O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch innovatsion university nodavlat ta’lim muassasasi ona tili−O‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi fanidan


FANNING AMALIY MASHG‘ULOTLARI ISHLANMASI


Download 1.49 Mb.
bet29/101
Sana18.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1596700
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101
Bog'liq
1-k Ona tili -o\'qish savodxonligi MAJMUA

FANNING AMALIY MASHG‘ULOTLARI ISHLANMASI
2-semestr
1-amaliy mashg‘ulot


Mavzu: Tillarning paydo bo‘lishi. Milliy va adabiy til. Fonetika va fonologiya; nutq apparati, ona tilining unli tovushlar tizimi. Ona tilining vokalizmi va konsonantizmi. Nutqning fonetik bo‘linishi. Nutq tovushlarining fonetik o‘zgarishlari.
Reja:

  1. Tilshunoslik fani, uning vazifalari haqida ma'lumot.

  2. Tilning ijtimoiy mohiyati, tuzilishi.

  3. Tilning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti.

  4. Milliy til va adabiy til.

5. Fonetikaning predmeti va vazifasi, fonetikaning bo‘limlari.
6. Fonema va fonologiya. Fonema variantlari.
7.Tovush va harf.
8. Unli tovushlar tasnifi:
a) tilning tik (vertikal) harakatiga ko‘ra;
b) tilning yopiq (gorizontal) harakatiga ko‘ra;
d) lablarning ishtirokiga ko‘ra.
Konsonantizm. Undoshlar tasnifi:
a) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra;
b) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra;
d) un paychalari ishtirokiga ko‘ra;
e) ovozning ishtirok etish darajasiga ko‘ra.
Nutqning asosiy fonetik birliklari:fraza,takt,so‘z,bo‘g‘in,tovush.


MAVZU YUZASIDAN MASHQLAR
1-mashq. Hind-yevropa hamda oltoy tillar oilasiga kiruvchi tillarni aniqlab, guruhlarga ajratib yozing.

Osetin, tojik, bolgar, litva, ozarbayjon, arman, rumin, yoqut, pushtu, shor, turk, fransuz, qumiq, urdu, oyrot, sloven, chuvash, bengal, gujarat, qrim-tatar, lak, dungan, turkman, mo‘g‘ul, ingliz, nemis, shotland, chex.




2-mashq. Quyidagi so‘zlarni o‘zbek tili lahjalari bo‘yicha ajratib yozing.

Elay (elak), jur (yur), oka (aka), geldi (keldi), adamni (otamni), dag‘ (tog‘), aad (ot), taka (yostiq), secha (chumchuq), sov (sog‘), sari (sariq), o‘qijatir (o‘qiyotir), ertay (ertak), o‘d (o‘t), jazvotir (yozayotir), duz (tuz), opa (ona), jamg‘ir (yomg‘ir).




3-mashq. Arab, rus, tojik va o‘zbekcha so‘zlarni guruhlarga ajratib yozing.

So‘roq, purkagich, paypoq, bog‘dorchilik, haq, barkash, maorif, chiroq, stol, mansab, sanoat, panjara, yaxshi, pulemyot, dimog‘, ittifoq, undalma, gilam, obdasta, dasturxon, dars, ovqat, me'da, zavod, avlod, poydevor, darhol, mehnat, samovar, millat, patnis, hujum.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling