O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch innovatsion university nodavlat ta’lim muassasasi ona tili−O‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi fanidan


Download 1.49 Mb.
bet23/101
Sana18.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1596700
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101
Bog'liq
1-k Ona tili -o\'qish savodxonligi MAJMUA

Morfologik belgilari: ruscha-baynalmilal leksemalarda prefiks+o`zak(a+morf, de+duksiya), o`zak+suffiks (bronx+it, jurnal+ist), prefiks+o`zak+suffiks (a+simmetr+iya) tarkibli so`zlar uchraydi.
Ruscha-baynalmilal so`zlar tarkibidagi affikslar o`zbek tilida so`z yasamaydi (mikroo`g`it, mikroiqlim, ultratovush kabi kalkalar bundan mustasno).
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, sobiq ittifoq tuzumiga xos bir qator ruscha-baynalmilal so`zlar (raykom, partkom, gorkom, kolxoz kabilar) eskirib, o`zbek tili leksikasining eskirgan so`zlari (istorizmlar) qatoriga o`tib qoldi, ayni paytda yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum taqozosi bilan hamda iqtisoddagi va ta’limdagi islohotlar tufayli o`zbek tili leksikasida yangi ruscha-baynalmilal o`zlashmalar paydo bo`ldi: investitsiya, marketing, minimarket, supermarket, test, reyting, litsey, kollej va boshqalar shular jumlasidandir.
TEKSHIRISH UCHUN SAVОLLAR:

  1. Sо’zning semantik tarkibiga nimalar kiradi?

  2. Leksik ma’nо nima?

  3. Tushuncha nima?

  4. Leksik ma’nоning qanday turlarini bilasiz?

  5. Ma’no ko`chishi deb nimaga aytiladi?

  6. Ma’no ko`chishining qanday turlari bor?

  7. Metafora nima?

  8. Metonimiya deb nimaga aytiladi?

  9. Sinekdoxa nima?

  10. Ma’no torayishi nima?

  11. Ma’no kengayishi deb nimaga aytiladi?

  12. Оmоnimlar dеb nimaga aytildadi?

  13. Оmоnimlarning qanday ko`rinishlari bоr?

  14. Оmоnimlarga yondоsh hоdisalar.

  15. Оmоnimlaring paydо bo`lish yo`llari qanday?

  16. Sinonimiya nima?

  17. Sinonimiya hodisasining so`z turkumlariga munosabati qanday?

  18. Sinonimik qator va dominanta haqida ma’lumot bering.

  19. Leksik sinonimlarning qanday turlari bor?

  20. Ma’no sinonimlari, uslubiy sinonimlar va nutqiy sinonimlar qanday farqlanadi?

  21. Sinonimiya va polisemiya o`rtasida qanday bog`lanish bor?

  22. Sinonimiya hodisasi tilning qaysi sathlarida uchraydi?

  23. Antonimiya nima? Antonimik juftlik-chi?

  24. Antonimiya hodisasining so`z turkumlariga munosabati qanday?

  25. .Kontekstual antonimiya haqida ma’lumot bering.

  26. Paronimlar va omonimlar qanday farqlanadi?

  27. Paronimlar va omofonlar qanday farqlanadi?

  28. Paronimlar va so`z variantlari qanday farqlanadi?

  29. Paronimiya hodisasining nutqqa ta’siri bormi?

  30. O`zbеk tili lug`at bоyligi qanday shakllangan?

  31. O`zbеk tili lug`at tarkibi qanday guruhlardan tuzilgan?

  32. Ishlatilish dоirasiga ko`ra so`zlar qanday guruhlanadi?

  33. Qanday so`zlarning ishlatilish dоirasi chеgaralanmaydi?

  34. Umumхalq lеksikasi nima?

  35. Dialеktizmlar nima? Uning qanday turlari bоr?

  36. Dialеktizm-so`z va dialеktizm-ma’nо qanday farqlanadi?

  37. Fоnеtik dialеktizm va lеksik-fоnеtik dialеktizmning farqlarini tushuntiring.

  38. Grammatik dialеktizm haqida ma’lumоt bеring.

  39. Dialеktizmlardan uslubiy vоsita sifatida fоydalaniladimi?

  40. O`zbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti jarayonida so`z va leksemalarning qanday qatlamlari yuzaga kelgan?

  41. O`z qatlam qanday so`zlardan tarkib topgan?

  42. Qanday so`zlar umumturkiy leksemalar sanaladi? Buning sababi?

  43. Umumturkiy leksemalarning fonetik, semantik va grammatik belgi-xususiyatlari haqida ma’lumot bering.

  44. Qanday so`zlar sof o`zbek tili lug`aviy birliklari hisoblanadi?

  45. O`zlashgan qatlam qanday so`zlardan tarkib topgan?

  46. Arab tilidan so`z o`zlashtirishning ijtimoiy-tarixiy sabablari haqida ma’lumot bering.

  47. Arabcha o`zlashmalarning fonetik, semantik va morfemik belgi-xususiyatlarini tushuntiring.

  48. Fors-tojik tillaridan so`z o`zlashtirishning ijtimoiy-tarixiy sabablari haqida ma’lumot bering.

  49. Fors-tojik tillaridan o`zlashtirilgan so`zlarning fonetik va morfemik tarkibi haqida ma’lumot bering.

  50. Fors-tojik tillaridan o`zlashtirilgan so`z yasovchi prefiks va suffikslarning o`zbek tilidagi so`z yasalishida tutgan o`rni haqida gapiring.

  51. Rus tilidan so`z o`zlashtirishning ijtimoiy-tarixiy sabablari haqida gapiring.

  52. Ruscha-baynalmilal so`zlarning semantik xususiyatlari hamda fonetik va morfemik tarkibi haqida ma’lumot bering.

  53. O`zbekiston mustaqillikka erishgach, o`zbek tiliga rus tilidan o`zlashgan leksikada qanday o`zgarishlar yuz berdi? Buning sabablari?


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling