Tarqatma material
Nuqtalar o‘rniga quyida berilgan sinonimlardan mosini qo‘yib ko‘chiring.
Sinonim so‘zlar: mahorat, ustalik; vaqt, choq, payt, zamon; sevindi, quvondi, xursand bo‘ldi.
1.Shu... qo‘ng‘iroq chalinib, hamma o‘quvchilar sinflarga kirib ketdilar. 2.YOsh xavaskorlar har bir qo‘shiq va raqsni zo‘r... bilan ijro etdilar. 3.Otam kundalik daftaridagi baholarni ko‘rib...
Tarqatma material
Quyidagi so‘zlar ishtirokida gap tuzing, bu so‘zlar boshqa gapdagi shunday so‘zlarga omonim bo‘lib kelsin.
Yer, jon, soz, tush, soch, q, yosh, kul, oy, ot, son, sog‘, shim, toy, yara, bez, oq, oshiq, osh.
Tarqatma material
Quyidagi so‘zlarni o‘qib, bir – birlariga sinonim bo‘lganlarini alohida guruhlab ko‘chiring, ular ishtirokida gap tuzing.
Do‘st, yuz, ko‘k, kuy, katta, qoshida, kechikmoq, chopmoq, urishmoq, osmon, o‘rtoq, aft, bashara, ovqat, mo‘l, buyuk, yonida, hayallamoq, yugurmoq, ulug‘, og‘a – ini, ulkan, do‘ppaslamoq, chehra, dam, sovuq, issiq, ayamoq, ayoz, iliq, tin, to‘xtamoq, do‘st, charchamoq, mayda, tasalli, ildam, teng, taxmin, jadal,. Taskin, tez, baravar,. Shitob, chama, faraz, barobar, tusmon, shaxt, sodiq, sotqin, vafodor, xoin, sirpanchiq, sekinlashmoq, toyg‘oq, susaymoq, tirg‘anchiq.
Tarqatma material
Quyidagi sinonimik qatorlardagi har bir so‘z ishtirokida gap tuzing va ma’no farqlarini tushintiring.
1.Yaxshi, durust, tuzuk, 2.Do‘st, o‘rtoq, oshna, birodar, yo‘ldosh, hamrh, og‘a-ini, 3.Yuz, bet, chehra, aft, bashar, nusxa, 4.Tez, ildim, chaqqon. 5.Katta, ulkan, ulug‘, buyuk. 6.Ekmoq, sepmoq, sochmoq. 7.Yomon, xunuk, battal, 8.Usta, chevar, chechan, 9.Ortiq, oshiq, ziyod, 10.Qumoq, solmoq, 11.Qaltiramoq, dirillamoq, muzlamoq, javramoq, to‘ngmoq, 12.Shirin, mazali, totli, 13.Go‘zal, chiroyli, nafis, suluv, zebo, ko‘hlik, 14.Mo‘min, yuvosh, qobil, 15.Qari, keksa, 16.Qiyshiq, qing‘ir, 17.Qahramon, botir, mard, 18.Yumshoq, muloyim, 19.Qiyin, murakkab, 20.Sabr, toqat, chidam.
Do'stlaringiz bilan baham: |