O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch innovatsion university nodavlat ta’lim muassasasi ona tili−O‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi fanidan


-mashq. Berilgan so‘zlarni kirill yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi bo‘yicha tartib bilan joylashtiring


Download 1.49 Mb.
bet36/101
Sana18.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1596700
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101
Bog'liq
1-k Ona tili -o\'qish savodxonligi MAJMUA

3-mashq. Berilgan so‘zlarni kirill yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi bo‘yicha tartib bilan joylashtiring.


Og‘zaki. 1. Sersut, zakiy, yangroq, qiyomat, ajoyib, bahaybat, vulqon, bankir, uzlat, haykaltarosh, bo‘shliq, po‘stinbop, qopqoq, dakana, qulupnay, timsoh, abxaz, davomat, monolog, posongi, metraj, doshqozon, ehtiros, oymoma, xalqaro, taqozo.
Yozma. 2. Izg‘irin, emissiya, laylak, karnaygul, estakada, piyonista, semurg‘, farishta, loaqal, fusunkor, olachipor, flagman, kabinet, golland, sopqon, opponent, gulduros, makkor, afandi, giyoh, hajviya, qirg‘iz, ko‘chki, hudhud, internet, lashkargoh, inshoot, qanshar.


4-mashq. Quyidagi gaplardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qaysi yozuv (fonetik, morfologik, shakliy, tarixiy-an’anaviy, differen-tsiatsiya yozuvi) asosida yozilganini aniqlab ko‘chiring.

1. Qiz onaning, ona qizining diydoriga toza to‘yadi-da endi. (J.Abd.)


2. Xayrlashuv oldidan Shamsi To‘raevich, darvozaxonaning bir burchagiga terib qo‘yilgan pishiq g‘isht uyumini unga ko‘rsatdi.(N.A.) 3. Binoiyning e’tiqodicha, turkiyda she’r so‘ylamoq - behuda harakat. (O.) 4. Yangi tushgan yilim ro‘zada ramazon aytib kelib qolishdi. (Sh.) 5. O‘zlarini chohga urishga hozir mullavachchalar, boshimiz ketsa ham mavlono Ali Qushchini qutqaramiz, deydilar. (O.Yo.) 6. Zilziladan oldin kolxoz dalalari bo‘lgan pastu baland yerlarda shaharcha tig‘iz hovli-joylar paydo bo‘lgan edi. (P.Q.) 7. Holbuki, aholi soni misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan o‘sib boryapti. (O.Yo.) 8. Unga tirkalib oldim: qachonki mashinasiga qarasa, darrov men hozir. (O.) 9. O‘rtoqlaringizdan bittasi hazilvon ekan, toza kuldirdi. (Mirm.) 10. Shu damgacha oshig‘i olchi bo‘lib kelgan puldorlar, boylarni endi jahannam qa’riga dumalatamiz. (O.) 11. Kuz iliq kelgani uchunmi, Hirot tojdorlari hali ham qal’a tashqarisidagi bog‘larda yashamoqda edilar. (P.Q.) Toju taxt davosidan voz kechdim!(P.Q.) 12. Oqsoqol shuncha yoshga kirib hali hech kimdan bunaqa ta’na eshitmagan edi. (S.Ahm.) 13. Xonzoda begim xonning shartini qabul qilgandan keyin Bobirni ta’qib etmaslik haqida butun qo‘shinga farmon berilgan edi. (P.Q.)



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling