O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “Tasdiqlayman”


Download 95.5 Kb.
bet1/4
Sana21.02.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1218112
  1   2   3   4
Bog'liq
Stajer t. ish rejasi




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


URGANCh DAVLAT UNIVERSITETI
Tasdiqlayman”
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo‘yicha prorektor,
___________dos.Z.Sh.Ibragimov
“__”_______________2021 yil

__


STAJYoR-TADQIQOTChINING
ISh REJASI



Stajyor-tadqikotchining F.I.Sh.: San’atbekov Sarvarbek
San’atbekovich


Qabul qilingan sana: 01.01.2021 yil (Urganch davlat
universitetining 2020 yil 20
dekabrdagi 14 AS-sonli buyrug‘i)


Dissertatsiya ishining mavzusi: “Umumovqatlanish xizmatlari
bozorini rivojlantirishning
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini
takomillashtirish”


Dissertatsiya bajarilayotgan fan tarmog‘i: iqtisodiyot fanlari


Ixtisoslik shifri va nomi: 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari
iqtisodiyoti


Ilmiy rahbar: Toshkent arxitektura va qurilish instituti ilmiy
ishlar bo‘yicha prorektori ,iqtisodiyot fanlari
doktori, professor Nurimbetov Ravshanbek
Ibrayimovich


Ish bajarilayotgan tashkilot: Urganch davlat universiteti


Urganch – 2021 yil
Mavzuning dolzarbligi. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasi jahonda globallashuv va keskin raqobatchilik jarayonlari kechayotgan bir sharoitda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining drayveri sifatida maydonga chiqmoqda. Darhaqiqat, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil dunyo YaIMda servis sohasining ulushi 55 foizni, G20 ga a’zo mamlakatlarda o‘rtacha 62 foizni, XXR-Gonkongda 89 foiz, AQSh, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Fransiya, Gollandiya, Yaponiya, Singapur, Ispaniya va Kanadada 70 foizdan ortiq, Indoneziya, Hindiston, XXR, Janubiy Koreya 50 foizdan ortiq ulushni tashkil qildi1”. Shuningdek, MDH mamlakatlari YaIM da Rossiyada 68 foiz, Belarusda 59 foiz, Qozog‘istonda 64 foiz xizmatlar sohasi ulushiga to‘g‘ri keladi2. Bugungi kunda xizmatlar sohasi yangi ishchi o‘rinlarini yaratish va aholi turmush darajasini oshirishga yetakchi rol o‘ynamoqda.
Jahonda xizmatlar sohasi va kichik biznesni yanada rivojlantirish, uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlaridagi ulushini oshirish, joylarda aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash, turmush farovonligini oshirish maqsadida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida KBXTni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy izlanish va tadqiqotlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Shu jihatdan xizmatlar sohasida kichik biznesni rivojlanishi asosida soha samaradorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida kichik biznesni samarali faoliyatini ta’minlovchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish, hududiy va makroiqtisodiy darajada xizmatlar sohasidagi KBXTning multiplikativ samarani keltirib chiqarishini inobatga olgan holda jahonning rivojlangan mamlakatlarida xizmatlar sohasida KBXTni rivojlantirish yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilgan.
O‘zbekistonda ham xizmatlar sohasining YaIMdagi ulushi yil sayin barqaror oshib borgani holda keyingi uch yil mobaynida bevosita mazkur sohalarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qancha Prezident Farmonlari va hukumat Qarorlari qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, YaIMning tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasi ulushini oshirish, xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini tubdan o‘zgartirish”3 ustuvor vazifalar sifatida ta’kidlanadi. Shuningdek, hududlarda xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiyalash, xizmatlar tarkibini diversifikatsiyalash, yuqori sifatli, raqobatbardosh xizmatlar ko‘rsatishni oshirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, joylarda umumovqatlanish xizmatlari tarmoqlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomil-lashtirishning samarali usullarini joriy etishni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlan-tirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkasining 2016 yil 26 fevraldagi 55-sonli “2016-2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” gi Qarori, 2017 yil 17 martdagi PQ-2843 sonli “Qoraqalpo-g‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi, 2019 yil 5 yanvardagi PQ-4095-sonli “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi, 2019 yil 20 noyabrdagi “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning maqsadi umumovqatlanish xizmatlari bozorini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillash-tirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling