O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch innovatsion university nodavlat ta’lim muassasasi ona tili−O‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi fanidan


Download 1.49 Mb.
bet94/101
Sana18.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1596700
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   101
Bog'liq
1-k Ona tili -o\'qish savodxonligi MAJMUA

N a m u n a : Tish - o‘z ma’nosi: a’zo; ko‘chma ma’nosi: arraning tishi.
1. Bo‘yi va eni bir yarim metr keladigan g‘or og‘zi ochildi.(S.Ahm.)
2. Ko‘rpa sirg‘alib yerga tushgan, derazadan kirayotgan yelvizak yelkasini yalab o‘tmoqda edi. 3. “Nima, umrimning kosasi to‘lganmi, shoshyapman?”- degan fikr yuragini parmaladi. 4. “Ayam mehnatkash, jafokash xotin, - e’tiroz tariqida gapirdi Yo‘lchi, - unday yengil, guvillagan ayol emas”. (O.) 5. Nihoyat orqasini yostiqdan uzib, jiddiy ravishda gapirib ketdi. (O.) 6. Zebi(Zebinisa)ning qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko‘ngli bahorning iliq hovuri bilan ochila tushgan. (Ch.) 7. Shu uchun u Zebining so‘ng so‘zlaridagi og‘ir ma’yuslikni payqay olmadi. 8. Aravakash yumshoq-qina kulimsiradi. (Ch.) 9. Fanning bir qanoti hamisha tavakkalga suyana-di. (O‘.Usm.) 10. Kelini Xosiyatxon ancha og‘ir juvon. (S.Ahm.) 11. Shu xayol va tashvishlar changalida battar qotib ketgan Tarasha qandaydir ilinj-da Shokir qizilning choyxonasidan uzilmasdi. (Z.A’lam)

5-mashq. Metonimiya usuli bilan ma’nosi ko‘chgan so‘zlarni aniqlab, o‘z va ko‘chma ma’nolarini yozing.


1. Olti so‘mini yubor, uchi yoningda qolsin.(O.) 2. Necha yuz yillardan buyon Qoplonbop shunday gavjum yashaydi.(S.Ahm.) 3. Mahalla u mutta-hamdan ikki-uch martaba shikoyat qilgan.(O.) 4. Shovqin shunchalik ko‘tarilgan ediki, Muzaffar zalni tinchitguncha o‘lib bo‘ldi.(J.Abd.) 5. Qo‘lidagi bo‘r polga tushib singandan keyin, butun sinf qah-qah urib kulib yuborgach, u o‘ziga keldi.(J.Abd.) 6. ... lekin Ochil buva hamon hayot, bu yil qovun pishig‘ida to‘qson to‘rtga kiradi. (As.M.)
7. “Qalandar” muvaffaqiyat qozondi, hatto alohida yozuvchilar, tanqidchilar orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.(A.Q.) 8. Adabiyot etagim ikki uchini belimga aylantirib bog‘laydi. (T.Murod) 9. Keyin telefon trubkasini olib bog‘ni ulashni buyurdi. (S.Ahm.) 10. Kirgan bo‘lsa o‘n to‘qqiz-yigirmalarga kirgan.(S.Ahm.)

6-mashq. Sinekdoxa usuli yordamida ma’nosi ko‘chgan so‘zlarni topib, o‘z va ko‘chma ma’nolarini yozing.


1. Xonimchaga hozir eshitguvchi quloq kerak edi, shu bois Manzuraning savoliga javob bermagani andak g‘ashini keltirgan bo‘lsa-da, gapni davom ettirdi.(T.Malik) 2. Paxmoqsoqol bir nimaning ilinjida o‘tirganini sezsa ham, Asadbek to‘xtamay o‘tib ketmoqchi bo‘ldi.(T.Malik)
3. - Nimaga o‘xshaydi? – qiqirlab, og‘zini bekitib kuldi qiyiq ko‘z. (Mirm.) 4. Mo‘ylovning brigadasi Mingbuloqning o‘ng tomonida, O‘rozqulning uzumzoriga yondosh edi. (O.Yo.) 5. Hoji xola, tirnoq xuddi o‘ziga kerakdek, To‘raxon ko‘radigan bola unga baxt keltiradigandek, o‘zida yo‘q suyunib To‘raxonni ... quchoqladi. (M.I.) 6. Endi unga ufqlar ko‘rinadi, yaylovlar kengayadi, chorva keng yoyilib, tuyoq ko‘paygandan ko‘paya boradi. (As.M.) 7. Ikki juft ko‘z bir-biriga tikilib qoldi. (Sh.) 8. Sichqon tish o‘rnashib o‘tirayotgandek qimirlab, jiddiy tus oldi. (Sh.) 9. Bobir “til”ni so‘roq qildirib, shayboniyzodalar orasida ularning eng iste’dodli sarkardasi bo‘lgan Ubaydulla Sulton yo‘qligini, boshqalari durustroq olishishning epini topolmay, chekinishga ham jur’at etolmay, ikkilanib turganini aniqladi.(P.Q.)

7-mashq. O‘qing. Kinoya usuli bilan ma’nosi ko‘chgan so‘zlarni topib izohlang.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling