3-mashq. Metafora usuli yordamida ma’nosi ko‘chgan so‘zlarni aniqlab, o‘z va ko‘chma ma’nolarini yozing.
N a m u n a : Tish - o‘z ma’nosi: a’zo; ko‘chma ma’nosi: arraning tishi.
1. Bo‘yi va eni bir yarim metr keladigan g‘or og‘zi ochildi.(S.Ahm.)
2. Ko‘rpa sirg‘alib yerga tushgan, derazadan kirayotgan yelvizak yelkasini yalab o‘tmoqda edi. 3. -Nima, umrimning kosasi to‘lganmi, shoshyapman?-- degan fikr yuragini parmaladi. 4. -Ayam mehnatkash, jafokash xotin, - e’tiroz tariqida gapirdi Yo‘lchi, - unday yengil, guvillagan ayol emas-. (O.) 5. Nihoyat orqasini yostiqdan uzib, jiddiy ravishda gapirib ketdi. (O.) 6. Zebi(Zebinisa)ning qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko‘ngli bahorning iliq hovuri bilan ochila tushgan. (Ch.) 7. Shu uchun u Zebining so‘ng so‘zlaridagi og‘ir ma’yuslikni payqay olmadi. 8. Aravakash yumshoq-qina kulimsiradi. (Ch.) 9. Fanning bir qanoti hamisha tavakkalga suyana-di. (O‘.Usm.) 10. Kelini Xosiyatxon ancha og‘ir juvon. (S.Ahm.) 11. Shu xayol va tashvishlar changalida battar qotib ketgan Tarasha qandaydir ilinj-da Shokir qizilning choyxonasidan uzilmasdi. (Z.A’lam)
4-mashq. Metonimiya usuli bilan ma’nosi ko‘chgan so‘zlarni aniqlab, o‘z va ko‘chma ma’nolarini yozing.
1. Olti so‘mini yubor, uchi yoningda qolsin.(O.) 2. Necha yuz yillardan buyon Qoplonbop shunday gavjum yashaydi.(S.Ahm.) 3. Mahalla u mutta-hamdan ikki-uch martaba shikoyat qilgan.(O.) 4. Shovqin shunchalik ko‘tarilgan ediki, Muzaffar zalni tinchitguncha o‘lib bo‘ldi.(J.Abd.) 5. Qo‘lidagi bo‘r polga tushib singandan keyin, butun sinf qah-qah urib kulib yuborgach, u o‘ziga keldi.(J.Abd.) 6. ... lekin Ochil buva hamon hayot, bu yil qovun pishig‘ida to‘qson to‘rtga kiradi. (As.M.)
7. -Qalandar- muvaffaqiyat qozondi, hatto alohida yozuvchilar, tanqidchilar orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.(A.Q.) 8. Adabiyot etagim ikki uchini belimga aylantirib bog‘laydi. (T.Murod) 9. Keyin telefon trubkasini olib bog‘ni ulashni buyurdi. (S.Ahm.) 10. Kirgan bo‘lsa o‘n to‘qqiz-yigirmalarga kirgan.(S.Ahm.)
Do'stlaringiz bilan baham: |