O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch innovatsion university nodavlat ta’lim muassasasi ona tili−O‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi fanidan
-mashq. O‘qing. Gaplar tarkibidagi iboralarni toping
Download 1.49 Mb.
|
1-k Ona tili -o\'qish savodxonligi MAJMUA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaplardagi iboralarni topib, ma’nolarini izohlab yozing..
- Ko‘chiring . Gaplar tarkibidagi tasviriy ifodalarni topib, ma’nolarini izohlang.
- Quyidagi tasviriy ifodalarning ma’nolarini izohlang. N a m u n a : oltin boshoq - bug‘doy
27-mashq. O‘qing. Gaplar tarkibidagi iboralarni toping.
1. Ular gangir-gungur gaplashib borarkan, yigit o‘zini butunlay tutib olishga harakat qilardi. (J.Abd.) 2. To‘g‘onbek garchi vaziyatini ozgina bo‘lsin o‘zgartirmagan bo‘lsa ham, tili kesilib, vahm bir sukutga ketdi. (O.) 3. Siz aytganday arqon uzun tashlansa, ular qo‘rg‘onlarini shunday mustahkamlab oladilarki, keyin o‘nta atom bomba tashlab ham tinchita olmaysiz. (T.Malik) 4. Ota kasbida gap ko‘p ekan, birim ikki bo‘lib boryapti.(G‘.G‘.) 5. Nima, sening ko‘zing qiymayaptimi? (P.Q.) 6. Ertaga elning og‘ziga tushadi, unda nima degan odam bo‘lamiz, xalq nima deydi? (S.Ahm.) 7. – Tog‘alariga tortgan bo‘lsa nima, - dedi tog‘alari arpangizni xom o‘rganmidi? (P.Q.) 8. Sho‘rim qaynadi, Olimxon aka, nimasini so‘raysiz, qizim yo‘qoldi. (O.) 9. Kim biladi, balki Mirhaydar otamni ham oyog‘idan chalar bir kun... (O.) 10. Nima qilish kerak? Boshim qotdi. (O.) 11. – Qani, tuyog‘ingizni shiqillatib qoling – sheriklik osh qornimni og‘ritadi. (Sh.) 12. - ... keyin men boshimni ko‘chada qanaqa qilib ko‘tarib yuraman. 13. Kuyovingdan beruxsat, uning og‘zini moylamasdan, qani birov bir paysa meva sotsin-chi!(O.) 14. Qani og‘zimga gap kelsa, tilim o‘lgurga kaltak keldi-qo‘ydi.(S.Ahm.)15. Qani endi, boshqa otalardek bo‘lsa, boshimga ko‘tarmasmidim.(S.Ahm.) 16. A’zamning hafsalasi pir bo‘lib, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi. (Sh.) 28-mashq. Gaplardagi iboralarni topib, ma’nolarini izohlab yozing.. N a m u n a : ko‘z yumib – e’tibor bermasdan. 1. Biroq u quruvchilikni sevadi, shunday bo‘lgandan keyin haligiday nuqsonlardan ko‘z yumib keta olarmidi?(J.Abd.) 2. Ko‘zimning ostiga olib yurgan bir popukday qiz bor. (A.Q.) 3. Birovning mulkiga nega ko‘z olaytirishadi? Nima haqlari bor? (O‘.U.) 4. Soddaroq va beg‘amroq, shu bilan birga haybatli ko‘ringani uchunmi, Jamolboyga ko‘proq gap otadi, hazillashadi.(O.) 5. U uyiga qaytar ekan, dili sira yorishmaydi. (S.Ahm.) 6. Juftakni to‘g‘rilab, uyimga qaytdim.(G‘.G‘.) 7. Nega Nuri erkaklar ishi-ga burnini tiqadi.(O.) 8. Hay-hay, bola, og‘zingga qarab gapir, to‘riq qashqa o‘ldi, dedingmi?(G‘.G‘.) 9. Ota qizini to‘kis-tugal mol bilan uzat-gan. Uning ustiga dardchil cholning besh kunligi bormi, yo‘qmi?(S.Ahm.) 10. –Durust, miyang to‘libdi, - dedi kulib Tantiboyvachcha, - yaqin o‘rtada uncha-muncha ularmoni bir cho‘qishda qochirasan.(O.) 11. Odamlaringiz juda chapdast ekan. Yulduzni benarvon yigitlar o‘shalar.(O.) 12. Shu alpozda oyog‘im yerga, boshim osmonga tegmay o‘tirdim.(S.Ahm.) 13. Shu kunda hammaning boshi shishgan.(O.) 14. ...unga yashirincha tikilib turgan bir qizga ko‘zi tushdi.(O.)15. Qani endi u hozir yonida bo‘lsa, yurt tinchi-gan, dehqonning og‘zi oshga yetib, ro‘zg‘origa baraka kirgan vaqtlarni ko‘rsa.(S.Ahm.) 16. Bugun o‘ng yonboshingiz bilan turgan ekansiz.(S.Ahm.) 29-mashq. Ko‘chiring. Gaplar tarkibidagi tasviriy ifodalarni topib, ma’nolarini izohlang. 1. Ular oldida Me’mor ko‘ziga yosh olmadi, faqat falakning gardishi – o‘z qismatining achchiq ekanini aytdi, xolos.(Mirm.) 2. Bunda uning ko‘z qorachig‘i – farzandi yer tishlab yotibdi.(Mirm.) 3. Atom asrida qanaqa qilib sekin o‘ynab bo‘ladi.(Sh.) 4. “Jahon tomi”ning eng suronli daryola-ri Guntu Bartang tosh yumalatib, ko‘pik sochib, ... Panj nomini oladi-da, ...pastga qarab otiladi. (As.M.) 5. “Makkajo‘xori – dala malikasi”dan o‘ttiztacha, “Mehnat gigienasi”dan qirqta ajratib, “Avtoklub”ga ortinglar, xo‘pmi? (N.A.) 6. Har bir millatning baxtli turmush tarzi o‘sha millatning xalqparvar davlat ustunlariga bog‘liq bo‘ladi. (televideniedan) 7. Tolibjon qishloqdan chiqib ketganida payg‘ambar yoshidan oshgan edi. (S.Ahm.) 8. Norxoloy sahro sanami ekanligidan faxrlanadi ham.(F.Usmon.) 9. Shohista, ayt-chi, bog‘cha opangni yaxshi ko‘rasanmi? (So‘zlashuvdan) 10. Shuning uchun ham ularga tayga xo‘jayini deb nom berilgan.(R.Rasulov, I.Umirov) 11. Biz salomatlik garovi bo‘lgan yashil boyliklarni asrashimiz kerak.(R.Rasulov, I.Umirov) 12. Qabristonning pastak devoriga qadalgan ensiz yo‘lakchadan borayotgan Anvar beixtiyor indamaslar dunyosiga ko‘z tashladi.(T.Malik) 30-mashq. Quyidagi tasviriy ifodalarning ma’nolarini izohlang. N a m u n a : oltin boshoq - bug‘doy Og‘zaki. Kelajak avlod, mavjudot sultoni, mo‘yqalam sohibi, osoyishtalik posbonlari, oq chashma sohibalari, salomatlik posbonlari, samo bekalari, til muhandislari, futbol qiroli, yaylov bahodirlari, g‘azal mulkining sultoni, qalam ahli, vatan posbonlari, kafansiz ko‘milganlar, bahor elchilari, baxt qushi, dengiz hokimi, tog‘ lochini, xarobalar sultoni, baraka urug‘i, Yozma. oltin boshoq, yer osti bo‘roni, ko‘kning fonusi, kumush choyshab, osmonning ko‘z yoshlari, uyg‘onish fasli, vatanimiz yuragi, kun chiqar mamlakat, mangu muzliklar diyori, non shahri, ozodlik oroli, sharqning rimi, yashil vodiy, qo‘riq voha, qo‘shiqlar mamlakati, po‘lat ot, bilim bulog‘i, yer osti qasri, ilm o‘chog‘i, kumush tola, ma’rifat maskani, mehr bulog‘i, oq chashma, tangri so‘zi, hayotimiz qomusi, aqlli mashina, qalam haqi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling