O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti pedagogika va psixologiya kafеdrasi «tasdiqlayman»


MAVZU: Tarbiya psixologiyasi: maqsadi,vositalari va metodlari


Download 1.53 Mb.
bet21/81
Sana21.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1375722
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81
Bog'liq
пп ва пум мажмуа

MAVZU: Tarbiya psixologiyasi: maqsadi,vositalari va metodlari
Reja



  1. Tarbiyaning nazariy masalalari. Tarbiyaning maqsadi.

  2. Vosita va metodlar: to’g’ridan-to’g’ri, vositali, anglangan va anglanmagan, emotsional va hulqiy, ularning xususiyatlari va kamchiliklari.

  3. Tarbiya institutlari. Tarbiyaning psixologik nazariyasi.

  4. Tarbiyaning biogen nazariyasi. Tarbiyaning sotsiogen nazariyasi. Kompromiss yondashuv.

  5. Xarakter, motivlar, shaxs sifatlari va hulq-atvor ko’rinishlarini tarbiyalash masalalari.



Tayanch tushunchalar: Tarbiya, tarbiyaning vosita va metodlari, tarbiyaning biogen nazariyasi. Tarbiyaning sotsiogen nazariyasi, kompromiss yondashuv , xarakter, motivlar, shaxs sifatlari va hulq-atvor ko’rinishlari.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi shuni nazarda tutadiki, boshqa muhim masalalar qatorida Milliy qayta tiklanish mafkurasi va jamiyat boyliklari asosida o`quvchilarni ma’naviy va axloqiy xislatlarini o`stirish, o`quvchilarning xulq madaniyatini shaklantirish, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirish orqali xaqiqiy inson qilib tarbiyalash lozim.


Xozirgi zamon tarbiyasining maqsad va vazifalari avvalo, yoshlarni chinakam ma’rifatli kishi qilib, inson qadrini, milliy qadriyatlarini o`zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimining jaxon xamjamiyatida o`ziga munosib, obro`li o`rin egalaydigan fidoyi insonni tarbiyalashdir.
Tarbiya - maxsus faoliyat sifatida muayyan dasturning, anglab olingan maqsadining mavjudligi bilan, ta’sir ko`rsatishining maxsus ishlab chiqilgan va asoslab berilgan vositalari shakllari xamda usullarini qo`llanishi bilan tasodifiy va stixiyali ta’sirlardan ajralib turadi. Sog`lom tarbiyaviy vaziyatsiz mukkammal shaxs vujudga kelmaydi.
O`quvchilarning xayoti va faoliyatini to`g`ri tashkil qilish, ijobiy axloqiy, ijtimoiy xulq-atvor tajribasi shaxsning tarkib topishida muhim axamiyatga ega. Ma’lumki, birgina faoliyatning o`zida shaxsning xar-xil va xatto bir-biriga qarama-qarshi sifatlarini tarkib toptirish mumkin. Buning asosida maktab o`quvchisi amal qiladigan motivlar yotadi. Bu xulq-atvor shaxsan o`quvchining o`zi uchun qanday ma’noga ega bo`lishiga qarab, unda xar-xil sifatlarni tarkib topishiga sabab bo`ladi.
M: O`quvchi o`rtog`ini printsipial asosda tanqid qilsa – unda qat’iylik, xalollik; agar o`z aybini o`rtog`iga quyish bo`lsa – xudbinlik individualizm, egoizm paydo bo`ladi.
Faoliyat – odamni shaxs sifatida shakilantirish asosi xisoblanadi. Bola o`yin, o`qish va mehnat faoliyatiga qanday munosabatda bo`lsa, unda shu faoliyat asosida ijobiy va salbiy sifatlar shakllanishi mumkin. O`qish va o`yinga ijobiy munosabat, ilmga intilishga qiziqsh, mehnatsevarlik kabilar bilan, salbiy munosabat esa ishyoqmaslik, dangasalik o`zini idora qila olmaslik kabilar shakllanishiga sabab bo`ladi.
Shuning uchun xam faoliyatining yetakchi tiplarini uyushtirish bola shaxsini shakllanishiga maqsadga muvofiq ta’sir etish vositasidir.
Axloqiy extiyojlarning tub mohiyati bu:
1) insonning axloqiyligi boshqalar bilan muloqotda bo`lishini ijtimoiy shart-sharoit mavjud bo`lishini;
2) indivdual ongning axloqiy tomonlarni shakillanishini ijtimoiy shart-sharoitdagi tarbiyaga bog`liqligi bilan belgilanadi. Va nixoyat, xayotning konkret xollarini xisobga olgan xolda axloqiy extiyojni xis-tuyguga, fikrlashiga bog`liqligi muhimdir.
Axloqiy fazilatlarni namoyon bo`lishi ijtimoiy burch tushunchasi bola ongiga qanday singdirilishiga bog`liq . Burch- bu jamiyat va jamoaning inson oldiga qo`ygan turli-tuman talablarini ifodalovchi tushunchadir. Ijtimoiy burch – keng ma’nodagi tushuncha bo`lib, bu odamiylik, vatanparvarlik burchi, kasb burchi, ota-ona oldidagi burchdir.
Yoshlarning axloqiy fazilatlarini tarbiyalashda umuminsoniy va milliy boyliklardan foydalanish muhimdir. Chunki umuminsoniy va milliy boyliklar xamda ularning shaxs shakllanishidagi roli axamiyatlidir. Milliy an’analar, urf-odatlarimizning tiklanishi milliy, umumbashariy va umumma’naviy qadriyatlarga asoslangan axloq normalarini yaratish va ularni bolalarimiz, yoshlarimiz ongiga singdirish orqali ularni jamiyatimiz uchun fidokor, bilimdon inson qilib tarbiyalashga asos bo`la oladi.
Milliy an’analar - xar bir xalqning ma’naviy xayotining maxsuli bo`lib, o`sha xalqning ijtimoiy fikri - milliy an’analarni ularning ma’naviy extiyojiga aylantiradi. Milliy an’analar yoshlarda ijtimoiy ongni tarbiyalaydi, ularning xar tomonlama kamolga yetgan inson bo`lib yetishishida muhim o`rin tutadi. U shaxs xarakterini ijobiy tomonga shaklantirishda faol ishtirok etadi, yoshlar mafkurasiga psixologik ta’sir qiladi.
Bola shaxsini tarbiyalashda ijtimoiy foydali faoliyat xam muhim rol o`ynaydi. Chunki u tarbiyaning eng qulay sharti va vositasi xisoblanadi.
Ijtimoiy foydali faoliyat, mehnat tarbiya vositasi bo`lishi uchun:

  • bolaning mehnati ijtimoiy foydali mehnat bo`lishiga;

  • ijtimoiy qiymatga ega bo`lgan foydali maxsulot mehnat natijasi bo`lishiga;

  • mehnat jamoa mehnati bo`lishiga;

  • u tashabusskor va ijodiy mehnat bo`lishiga;

  • mehnatda o`z-o`zini uyushtirish va mustaqil faollik ko`rsatishning xar xil shakllari qo`llanilishiga axamiyat berish kerak.

  • O`quvchilarning mehnati - ularning o`zlari uchun qiziqarli bo`lishi;

  • Bolaning kuchiga mos bo`lishi;

  • O`quv faoliyati bilan bog`liq bo`lishi;

  • Mehnat uchun jazolashga mutlaqo yo`l qo`yilmaslik kerak.

  • Shuni sinchiklab puxta, vijdonan bajarish mehnat anjomlarini asrash va tejashga o`rgatadigan bo`lishi lozim.

Bolalar jamoasi va uning tarbiyaviy imkoniyatlari.
Tarbiyasi «qiyin» bo`lgan bolalar bilan ishlash:
a) ularning individual xususiyatlarini aniqilash;
b) qiziqsh va e’tiqodlarini xisobga olish;
v) tarbiyaviy usullarini tanlash;
g) tarbiyaning maxsus sharoitlarini aniqlash.
Shaxsning ma’naviy sifatlarini shakllantirishda ma’naviy ong va xulq-atvor birligi muhimdir. Yoshlarni o`z-o`zini anglashi, yaxshi-yomon va adolatli-adolatsizlikni xis qilgan xolda uni o`z-o`ziga tatbiq qilishi, o`zini tarbiyalash tarbiyaning psixologik mexanizmini tashkil qiladi.
O`z – o`zini tarbiyalashda 4-ta vazifa nazarda tutiladi:

  1. O`zida shaxsning ijobiy xislatlarini taraqqiy etirishga va o`z xulq-atvoridagi yomon tomonlardan xolis bo`lishga intilish.

  2. O`quvchiga o`z shaxsiga tanqidiy munosabatda bo`lishiga, o`z xulq-atvoridagi xususiyatlarini diqqat bilan va oqilona tushunib olishida, o`z kamchiliklarini yaqqol ko`rishda, o`z nuqsonlarini faxmlab olishida yordamlashish.

  3. O`z-o`zini tarbiyalash rejasini tuzishda, shaxs xulq-atvori xislatlarini qaysi xususiyatlarini taraqqiy ettirish, qaysisiga barxam berish kerakligini aniqilash.

  4. Tarbiyachi o`z-o`zini tarbiyalashning oqilona yo`llarini aniqilashi.

Vatanparvarlik ruxida tarbiyalash
Vatanparvarlikni shakllantirishda:
A) Ona-vatanga muxabbat, uni sevish, e’zozlashga o`rgatish.
B) Mustaqil O`zbekiston tushunchasining mohiyatiini o`quvchilar ongiga singdirish.
V) Yoshlarni xalqimiz an’analariga, udumlariga, tili va madaniyati, ruhiyatiga xurmat bilan qarashga o`rgatish.
G) Buyuk daxolarimiz qoldirgan ma’naviy meroslarni asrab avaylash, ularning tarixini bugungi kun uchun axamiyatini idrok etish
D) Yoshlarda sog`lom kuch, sog`lom tafakkur, iymon-e’tiqodni uyg`otish
Ye) Vatan oldidagi mas’uliyat, millat manfaati uchun kurashning mohiyatiini anglash.
J) O`quvchilarda unib o`sgan yurtiga, voyaga yetkazgan ota-onasiga va ta’lim-tarbiya bergan ustoziga ta’zim qilish malakasini shakllantirish.
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o’z-o’zini anglab, har bir xarakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo’lgan eng muhim va umumiy xususiyat - bu uning faolligidir. Faollik (lotincha “actus” - xarakat, “activus” - faol suzlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning xayotdagi barcha xatti - xarakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu – o’sha oddiy qo’limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog’liq elementar xarakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg’onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bo’lgan murakkab xarakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun xam psixologiyada shaxs, uning ongi va o’z- o’zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:
A. Tashqi faollik - bu tashqaridan va uz ichki istak-xoxishlarimiz ta’sirida bevosita kurish, qayd qilish mumkin bo’lgan xarakatlarimiz, mushaklarimizning xarakatlari orqali namoyon bo’ladigan faollik.
B. Ichki faollik - bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, kon aylanish, nafas olish, bosim o’zgarishlari) xamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida kurinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni o’z ichiga oladi.
Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq ayriliqdan so’ng ona o’z farzandi visoliga yetdi. Tashqi faollikni biz onaning bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini siylashi, ko’zlaridan oqqan sevinch yoshlarida ko’rsak, ichki faollik – o’sha ko’z yoshlarini keltirib chiqargan fiziologik jarayonlar, ichki sog’inchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta’siri), ko’rib idrok kilgandagi o’zaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko’z bilan ilg’ab bo’lmaydigan emotsional xolatlarda namoyon bo’ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvoxi bo’lsak ham, uni ifodalagan rasmni ko’rsak xam, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin.
Demak, ikkala turli faollik xam shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda xar bir konkret shaxsga va uning extiyojlariga bog’liq bo’lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, shaxsning jamiyat bilan bo’ladigan murakkab va o’zaro munosabatlarining okqbati xisoblanadi.
Inson faolligi “xarakat”, “faoliyat”, “xulq” tushunchalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi.
Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o’zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo’lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi xarakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat - inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli- tuman extiyojlardan kelib chiqadigan, xamda tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir.
Bu - yosh bolaning real predmetlar moxiyatini o’z tasavvurlari doirasida bilishga qaratilgan o’yin faoliyati, bu - moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan mexnat faoliyati, bu - yangi kashfiyotlar ochishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati, bu - rekordlarni ko’paytirishga qaratilgan sportchining maxorati va shunga o’xshash. Shunisi xarakterliki, inson xar daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan mashg’ul bo’lib turadi.
Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy xarakatlar. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Qilinayotgan har bir xarakat ma’lum narsaga - predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli xarakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi.
Predmetli xarakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli xarakati yozuvga qaratilgan bo’lib, u avvalo usha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali, bilimlar zaxirasini boyitayotgan bo’ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli xarakatlarning aynan nimalarga yo’naltirilganiga karab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi.
Tashqi faoliyat shaxsni o’rab to’rgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o’zgartirishga qaratilgan faoliyat bo’lsa, ichki faoliyat - birinchi navbatda aqliy faoliyat bo’lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki - aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro’y beradi, tajriba orttirib borilgan sari, sekin-asta bu xarakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo’lsak, bola dastlabki suzlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ichida o’zicha gapirishga o’rganib, o’ylaydigan, muloxaza yuritadigan, o’z oldiga maqsad va rejalar qo’yadigan bo’lib boradi.
Har qanday sharoitda xam barcha xarakatlar xam ichki-psixologik, ham tashqi - muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har kanday faoliyat tarkibida xam aqliy, xam jismoniy - motor xarakatlar mujassam bo’ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar o’ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi yetakchi faoliyat aqliy bo’lgani bilan uning peshonalari, ko’zlari, xattoki, tana va qo’l xarakatlari juda muxim va jiddiy fikr xususida bir to’xtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat xis kilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan - misol uchun, uzum ko’chatini ortiqcha barglardan xalos etayotgan bog’bon harakatlari xam aqliy komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning va nima uchun ortiqcha ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi.
Aqliy xarakatlar - shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman xarakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday xarakatlar doimo motor xarakatlarni xam o’z ichiga oladi. Bunday xarakatlar quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling