O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch innovatsion university nodavlat ta’lim muassasasi ona tili−O‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi fanidan


Download 1.49 Mb.
bet25/101
Sana18.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1596700
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101
Bog'liq
1-k Ona tili -o\'qish savodxonligi MAJMUA

TAYANCH TUSHUNCHALAR: Lеksika (lug`at bоyligi), lug`at tarkibi, umumхalq lеksikasi, istе’mоl dоirasi chеgaralangan lеksika, istе’mоl dоirasi chеgaralanmagan lеksika, shеvaga хоs so`zlar (dialеktizmlar), fоnеtik dialеktizmlar, grammatik dialеktizmlar, nofaol leksika, eskirgan so`zlar, istorizm, arxaizm, leksik neologizm, individual nutq neologizmi, umumtil neologizmi, neolgizm leksema, neologizm-semema. dialеktizm ma’nо, o`z qatlam, o`zbekcha so`zlar, umumturkiy so`zlar, o`z qatlam, o`zlashma qatlam, umumturkiy so`zlar, o`zbekcha so`zlar, fors-tojikcha so`zlar, arabcha so`zlar, ruscha-baynalminal so`zlar, frazeologiya, leksikografiya. .

Ona tili lug‘at tarkibi zamonaviylik jihatidan tavsiflanganda 3 guruhga ajratiladi: 1) zamonaviy qatlam; 2) eskirgan qatlam; 3) yangi qatlam.


Tilning lug`at tarkibidagi zamonaviy qatlam tilning barcha taraqqiyot bosqichlarida qo`llanilgan, o`zida eskilik hamda yangilik bo`yog`ini ifodalamaydigan so`zlardir. Masalan, ota, ona, bahor, umr, xalq, go`zallik kabi.
Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo`lib turadi, bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur o`rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi – jamiyatda bo`lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy va ma’rifiy sohalardagi islohotlar tilning lug`at boyligida yangi-yangi so`z va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum so`z-leksemalarning eskirib, tarixiy kategoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug`at boyligida istorizm, arxaizm va neologizm kabi leksik birliklarni, ya`ni eskirgan va yangi paydo bo`lgan so`zlar qatlamini yuzaga keltiradi.
Leksik istorizmlar o`tmish voqeligi bo`lgan narsa-hodisalarning nomlaridir. Masalan: botmon-«O`zbekistonning turli yerlarida turli salmoqqa ega bo`lgan (ikki puddan o`n bir pudgacha) og`irlik o`lchovi»; chaqirim-«1,06 kilometrga teng uzunlik o`lchovi»; cho`ri-«qul xotin», «tutqunlikdagi ayol»; mingboshi-«daha yoki qishloq oqsoqoli, hokimi»; omoch-«ulovga qo`shib yer haydaydigan metall tishli primitiv yog`och asbob» va b.lar.
Istorizmlar, odatda, uzoq tarixiy jarayonlar davomida yuz beradigan eskirishning mahsuli bo`ladi, ammo ular, ba’zan, qisqa vaqtda paydo bo`lishlari ham mumkin: yaqin o`tmishda (1991-yilgacha) o`zbek tilining faol so`zlari bo`lgan ayrim leksemalarning (
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling