O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti


Nutq o'stirishni ta’minlaydigan omillar


Download 84.74 Kb.
bet5/8
Sana30.04.2023
Hajmi84.74 Kb.
#1403029
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs

Nutq o'stirishni ta’minlaydigan omillar






Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari





So‘z zaxirasi

Nutqni rivojlantirishning o‘sib boruvchi salohiyati





Hozirgi davrda tadqiqotchilari maktabgacha yoshdagi bolalar uchun namu-naviy faol va passiv so‘zlar lug‘atini tuzishlari ham kun tartibidagi dolzarb masa-ladir. Ayniqsa, 5, 6 va 7 yoshdagi bolalar uchun lug‘atlar tuzish g‘oyatda muhim-dir. Shu bilan birga, nafaqat so‘zlarning miqdori tarkibini aniqlash (1500, 2000 yoki 3000 – 4000 so’z), balki ularni mavzular va hayotiy ahamiyati bo‘yicha ham hisobga olish muhimdir.



1.1 Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari, metodlari va vositalari
Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalasi pedagogikaning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha uzoq va ko'p yillar davomida tadqiqot ishlari olib borildi. Bu masala bo'yicha mashhur olimlar, amaliyotchi-pedagoglar, metodistlardan Y. I. Tixeyeva, N. M. Shelovanov, N. M. Aksarina, N. F. Lasigina, Y. K. Kaverina, G. L. Rozengart-Pupko, G. M. Lyalina, V. A. Petrova, N. S. Karpinskaya, I. A. Panina, S. L. Novoselova, Y. V. Zvorigina, I. M. Kononova, N. N. Palagina, M. 1. Popova, Y. I. Radina va boshqalar tadqiqot ishlari olib bordilar.
O‘rta yoshidagi davr bolaning jismoniy va ruhiy tomondan tezkorlik bilan (intensiv) rivojlanish bosqichi hisoblanadi. Bu yoshda markaziy nerv sistemasining rivojlanishida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va miya fIziologik jihatdan yetilib bo‘ladi. Masalan 7 oylikda bolaning miyasi ikki baravar, bir yoshida uch baravar o‘sadi. 2 yoshida esa katta yoshdagi kishilar miya og'irligining 70 foizini tashkil etadi.
O‘rta guruhda bolaning narsa (buyumlar) to‘g‘risidagi bilimlarini chuqurlashtirish bo‘yicha mukammal ish olib borish ko‘zda tutilgan. Bu guruh bolalarining faol lug‘ati narsalarning nomlarini, qismlarini, ularning sifatlarini va xususiyatlarini (rangi, shakli, uzunligi, tashqi ko‘rinishi va boshqalar) hamda fazo va vaqtni bildiruvchi so‘zlar hisobiga boyib boradi. Bolalaming o‘z nutqlarida umumlashtiruvchi so‘zlarni, ya’ni kiyim-kechak, oyoq kiyim, mebel, idish-tovoqlar, sabzavotlar, mevalar, gullar, qushlar, hayvonlar va hokazolami ishlatishga o‘rgatiladi; tanish buyumlami guruhlashga va ularni tasniflashga (idish tovoqlar, choy idishlar, ovqat suzadigan idishlar, oshxonada ishlatiladigan idishlar, oyoq kiyimlar, qishki va yozgi kiyimlar) o‘rgatiladi.
O‘rta yoshdagi bola nutqining o'z vaqtida va to'g'ri rivojlanishi aqliy rivojlanishning asosidir. Nutq vositasida bola bilan kattalar o'rtasida turli munosabatlar o'rnatiladi. Yaxshi rivojlangan nutq ruhiy jarayonlarning (xotira, tafakkur, xayol va boshqalar) rivojlanishiga, bolalarning bog'cha davridagi va undan keyingi faoliyatlariga katta ta'sir ko'rsatadi. Bolalar nutqining rivojlanishi bilan kattalar nutqining tarbiya vositasi sifatidagi roli ortib boradi.
Aksincha, bolaning bog'cha yoshigacha bo'lgan davrida nutqning rivojlanishiga tarbiyachi hamshiraning yetarlicha ahamiyat bermaganligi, unga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatmaganligi natijasida bolalar bog'cha yoshida (3—4 yoshda) ham nutqni yaxshi egallay olmaydilar. Bolalar nutqni ancha kechikib egallashlari sababli, ularning nutqida, so'zlar miqdori yetishmaydi, grammatik xatolar, talaffuzida nuqsonlar juda ko'p bo'ladi. Buning oqibatida bola o'z fikrini boshqalarga bildirishga qiynaladi, atrofdagilar bilan muomala qilish imkoniyatlari cheklanadi. Natijada tarbiyachilar, ota-onalar nutq vositasida bolalarga ta'lim-tarbiya berish imkoniyatlaridan foydalana olmaydilar. Shuningdek, nutqning yetarlicha rivojlanmaganligi bolalarni shaxs sifatida har tomonlama barkamol inson bo'lib yetishishlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi, ya'ni barcha ruhiy jarayonlar — idrok, xotira, diqqat, fikr yuritish operatsiyalari, xayol rivojlanishdan orqada qoladi, ularga aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy, mehnat tarbiyasini berish imko­niyatlari chegaralanadi. Bola nutqini ilk yoshdan boshlab to'la-qonli o'stirish sohasida olib borilgan izlanishlar natijalariga ko'ra, kattalarning bola bilan yaqindan munosabatda bo'lib, qulay shart-sharoitlar yaratishlari nutqni o'z vaqtida o'stirish imkonini beradigan tarbiyaviy ta'sirning asosiy shaklidir.
Bola hayotining ikkinchi yoshi uning nutqini rivojlantirishning muhim davri hisoblanadi. Shuning uchun pedagogik jarayonning butun tizimida nutqni rivojlantirishga alohida ahamiyat beriladi. Bola nutqini rivojlantirishga ta'sir etishda kundalik tartib daqiqalaridan, mustaqil o'yinlardan, maxsus mashg'ulotlardan, narsa-buyumlar bilan qilinadigan harakatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashg'ulotlardan foydalaniladi. Kattalar (hamshira-tarbiyachi) ikki yoshgacha bo'Igan bolalar nutqini rivojlantirishda ular bilan so'zlashishni to'g'ri tashkil etishi kerak. Bola bilan so'zlashganda turli xil usullardan foydalaniladi. Masalan:

  1. buyumning nomi aytiladi (mana paypoqcha, mana shippak va hokazo);

  2. nimanidir qayerdaligini ko'rsatishni so‘raydi (ko‘ylakning cho‘ntagi qayerda, kuchukchaning quloqlari qani, mushukning dumi qani va boshqalar);

  3. buyumlarning sifatini tushuntiradi (katta ayiq, kichkina ayiq, shirin choy, issiq suv, sovuq suv);

  4. „Bu kim?", — deb savol beradi, bolaga topshiriq beradi (ko‘rsat, olib kel, olib bor, top, so‘ra va hokazo);

  5. bolaga faol nutqni talab etuvchi topshiriqlar beriladi: („Komildan mushukchasini so‘ra", „Sharifa xolangga, uyqum kelyapti deb ayt" va hokazo).

Bunday topshiriqlarni bergandan so‘ng, albatta uning bajarilishini nazorat qilib turish kerak. Buning uchun “Sen aytdingmi?”, “Sen so'radingmi?”, “Sen bajardingmi?” degan savollardan foydalanish lozim.
Shunday qilib, 2 yoshga qadam qo‘ygan bolalar nutqining o‘sishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, “Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi” bolalarda tevarak-atrofdagilar bilan asosiy aloqa vositasi bo‘lgan nutqni o‘stirishga; bolalarni kattalarga va boshqa bolalarga turli munosabatlar bilan murojaat qilishga undash, savollar bera olishga, o‘zining istaklarini va iltimoslarini, ko‘rgan bilganlarini 2 -3 gap bilan ifodalashga, atrofdagilarning gapiga diqqat bilan quloq solishga, ularning so‘z bilan ifodalangan talablarini bajarishga, savollarga (Bu kim?, Bu nima? va hokazo) javob berish qobiliyatini o‘stirishga alohida o‘rin ajratgan.



    1. Download 84.74 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling