O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti pedagogika va psixologiya kafеdrasi «tasdiqlayman»


Pedagogik mahorat, innovatsiya, vaziyat, sharoit, muammo xususiyatlarini shakllantirish psixologiya o’qitish metodikasi predmetidir


Download 1.53 Mb.
bet35/81
Sana21.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1375722
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81
Bog'liq
пп ва пум мажмуа

Pedagogik mahorat, innovatsiya, vaziyat, sharoit, muammo xususiyatlarini shakllantirish psixologiya o’qitish metodikasi predmetidir.
Keyingi yillarda o’qituvchilarni psixologik bilimlar bilan qurollantirish masalasiga aloxida e’tibor berilmokda. Hozirgi sharoitda kelajak avlodning yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalashda o’qituvchilarning urni benixoya oshgan.
Shuning uchun bulajak o’qituvchidan oliy o’quv yutida uz mutaxassisliklarini chuqur egallashdan tashqari o’quvchilar psixikasidagi yosh va individual xususiyatlarni farqlay olishga, bola taraqqiyoti jarayonini kuzatishdan to’g’ri psixologik-pedagogik xulosalar chiqara bilishga o’rganish talab etilmoqda. Chunki bu - ta’lim va tarbiya sirlarini mukammal egallaydigan o’qituvchilar tayyorlashning muhim sharti xisoblanadi.
Agar pedagog insonni xar tomonlama yetuk qilib tarbiyalamokchi bo’lsa, ya’ni komil insonni voyaga yetkazish uchun uni, xar tomonlama o’rganishi kerak. Psixologiyaning nazariy muammolarini chuqur o’rganmay turib, mazkur fandan xech bo’lmaganda sodda va bajarilishi oson bo’lgan amaliy mashg’ulotlar o`tkazish ko’nikma va malakalarini egallamay turib, o’quvchilarning psixik xususiyatlarini bilishga erishib bo’lmaydi, albatta.
Ko`xna va xamisha navqiron mamlakatimiz uchun ijtimoiy taraqqiyot psixologik nuqtai nazardan idrok qilinsa, mantiqiy taxlil etilsa, xalqimizning etnopsixologik bilimlardan ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanganligi, xarbiy yurishlarda jangchilarga psixologik ta’sir O’tkazganligi, ularda ishonch va e’tiqod xissi uyg’otganligi, muomalaning verbal va noverbal ko’rinishlarini amaliyotda qo’llanganligi, O’rta asrlarning Forobiy, Beruniy, Xorazmiy singari zabardats olimlarining ijodiy maxsullaridan tortib to XX asrning 30-yillari oraligida ilmiy tadqiqotlar kilinganligi bunga isbot talab qilinmaydigan xaqiqatdir.
O`zbekitsonda oliy maktablarda psixologiya o’quv fani sifatida 1928 yildan uqitib kelinmoqda. (Xuddi shu davrda L.S.Vigotskiy O’rta Osiyoda, O’zbekitsonda ommaviy Ma’ruzalar uqiganligi mazkur jaayonni tezlashtirgan asosiy omil bo’lganligiga xech shak-shubxa yo’q»).
Psixologiya fanining ijtimoiy xayot da nufuzi xar soniya sayin ortib bormoqda. Shu tufayli pedagogika intsitutlari va bilim yurtlarida uni uqitish yo’lga qo’yila boshlandi. Mazkur soxa bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida O’rta Osiyo Davlat Universitetida 1938 yilda (Hozir Milliy Universitet) logika va psixologiya bulimi ochildi. 50-yillarning 2-yarmidan boshlab pedagogika intsitutlarida va bilim yurtlarida psixologiya bulimlari ochildi. Ayniqsa qisqa muddatli 15 va 9 oylik ommaviy psixologlar tayyorlash kurslarining ommaviylashuvi psixolog-mutaxassislarga extiyojning kuchayganligini bildiradi.
Hozirgi davrda respublikamizning barcha oliy maktablari va o’quv yurtlarida, xattoki maktablarida psixologik bilimlar aloxida e’tibor bilan o`qitilmoqda.
Mamlakatimizda oliy ta’lim ko’p boshkichli tizimga (bakalavriat, magitsratura, aspirantura, doktorantura) utish munosabati bilan psixologiya fanini uqitishning o’ziga xos tashkil etishni taqozo etmoqda, demak, talabalarga bu soxa bo’yicha bilim berish ularda kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishni takomillashtirish uchun quyidagi yirik yo’nalishlarda ijodiy psixologik-pedagogik izlanishlarni amalga oshirish lozim.
1. Psixologiya fanining metodologik muammolari va ularning talqini.
2. Psixologiyaning nazariy materiallari va ularning taxlili.
3. Psixologiya o`qitishda etnopsixologik mexanizmlardan foydalanish.
4. uning ommaviy talkini, tadbikiy jabxalarini mukammallashtirish:
a) amaliyot, praktikum, laboratoriya mashg’ulotlari sifat darajasini ko`tarish.
b) diagnotsik, prognotsik metodikalar xamda tetslardan foydalanish.
v) individual va ijtimoiy treninglarni ommaviylashtirish.
5. O`qitishning maxsuldor, faol va innovatsion metodlarini ta’lim tizimiga yoyish.
Psixologiya o`qitishda gumanizatsiya - assotsianizm, psixoanaliz, kognitivizm, geshtaltpsixologiya, empirizm, gumanitsik psixologiya va boshqa yo’nalishlarni ilmiy metodologik, ilmiy nazariy va amaliy jixatlardan nukson kidirmasdan, balki ularning eng oqilona, taraqqiyparvar tomonlarini amaliyotga tadbik etish tavsiyanomasini ishlab chiqish zarur.
Jahon psixologiyasida yaratilgan metodlar, metodikalar, tetslar, anketalar, zamonaviy apparatlar, laboraoriya mashg’ulotlari o’tkazish intsruktsiyasi, trening, kompyuter datsurlari, praktikum, psixologik kabinetlardan foydalanish uslubi va qo’llanmalarni maxalliy sharoitga moslashtirish va uni sinab ko’rishni keng yo’lga qo’yish orqali.
Insonning muayyan xususiyatlarini to`la ochish imkoniyatiga erishish. Psixologiyaning predmeti va ob’ekti mavxum shaxs, xodisa, xulq-atvor, faoliyat va muammoga qaratilmasligi balki real inson, ma’lum yosh, aniq jins xususiyatlari yuzasidan ma’lumot berishga yunaltirilganligi ayni muddaodir. Ana shu jarayondagina tabiatga va jamiyatga munosabat shaxs bilan favqulotdagi vaziyat bilan uzviy bog’lab o’rganish imkoniyatini yaratadi.
Nazariy muammoni amaliy turmush bilan aloqasini okilona tushuntirish va yaqqol namuna keltirish orqali ularga sharx berish talkinini jonlantiradi, talabani insoniy fazilat sifat va xislatlardan andoza olishga yetaklaydi.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg’usi va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari sanaladi.
Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o’quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy g’oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga ko’maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo’llaniladi.
O’quvchilarda g’oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichik va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko’nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko’p ishlatiladigan usuldir. Tushuntirishning vazifasi o’quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g’urur tuyg’usiga ega bo’lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Tushuntirishda o’quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan huquq va burchlar asosida bog’langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog’i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli davlat bayrog’i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitutsiyasining mohiyati tushuntirialdi.
Suhbat. O’quvchi shaxsini g’oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o’qituvchining jonli so’zi eng ta’sirchan usul hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf o’quvchilari uchun dolzarbligi, o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy ishonch uyg’otishning suhbat mazmuniga bo’lgan munosabatlari va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish zarur. Suhbat quyidagi mavzularda uyushtirilishi mumkin:
a) etik mavzular (ijtimoiy ma’naviy-axloqiy me’yorlar, jamiyatda ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida o’zini tutish qoidalari va boshqalar);
b) estetik mavzular (tabiat go’zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go’zalligi);
v) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro munosabatlar va boshqalar);
g) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o’simliklar dunyosi, elektronika va boshqalar).
Suhbatlarning, shuningdek, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etish, huquqiy, ekologik, iqtisodiy va gigiyenik mavzularda ham tashkil etilishi o’zining ijobiy natijalarini beradi.
Suhbat davomida o’quvchilarga ularning o’z fikrlarini erkin ifoda etishlari hamda mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi savollar bilan murojaat qilish juda muhimdir. Bu borada bahs-munoazaralarning ahamiyati katta.
Hikoya. O’quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq o’tmishi, tabiiy boylar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari - radio, televideniye, gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon qilingan ma’lumotlar ham o’quvchilar uchun qimmatli material bo’ladi. Suhbat ham, hikoya ham o’quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so’zlar vositasida adabiy tilda o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya mavzusining o’quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini ta’minlaydi, buning natijasida o’quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar.
Namuna. O’quvchilar o’z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko’rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim.
O’qituvchining shaxsan o’zi namuna bo’lishi, ayniqsa, yoshlarga katta ta’sir ko’rsatadi. Ular o’qituvchining darsda va hayotda o’zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, o’z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar.
O’quvchilar o’zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, Xulq-atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun o’qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o’zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qayerda bo’lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so’zi bilan yurish-turishi va xatti-harakatlarida tafovut bo’lmasligi kerak.
Ilg’or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan ma’lumotlar, adabiy asar, kinofilm va spektakllar qahramonlarining xatti-harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga kuchli ta’sir qiladi.
Maktablarda ishlab chiqarish ilg’orlari bilan uchrashuvlar o’tkaziladi. O’quvchilar o’z ota-onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadilar, ularga taqlid qilishga intiladilar.
Namunada xalq pedagogikasi g’oyalaridan ham foydalaniladi. Ota-onalar o’z farzandlarini hamisha katta hayotiy tajribaga ega, dunyoqarashi va bilim doirasi keng kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Masalan, «Qush uyasida ko’rganini qiladi». Juda oddiy xulosa. Shu oddiy xulosa ostida qancha fikrlar jamlanib yotgavnligini hamisha ham fahmiga boravermaymiz. Bu bilan xalq xalq «Uyingda tartibli bo’l, aks holda bolang ko’chada tartibsiz bo’ladi», «Bola oldida birovlarning g’iybatini qilma, bolang g’iybatchi bo’ladi», demoqchi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling