O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 84.74 Kb.
bet2/8
Sana30.04.2023
Hajmi84.74 Kb.
#1403029
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs

Mavzuning o‘rganish darajasi. Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik fan
sifatida 1920 yillargacha pedagogika fani tarkibida taraqqiy etdi, so‘ng
mustaqil fan sifatida shakllandi. Nutq-bu tilni ishga solish jarayonidir. (I.A.Zimnyaya, V.M.Solnsev). Bolalarga ona-tilini o‘rgatish va ularning nutqini rivojlantirishga doir ishlar maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ta’lim-tarbiya ishlari ichida alohida o‘rin tutadi. Ushbu ishning maqsadi quyidagilardan iborat:-bolalarga nutqiy muloqotning muhim shakli-og‘zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muofiq holda egallashni to‘liq ko‘rinishda esa tushunish va faol nutqqa kirishishni o‘rgatish.
Kurs ishining ob’ekti. Nutqni rivojlantirish metodikasi-maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Inson o‘z fikrlarini ifodalash va boshqalarning fikrlarini tushunish uchun na-tilidan foydalanadi. Nutqni egallash bolalarga bevosita va bilvosita ( hikoya, badiiy asar, tarbiyachining tushuntirish va boshqalar) yo‘l bilan borliq haqida bilimlar hosil qilishga imkon beradi. Maktabgacha ta’lim muassasasida lug‘at boyligini oshirish, so‘zning Grammatik tuzilishini shakllantirish, bog‘lanishli nutqni rivojlantirish vazifalari hal etiladi.


Kurs ishining maqsadi . Ushbu kurs ishida insonning yana bir o‘ziga xos xususiyati, o‘ziga xos insoniy ehtiyoji mavjud, bu- boshqa odamlar bilan muloqotga ehtiyojmandlik, “ ematsional muloqotga ehtiyojmandlik”dir (K.Obuxovskiy). Aynan shu ehtiyoj tufayli dastlab til paydo bo‘lgan. Muloqotga ehtiyojmandlik doimo tilni egallashga olib keladi. Bolaning so‘zlashni o‘rganishining sababi shuki, unga kattalar bilan birgalikdagi faoliyatida ishtirok etishga to‘g‘ri keladi, buning uchun esa bolaning unga nimalar deyishayotganliklarini tushunishi va o‘zi ham so‘zlashi lozim. Bu o‘rinda tilning uch sifati ( tajribani jamlash va sintez qilish-fikrga jamlash- muloqotni amalga oshirish) haqida so‘z yuritish mumkin (V.A.Zveginsev). Tilni tadqiq qilish mustaqil, umumilmiy qiziqishidan tashqari ko‘plab dolzarb amaliy vazifalarni hal etishda ulkan ahamiyatga egadir.


Download 84.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling