O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti


Download 233.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana04.02.2023
Hajmi233.66 Kb.
#1164678
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9.Polmierlar kimyosi 2018

Rivojlantiruvchi: Talabalarda Fenol-formaldegid smolalarini 
kislota muhida (1 variant) va ishqoriy muhitda (2variant) olish usullari 
haqida tasavvurlar shakllantirish, ularning hossalarini tushuntirishni 
davom ettirish. 
Reaktivlar: Fenol,formaldegid , xlorid kislota (1 n eritma), 
urotropin  
Asboblar va kimyoviy idishlar: Yumaloq tubli kolba , Libix 
sovutkich , Vyurs kolbasi, farfor kosacha, termometr
Ishning bajarilishi:200 ml li sig’imli kolbaga (sovutkich va 
termometr bilan jihozlangan) 9,4 g (0,1mol) fenol solib 40-50 C gacha 
qizdiriladi. Fenol suyuqlangach 8,5 ml (0,085 mol) 36 % li formalin 
quyiladi. Aralashtirib bo’lgach 1n HCl eritmasidan 5ml (0,005 mol) 
quyiladi, So’ngra aralashma 80 C da 10-15 min teskari sovutkich 
o’rnatilgan holda kolbada qizdiriladi. 10-15 min.dan so’ngkolbadagi 
aralashma loyqalanadi va qavatlanadi. So’ng kolba yana yarim soat 
qizdiriladi. Kolbadan tepaga qjralib chiqqan qavatini ajratib olib, qolgan 


qismidan vakuumda (100 mm simob ust) suvni haydab olinadi. Bunda 
kolbani harorati 50 C dan tushmasligi kerak Reaksiya tugagach 
kolbadan smolasini farfor kosachaga to’kib olinadi. Ishnin g 
bajarilishida o’qituvchi tomonidan olingan smolani urotropin 
yordamida qotirish vazifasi ham berilishi mumkin. Buning uchun 2 g 
smola olib hovonchada 0,2 g urotropin bilan eziladi. 150 

Cgacha 
qizdirilgan pipetkaga temir plastinka qo’yib 45x45 mm maydonchada
metal belkurakcha yordamida hosil bo’lgan aralashma yoyiladi. Ma’lum 
vaqtdan so’ng smola qotadi. 
Vazifa: sxemasini yozish, smolani suyuqlanish haroratini topish
eruvchanligini tekshirish. 
Variant 2. Bu variantda smola olish uchun 30%li ammiak eritmasi , 
stearin kislotasi va etil spirit ham kerak bo’ladi 
Ishning bajarilishi: Kolbaga 9,4 g (0,1 mol) fenol solinib ustiga 9,2 ml 
(0,11 mol) 36%li formalin eritmasi quyiladi. Aralashtirilgan massaga 
0,8 ml (0,01 mol) 30%li ammiak eritmasi quyiladi. So’ng kolbani asbest 
setkasiga joylashtirib 40 minut qaynaguncha qizdiriladi. Bu holda ham 
kolbadagi suyuqlik loyqalanadi va qavatlanadi. Hosil bo’lgan suvni bu 
usulda ham vakuumda haydab olinadi. Kolbadagi harorat 80 
o
C ga 
yetganda suvni haydash to’xtatiladi. Hosil bo’lgan smola farfor 
kosachasiga solib olinadi. 
 
Nazorat savollari: 
1. Bosqichli polimerlanish nima? 
2. Massada polimerlanishni tushuntirib bering. 
3. Nima uchun polikondensatlanish jarayoni eritmada olib boriladi? 
4. Polikondensatlanish jarayonidan foydalanib polimerlarning qaysi 
turlari olinadi? 

Download 233.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling