullayeva «Do‘stlik» ordeni sohibasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan m adaniyat xodimi faxriy unvoni, «Ofarin» mukofoti sohibasi, «O'zbekiston — Vatanim manim» va boshqa tanlovlar sovrindori. Bugungi kunda kompozitor D.Omonullayeva 0 ‘zbekiston davlat konservatoriyasini «Estrada xonandaligi» kafedrasida ishlab kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Dilorom_Omonullayeva

  2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalq_kuylarini_qayta_ishlash

  3. Keling, birga kuylaymiz. Toshkent – 2017.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling