O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi»


Davlat ekologik ekspertizasining maqsadi


Download 0.89 Mb.
bet4/5
Sana29.01.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1137756
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologik ekspertiza KURS ISHI Bekchanov JAsurbek

1.3 Davlat ekologik ekspertizasining maqsadi
Davlat ekologik ekspertizasini O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tuzilgan ekspertlar guruhi yoki komissiyasi o‘tkazadi. Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo‘yicha ekspertiza xulosasi tuziladi. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi rasmiy davlat xujjati bo‘lib, unda davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosalar bayon qilinadi. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi quyidagilarni tasdiqlovchi xujjat hisoblanadi: asoslovchi xujjatlarni tayyorlashda ekologik talablarga amal qilinishi; ro‘yobga chiqariladigan ob’ektning ekologik sharoitlari kafolatlanganligini; ro‘yobga chiqariladigan ob’ektni moliyalashtirish imkoniyatining ochilganligini bildiradi
Ekologik ekspertiza faniga nisbatan bu tushuncha rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan inson xo‘jalik va boshqa faoliyatlarining tabiat muhofazasi va ekologik talablarga, ekologik va tabiat muhofazasi qonunchiligiga muvofiqligi va mos tushishini hamda ekologik ekspertiza ob’ektlarini ishga tushirish, ro‘yobga chiqarish, qurish mumkinligini aniqlash va ularni ekspert baholash, ular bo‘yicha ma’lum ekologik ekspertiza xulosalarini chiqarishni bildiradi. Bunda «tabiat-jamiyat» tizimi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarda me’yoriy muvozanat va uyg‘unlikka erishishni ta’minlash asosiy o‘rinin egallaydi, ya’ni ekpertiza ob’ektlari ekologik talablar va jamiyatning ekologik-iqtisodiy manfaatlariga mos kelishi yoki zid bo‘lishi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Ekologik ekspertiza atrof muhitga ta’sirini baholash Atrof muhitga tasirni baxolash protsedurasidan keyin va unga asoslangan holda amalga oishiriladi. Atrof muhitga tasirni -tabiatdan foydalanish sohasidagi qarorni tayyorlash va qabul qilishda ekologik talablarni hisobga olish protsedurasidir. Shu nuqtai nazardan davlat ekologik ekspertizasi Atrof muhitga tasirni baxolash o‘tkazish qoidalariga amal qilishni nazorat qilish shaklidir.
Atrof muhitga ta’sirni baholash xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirishning jamiyat uchun nomaqbul, qabul qilib bo‘lmaydigan, ehtimol tutilayotgan salbiy ekologik va u bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa oqibatlarini aniqlash, ulardan ogohlantirish, ularni bartaraf etishning ishonchli va zarur tadbirlarini amalga oshirish maqsadlarida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Bir necha xil asoslovchi xujatlarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladigan xo‘jalik va boshqa qarorlarni tayyorlashda atrof muhitga ta’sirini baholash bosqichma-bosqich tayyorlanadi va ularda nazarda tutilayotgan faoliyatning atrof muhitga ta’sirining turlari, manbalari, darajasi tafsilotlari aniqlanadi.
Atrof muhitga tasirni baxolashbo‘yicha faoliyat mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat. Ehtimol tutilayotgan va yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan oqibatlarning oldini olish bo‘yicha zarur va yetarli choralarni aniqlash va ularni qo‘llash uchun nazarda tutilayotgan faoliyatning atrof muhitga ta’sirini taxlil qilish va baholash jarayonida xujjatlarni asoslab beruvchilar quyidagilarni ko‘rib chiqishlari kerak. Ekologik ekspertiza fani o‘quv predmeti sifatida quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi:
- tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning asosiy qonuniyatlarini bilish asosida ekologik ekspertizani o‘tkazishning muhim ekanligini tushuntirish;
- ekologik ekspertizada tabiat muhofazasi to‘g‘risidagi va ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonun xujjatlari talablariga qat’iy amal qilish zarurligini doimo xisobga olishga o‘rgatish;
- mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilinmasdan oldin bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini ekologik ekspertizadan o‘tkazganda tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning murakkabligi, ko‘p omilligi, tarmoqlarnaro va fanlararo muammo ekanligini har tomonlama hisobga olgan tadqiq etish malakalarini egallashga erishishi;
- rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhit va fuqarolar sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini, ularning xavflilik darajasini aniqlash bo‘yicha ekologik ekspertiza o‘tkazganda masalaniekoloogik xavfsizlikni va ekologizatsiyalashni ta’minlash zarurati nuqtai nazaridan xal etish lozimligini tushuntirish;
- ekologik ekspertiza o‘tkazishda atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarli va asosligini aniqlash prinsiplari, metodlari va yo‘llarini bilishga va ularni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish;
- ekologik ekspertiza endilikda shakllanib borayotgan va tez rivojlanayotgan fanlar jumlasiga kiradi. Uning asosiy qoidalari va konsepsiyalari tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan. Ushbu fan tadqiqotlarida ekologik ekspertiza mehanizmi orqali quyidagi ekologik-iqtisodiy muammolari yechimiga asosiy e’tibor beriladi: inson salomatligi, ekologik muvozanatni saqlash, ekologizatsiyalash, tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ekologik xavfsizlik va boshqalar.
Ekologik ekspertiza fanining nazariy va amaliy bilimlari iqtisodchi-ekologlar, ekolog-ekspertlar, iqtisodchilarni professional tayyorlashning muhim shartlaridan ekologik-ekspert yo‘nalishining mohiyatini bilib olishga ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu fanning vazifalari mamlakatning tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan ob’ektiv ehtiyojlariga muvoofiq boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida ekologik ekspertiza xizmatlariga talabning oshib borayotganligi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni ekologizatsiyalash, ekologik barqaror rivojlanishga o‘tish zarurati ekologik ekspertizaning ahamiyatiniyanada oshiradi. Shu munosabat bilan ekologik ekspertiza fani oldida turgan asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi:
- tabiat bilan jamiyat o‘zaro aloqalarining ekologik ekspertiza yo‘nalishini chuqur va har tomonlama tadqiq etish;
- ekologik ekspertizaning O‘zbekistonning barqaror rivojlanish va iqtisodiyotni ekologizatsiyalash yo‘nalishlariga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy masalalarining yechimini topish;
- ekologik ekspertiza ob’ektlarining tabiatdan foydalanish va atrof tabiiy muhitga ta’sirini va ekologik xavflilik darajasini kompleks taxlil etish;
- ekologik ekspertiza uchun taqdim etilayotgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga muvofiqligini aniqlash metodlarini ishlab chiqish;
- ekologik ekspertizani istiqbolda rivojlantirishning ekologik-iqtisodiy ustivorlik va iqtisodiyotni ekologizatsiyalashga asoslangan yo‘nalishlarini aniqlash, ularni ilmiy asoslash va rivojlantirish;
- ekologik ekspertiza o‘tkazish orqali tabiatdan ratsional foydalanish va tabiatni muhofaza qilish imkoniyatlarini davlat boshqaruvi va bozor instrumentlari orqali tartibga solishning samaradorligini o‘rganish;
- ekologik ekspertizaning dolzarb va ustivor yo‘nalishlarini aniqlash va ekspert tadqiqotlarining samaradorligini oshirish metodlarini ishlab chiqish.
Ushbu kursni o‘rganish tabiat muhofaza qilishni boshqaruvning tarmoq ma’muriy metodlari qatoriga kiradigan ekologik ekspertizaning ahamiyati, mohiyati, mazmuni va asosiy yo‘nalishlari va rivojlanishi istiqbollarini chuqur o‘rganish va asosiy qoidalarini bilib olishga va ekologik-ekspertiza bilimlarini amaliyotda qo‘llashga xizmat qiladi. - ekologik ekspertiza endilikda shakllanib borayotgan va tez rivojlanayotgan fanlar jumlasiga kiradi. Uning asosiy qoidalari va konsepsiyalari tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan. Ushbu fan tadqiqotlarida ekologik ekspertiza mehanizmi orqali quyidagi ekologik-iqtisodiy muammolari yechimiga asosiy e’tibor beriladi: inson salomatligi, ekologik muvozanatni saqlash, ekologizatsiyalash, tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ekologik xavfsizlik va boshqalar.


XULOSA
Ekologik ekspertiza faoliyati va munosabatlarida quyidagi ekspertiza turlaridan foydalaniladi: davlat ekolgik ekspertizasi, jamoat ekologik ekspertizasi, ekologik audit, idoraviy ekologik ekspertiza, ilmiy ekologik ekspertiza, ekologiksanitariya ekspertizasi, ekologik normativ ekspertizasi, ekologikhuquqiy ekspertiza va boshqalar.
Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekistonning atrof tabiiy muhiti va tabiiy resurslarini muhofaza qilishni davlat yo‘li bilan tartibga solishning asosiy vositalaridan biridir.
Davlat ekologik ekspertizasi davlatning u yoki boshqa faoliyatni ruyobga chiqarishga, ob’ektlarni hududiy joylashtirishga davlatning ruxsat va rozilik berishi hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasi ko‘p yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 1) ishlab chiqarish kuchlari, tarmoqlar rivojlanishi va joylashishi loyixa oldi materiallari ekspertizasi; 2) maqsadli dasturlar loyiha oldi materiallari, yer, suv, biologik resurslar, foydali qazilmalardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalarining ekspertizasi; 3) ekologik ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlar ekspertizasi.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi rasmiy davlat xujjati bo‘lib, unda davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosalar bayon qilinadi. Xulosalarni ijro etish majburiydir. Ekologik ekspertizaning huquqiy normalari faqat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslangan qonunlar bilan belgilanadi.
Ekologik ekspertiza sohasidagi huquqiy normalarning bosh manbai O‘zbekiston respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi. “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” qonunda ekologik ekspertizaning maqsadi va ob’ektlari belgilab berilgan. “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida” qonunda essa ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari to‘la bayon qilingan. Ushbu qonunga asoslanib ekologik ekspertiza to‘g‘risida nizom ishlab chiqilgan va u respublikada ekologik ekspertizani o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha misollarni tartibga soladi.
Ekologik ekspertiza munosabatlari sub’ektlari va qatnashchilari qatoriga quyidagilar kiradi: buyurtmachi (vakolatga ega davlat strukturasi), pudratchi (ekspertiza ijrochilarimutaxassislar), iste’molchi (ekspertiza ob’ektikorxona va tashkilotning egasi).
“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida” qonun xujjatlarida sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlar belgilab berilgan, ularning huquqlari va majburiyatlari aniq ko‘rsatilgan.
Ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Davlat ekologik ekspertizaning sub’ekti sifatida uch tomon ishtirok etadi: byurtmachi, pudratchi, iste’molchi.
Ushbu fanning asosiy ilmiy-tadqiqot metodlari qatoriga tizimli tahlil, guruhlash, ekologikiqtisodiy baholash va qiyosiy tahlil, sintez, alans, normativ, ekspert baholash va boshqalar kiradi.
Ekologik ekspertiza ko‘plab iqtisodiy-ijtimoiy, tabiiy, texnika, huquqiy, geografiya, tibbiyot va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning nazariy- amaliy yutuqlaridan keng foydalanadi.
Ekologik ekspertiza fani predmeti sifatida o‘ziga xos maqsad va vazifalarga egadir. Uning asosiy qoidalari va konsepsiyalari tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling