8-Tarqatma material
O`qing. Unli fonemalarni tilning gorizontal, vertikal harakatiga va lablarning ishtirokiga ko`ra guruhlab, quyidagi chizmaga joylang.
Tilim bormas aslo ko`r qiz demakka,
Siz ham bir eshiting «Dugoh”, “Bayot”ni.
CHamamda, ko`z nuri ko`chgan yurakka,
SHuning-chun u kuylar qaynoq hayotni.(O. Xoldor.)
Tilning gorizontal harakatiga ko`ra
|
Tilning vertikal harakatiga
ko`ra
|
Lablarning
ishtirokiga ko`ra
|
Til oldi
|
Til orqa
|
Yuqori
tor unlilar
|
O`rta keng unlilar
|
Quyi
keng unlilar
|
Lablangan
|
Lablanmagan
|
|
|
|
|
|
|
|
9-Tarqatma material
Quyidagi gap tarkibidagi unli tovushlarni uch tomondan (tilning gorizontal harakatiga ko‘ra, tilning vertikal harakatiga ko‘ra, lablarning ishtiroki jihatidan) tahlil qilib, guruhlarga ajratib yozing.
Namuna: o - orqa qator unli, quyi keng unli, lablangan unli.
Og‘zaki. 1. Zohid Mahmudov Ehsonovni so‘roqqa chaqirishga chaqirdi-yu, keyin to‘g‘ri qildimmi, deb boshi qotdi.(T.Malik)
Yozma. 1. Avtobus aeroport yonidan o‘tayotganida Zelixon tushib qoldi.(T.Malik)
Klaster texnologiyasiga tuzilgan taxminiy variant
SAVOL-JAVOB ASOSIDA TALABALAR BILIMINI ANIQLASH VA MUSTAHKAMLASH:
1. Tilshunoslik fani nimalarni o‘rganadi?
2. Tilshunoslik fanining qanday turlari bor va ular o‘zaro qanday farqlanadi?
3. Nima uchun til ijtimoiy hodisa sanaladi?
4. Tilning tarkibiy qismlari deganda nimalar nazarda tutiladi?
5. Milliy til nima va uning tarkibiga nimalar kiradi?
6. O‘zbek tilida qanday lahjalar mavjud va ular qanday belgilarga ega?
7. Tilshunoslikda tillarning qanday tasniflari mavjud?
UYGA VAZIFA:
1-topshiriq.Xalqaro tillarni ajratib, ko‘chiring.
Shotland, ingliz, irland, chjuan, xitoy, kartaliy, abxaz, ingush, udmurt, nemis, eston, venger, mordov, fransuz, darg‘in, rus, svan, avar, batsbiy, guriy, ispan, tuareg, lazgin, somali, arab, kobil, oysor, ivrit, shilx.
2-topshiriq. O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarashning taqiqlanganligi “Davlat tili haqida”gi qonunning qaysi moddasida yozilganligini toping.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar:
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M.Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.
3.Jumaniyozova M., Atajonova A. Ona tilidan mashqlar to`plami.- Toshkent: Bayoz, 2021.
Do'stlaringiz bilan baham: |