O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch innovatsion university nodavlat ta’lim muassasasi ona tili−O‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi fanidan
Download 1.49 Mb.
|
1-k Ona tili -o\'qish savodxonligi MAJMUA
grammatik dialektizmlar sanaladi.
Leksik(lug‘aviy), fonetik va grammatik dialektizmlardan badiiy asar tilida uslubiy vosita (uslubiy figura) sifatida foydalanish hollari ham uchraydi. Yozuvchi J.Abdullaxonovning «To‘fon» romanidan keltirilgan quyidagi matn parchasiga nazar tashlaylik: Shu vaqt ko‘cha eshik taraqlab ochildi-yu, ostonada o‘n yoshlardagi maykachan, qop-qora bola paydo bo‘ldi. U nihoyatda hansirar, ko‘p yugurib toliqqanidan nafasini rostlay olmasdi: -Akamullo, akamullo, sizni yo‘qloshopti, idoraga yo‘kloshopti. -Nima gap? -Hojar ayani bachasi sahroda borkan ekan... Bo‘ronda qolgan ekan... Qaytib kelmopti... So‘g‘in Xo‘janazar akoning duxtori bo‘ronga qolip o‘lipti. Hoshim yugurganicha chiqib ketdi. Mahmuda bilan Mohidil bir-biriga hayron qarab qolishdi. Yuqoridagi nutqiy parcha muallif tili va personajlar tilidan tarkib topgan bo‘lib, unda nutqning dialogik shakli qatnashgan. Personaj tilida o‘zbek-tojik ikki tilliligi ta’sirida bo‘lgan o‘zbek shevalari so‘zlaridan [akamullo, bacha, duxtor, so‘g‘in kabi leksik dialektizmlardan), shu shevalarga xos grammatik shakllardan [yo‘kloshopti, kelmopti) va leksik-fonetik dialektizmlardan (aka so‘zining ako shaklidan) unumli foydalanilgan, natijada obraz nutqining tipik va ta’sirchan bo‘lishiga erishilgan. Yozuvchi Erkin Samandarovning «Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq» romanidan keltirilgan quyidagi dialogda esa dialektizmlarning uslubiy vosita sifatidagi roli, personajlar nutqini tipiklashtirishdagi ahamiyati yanada yorqinroq, ko‘zga tashlanadi. Ichkaridan Anvar chiqdi. Nima bo‘layotganini angshara olmay serrayib turdi. -Voy, anavi olvolini ko‘ring, -dedi Qumrixon o‘rnidan turib. Olvoling nimasi? Olvoli de, huv ana. Chiyani aytasanmi? Qumrixon bogistoncha chiya so‘ziga tushunmadi. Olchami? Ha, olvoli yegum kelutti. -Ma, Qumri, -dedi Ganja bir hovuch olchani uzib. Yuqoridagi dialog epizodida mevaning bir turi uch xil nom bilan - olvoli, chiya va olcha leksemalari vositasida atalgan, bu hol ikki (Namangan va Bo‘ston) sheva vakillari o‘rtasidagi nutqiy muloqotning jonli, hayotiy chiqishiga xizmat qilgan. Kasb-hunar leksikasi. O‘zbek xalqi qadimdan turli kasb-hunar bilan shug‘ullanib keladi. Shuning uchun O‘zbekistonda kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy etgan. Jumladan, kulochilik, naqqoshlik, kashtachilik, duradgorlik, temirchilik, ovchilik, chorvachilik, kosibchilik va hokazolar shular sirasiga kiradi. Turli kasb-hunarga doir so‘zlar kasb-hunar leksikasi deyiladi. Hozirgi o‘zbek tili leksik tarkibida kasb-hunarga doir so‘zlarga boy. Masalan: kulolchilikda dog‘chil (xum yasashda ishlatiladigan asbob), aspak yoki ob yog‘och, bandak, bog‘ich (idish chetini tekislash uchun ishlatiladigan latta, charm yoki kigiz parchasi) kabi so‘zlar, suvoqchilik sohasida bozi (tokcha yoki), andava (asbob), loykash (kishi), mola gazcho‘p (asbob) kabi maxsus so‘zlar bor. Ular shu hunar egalari tilida qo‘llanadi va ular uchun tushunarlidir. Yozuvchilar badiiy asarlarda qahramonlarning mehnat faoliyatini ko‘rsatishda kasb-hunarga doir so‘zlardan foydalanadilar. Atamalar. Fan-texnika, xalq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligiga doir ilmiy tushunchalarni aniq ifodalaydigan so‘zlar atamalar deyiladi. Fan-texnika va ishlab chiqarish sohasida qo‘llanadigan terminlarning jami terminologiya (terminologik leksika) deb yuritiladi. Masalan: fonetika, leksika, morfologiya, morfemika, sintaksis – tilshunoslikka oid; kvadrat, ildiz, teorema – matematikaga doir; sifatlash, o‘xshatish, jonlantirish – adabiyotshunoslikka doir atamalardir. Hozirgi kunda dunyoda fanning 500 dan ortiq tarmoqlari bor, ular har tomonlama taraqqiy etmoqda. Bu tilda atamalarning boyib borishiga olib keladi. Atamalar ilmiy nutqda qo‘llanadi va ular bir ma’noli bo‘ladi. Ba’zi atamalar o‘zbek tilida so‘zlashuvchi barcha kishilar nutqda qo‘llanib ommalashib ketishi mumkin. Bunda ular ishlatilish doirasi chegaralanmagan umumxulq so‘ziga aylanadi. Masalan, o‘qituvchi, kitob, daftar, dars kabi. Jargon va argolar. O‘tmishda xalqni ekspluatatsiya qiladigan sinf vakillari, saroy ahllari, mansabdor shaxslar, savdogarlar, qalandar, maddohlar, xalqni aldab yuruvchi gadoylar, o‘g‘rilar, firibgarlar o‘z niyatlarini xalqdan yashirish uchun o‘zlariga tushunarli so‘z va iboralardan foydalanganlar. Ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan yaratilib, umumxalq tilidan farq qiladigan dabdabali so‘z va iboralar jargonlar deyiladi. Masalan, oftobi olam, (podsho), husni mutlak (xudo), nishoni oliy mon, shoe’ qiling (bildiring), malhuz emas (mulohaza qilingan emas), ne’mati jannat (yor, mahbuba), shavaqqu’ aylang (umid bilan kuting), tanzil (foyda). Jargonlar ayrim tabaqa vakillari tilida faol ishlatiladi: olampanoh, volidayi muhtarama, padari buzrukvor, manzirat qilmoq h.k. Ma’lum ijtimoiy guruh doirasidagina ishlatiladigan so‘zlarga argolar deyiladi. Masalan, o‘g‘rilar, qimorbozlar orasida qo‘llanadigan so‘zlar: loy (pul), xit (militsioner), bedana (to‘pponcha), xitola (o‘g‘irla), zamri (jim tur), atamri (gapir), atanda (qoch) kabi. Temiryo‘l kuzatuvchilari doirasida qo‘llaniladigan argolar: qaychi- “taftishchi”, kolxoz- “chiptasiz yo‘lovchi” kabi. Qadimda savdogarlarning, otarchilarning ham argolari bo‘lgan: yakan (pul), joyi (yo‘q), xasut (non), dax (yaxshi, durust) – otarchilar argosi; sar yoki sari piyoz (ming so‘m), saru nimsar (bir ming besh yuz so‘m), kapara (olti ming so‘m)- savdogarlar argosi. Lug‘at tarkibidagi so‘zlar kelib chiqishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 1) o`z qatlam; 2) o`zlashma qatlam. O`z qatlam - o`zbek tili leksikasining umumturkiy so`zlar va sof o`zbek so`zlaridan iborat qismlari. 1.U m u m t u r k i y s o` z l a r o`zbek tili leksikasining eng qadimgi lug‘aviy biriklaridir. Ularning aksariyati hozirgi qozoq, qirg`iz, turkman, ozarbayjon tillarida ham saqlangan. Qiyos qiling: bosh (o`zb.) – bas (qoz.qoraq.) – bash (qirg`.,turkm.); til (o`zb.,qoz.,qirg`.) – dil (turkm.,ozarb.,gagauz.); tog` (o`zb.) – too (qirg`.) – tav, tau (qoraq,qoz.) – dag` (turkm., ozarb.) kabi. O`zbek tili leksikasidagi umumturkiy so`zlarning o`ziga xos fonetik va semantik belgilari bor. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling