O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi»


Davlat ekologik ekspertiza xizmatini tashkil etish


Download 0.89 Mb.
bet2/5
Sana29.01.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1137756
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologik ekspertiza KURS ISHI Bekchanov JAsurbek

Davlat ekologik ekspertiza xizmatini tashkil etish.

Respublikada tabiatni muhofaza qilishning shu jumladan, ekologik ekspertizaning mustahkam xuquqiy asosi yaratilgan. Hozirga qadar tabiatdan foydalanuvchilarning munosabatlarini tartibga soladigan hamda ekologik jihatdan xavfsiz faoliyat mezonlarini belgilaydigan 80 dan ko‘proq qonunlar va shu qonunlar asosidagi xujjatlar qabul qilingan. Asosiy qonun «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi qonun hisoblanadi.Ular ekologik ekspertiza uchun ham xuquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bosh ijro etuvchi organ tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bo‘lib, u bevosita Oliy Majlisga bo‘ysunadi. Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish vakolati xam ushbu qo‘mita zimmasiga yuklangan. Uning ekspertiza sohasidagi asosiy faoliyati ekologik ekspertiza tizimini tashkil etish va rivojlantirish, atrof muhitga va inson salomatligiga ta’sirni ekologik iqtisodiy baholashni amalga oshirishga qaratilgan.


Davlat ekologik ekspertizasi organlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Eng muhim xalq xo‘jalik muammolari yechimlari bo‘yicha xujjatlar, xalq xo‘jaligi rivojlanishining tarmoq sxemalari, yirik shaharlarning bosh rejalari, davlat dasturlari, yangi texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, normativuslubiy xujjatlar, ekologik normativlar loyihalari, I va II kategoriyadagi eng yirik va ekologik murakkab ob’ektlar va komplekslarning atrof muhitga ta’sirini baholash Bosh davlat ekologik ekspertiza (Boshdavekekspertiza) ekspertlari tomonidan o‘tkaziladi. Uning qaroriga muvofiq I va II kategoriyadagi ob’ektlar ekspertiza uchun joylarga berilishi mumkin. Ekologik normativlar loyihasi va III kategoriy ob’ektlari va komplekslarining atrof muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha xujjatlar ekspertizasi, shuningdek ekologik muvofiqlashtirishga taalluqli ob’ektlar davlat ekologik ekspertizasi tizimining maxalliy organlari tomonidan o‘tkaziladi. Ushbu ob’ektlar Bosh davlat ekekspertizasi tomonidan ham ekspertizadan o‘tkazilishi mumkin.Bosh davlat ekologik ekspertizasi quyidagilarni amalga oshiradi:


1. joylardagi bo‘linmalarga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, maslahat va amaliy yordam beradi, faoliyatini muvofiqlashtiradi, ekspert xulosalari sifatini tanlab nazorat qiladi
2. O‘zbekiston Respublikasi E va AMM davlat qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi tizimi xodimlarining malakasini oshirishni 2 tashkil ta’minlaydi etadi zarur yo‘riqnomalar va ma’lumotnomalar bilan
3. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga normativ-texnik xujjatlarni 3 ishlash shakllantiradi chiqish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar beradi va ularni mahalliy organlarning arizalariga muvofiq boshqa xizmatlarni bajaradi.

Davlat ekologik ekspertizasining xulosasiga qo’yiladigan rasmiy talablar quyidagilardan iborat.


1.Davlat ekologik ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muxit muxofazasi (E va AMM) qo‘mitasining ekspert organlari mutahassislari tomonidan o‘tkaziladi. Zarur hollarda atrof muhitga ta’sirni baxolashning ayrim masalalari bo‘yicha shtatdan tashqari ekspertlar jalb qilinishi mumkin. Alohida murakkab vaziyatlarda ekspertizaga taqdim etilgan Davlat ekologik ekspertizasi ken Ekologik ekspertiza jarayonida.
2. Davlat ekologik ekspertizasi ken Ekologik ekspertiza jarayonida O‘zbekiston Respublikasi E va AMM qo‘mitasi ekspertlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish amalga oshiriladi


3. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi tuziladi. Unda barcha bo‘limlar bo‘yicha ko‘rib chiqishga taqdim etilgan atrof muhitga ta’sirni baholash materiallari qisqa gashiga muhokama qilish uchun taqdim etilishi mumkin. ta’riflangan axborotlar mavjud bo‘lishi, uning hajmi esa 3-4 betli matndan oshmasligi kerak.
4. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga ijrochi-ekspert, rahbarning muovini (Boshdavekekspertizada shuningdek bosh ekolog) tomonidan qayd belgisi (viza) qo‘yiladi va ekspert bo‘linmasi rahbari tomonidan imzolanadi.
5. Boshdavekspertizaning «Xulosasi» nushasi ekspertiga ob’ekti joylashgan hududdagi tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi ekspertiza bo‘limiga bildirish uchun jo‘natiladi.
6.Davlat ekologik ekspertizani o‘tkazish muddatlari uning mehnatni talab qilishi hajmiga bog‘liq holda belgilanadi va qoida tariqasida, birinchi marotaba amalga oshirayotgan ishlar uchun 45 kundan oshmasligi, qayta ekspertiza uchun esa 30 kun beriladi. Ayrim hollarda alohida yirik va ekologik murakkab ob’ektlarni ko‘rib chiqishda, yuqorida ko‘rsatilgan muddatlar ekspert organi rahbarining qaroriga muvofiq uzaytirilishi mumkin
7.Ekspertizani boshlash va tamomlash muddatlari ekspert ishlarini o‘tkazish shartnomalarini tuzishda aniqlanadi va to‘lovlarni amalga oshirish muddatlariga bog‘liq bo‘ladi


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling