O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti


Bolalar nutqini rivojlantirishda qo‘llaniladigan vositalar


Download 84.74 Kb.
bet6/8
Sana30.04.2023
Hajmi84.74 Kb.
#1403029
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs

Bolalar nutqini rivojlantirishda qo‘llaniladigan vositalar.

Nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida bolalar nutqini rivojlantirish vositalari


juda ko‘p va xilma-xil. Ulardan eng asosiysi badiiy adabiyot. Badiiy adabiyot bu
- turli yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan so‘z san’ati bo‘lib, voqealikni
bolalarcha idrok etish, bolalarga tasavvur va tafakkur obrazlarida gavdalantiruvchi badiiy asarlar majmuasi hisoblanadi.
Barcha xalqlarda bolalarga mo‘ljallangan ijod etish an’anasi uzoq tarixga
ega.
Allalar
Xalq ijodida bolalarga qaratilgan so‘z san’atining ilk namunasi alla
hisoblanadi. Alla beshik qo‘shig‘i. U bolani ovutish, uxlatish maqsadida,
mayin ovozda aytiladi. Alla bolaga zavq bag‘ishlaydi, ma’naviy tarbiya beradi.

Namuna:


Alla bolam alla, jonim bolam alla
Ikki ko‘zim alla, shirin so‘zim alla.
Alla bolam baxting bor, har narsaning vaqti bor.
Uxla bolam alla, alla bolam alla.
Ertaklar
Ertak ham bola nutqini rivojlantirishda eng muhim vositadir. Ertaklar
hayot haqiqatini, hayotiy va uydurmalar asosida tasvirlangani tilsim va sehr
vositalariga asoslanishi, voqea va xarakatlarning ajoyib holatlarda kechishi,
qahramonlarning g‘ayri tabiiy jasoratlari bilan boshqa janrlarda farq qiladi.
Bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar hayvonlar haqida sehr jodu, fantastik,
sarguzasht ertaklar bo‘ladi.
Bolalar ertaklardagi ijobiy qahramonlarning xarakteri, fazilatlari va
boshqa tomonlarini o‘rganadi. Ularning lug‘atida yangi so‘zlar paydo bo‘ladi.
Har bir ertakda bolalar uchun yangilik bo‘lishi kerak.
Ertak qahramonlari bajaradigan ishlarini va ezguliklarini bola o‘z
hayotida amalga oshira boshlaydi.
Maqollar
Maqollar xalqning bir necha avlodlari, aql farosati va turmush
tajribasining natijasi. Ular donishmandligini maxsulidir. Bog‘cha yoshidagi
bolalar uchun mazmuni tushunarli, hajmi kichik bo‘lgan Vatan haqidagi,
do‘stlik, ota-ona, odob-axloq, mehnat haqidagi maqollarni yodlatish tavsiya
etiladi.



  • Mehnat, mehnatning tagi- rohat.




Dangasa ishdan qochar



  • Bulbul chamannni sevar,

Odam Vatanni



Turmush bo‘lar chiroylik,



  • Bo‘linganni bo‘ri yer,

Ayrilganni ayiq yer.



  • Ona bilan bola ,

Gul bilan lola.



  • O‘zga yurtda shox bo‘lguncha,

  • O‘z yurtingda gado bo‘l!


Download 84.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling