O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “Tasdiqlayman”
Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish ko‘zda tutilgan. Jumladan
Download 95.5 Kb.
|
Stajer t. ish rejasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot ob’ekti
Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish ko‘zda tutilgan. Jumladan:
respublikamizda va Xorazm viloyatida umumovqatlanish xizmatlari bozori rivojlanishining tendensiyalari aniqlash; Umumovqatlanish xizmatlari bozori rivojlanishining hozirgi holatini baholash; Xorazm viloyatida umumovqatlanish xizmatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini asoslash; Umumovqatlanish xizmatlari sub’ektlari samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish; umumovqatlanish korxonalari faoliyati samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarni, foydalaligi va zararsizligi ko‘rsatkichlarini aniqlash; umumovqatlanish sohasi sub’ektlari raqobatbardoshligiga ta’sir qiluvchi omillarni baholash; tez xizmat ko‘satuvchi korxonalari raqobatbardoshligi ko‘rsatkichlarini baholash; tez xizmat ko‘rsatish korxonalari tashkiliy-iqtisodiy tuzilmasini takomillashtirish yo‘nalishlarini asoslash; tez xizmat ko‘rsatish korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish. Tadqiqot ob’ekti sifatida respublikamiz va Xorazm viloyati umumovqatlanish sohasi sub’ektlari tanlangan. Tadqiqot ishining predmeti umumovqatlanish xizmatlari bozorini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish jarayonlarida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Tadqiqotdan kutilayotgan ilmiy yangiliklar quyidagilardan iborat: respublikamizda va Xorazm viloyatida umumovqatlanish xizmatlari bozori rivojlanishining tendensiyalari asoslanadi; umumovqatlanish xizmatlari bozori rivojlanishining hozirgi holati SWOT tahlil qilinib, soha sub’ektlari samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqiladi; umumovqatlanish korxonalari faoliyati samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar tasniflanib, foydalaligi va zararsizligi ko‘rsatkichlari aniqlanadi; Xorazm viloyatida tez ovqatlanish korxonalari sub’ektlari sohasi raqobatbardoshligiga ta’sir qiluvchi omillar va ko‘rsatkichlarini baholanadi hamda tez ovqatlanish korxonalari tashkiliy-iqtisodiy tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi Xorazm viloyatida tez ovqatlanish korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirishning ustuvor yo‘nalishlari asoslanadi. Download 95.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling