N a m u n a : Durust – durus(t).
1. Dashtning kindigi mana shu yer.(O.) 2. Qanday qilaylik, Ortiq aka, hamma yoq o‘rmon, pastu balandlik.(P.Q.) 3. Harchand ovoz chiqaraman deyman, qani ovoz chiqsa.(S.Ahm.) 4. Daraxtlarda to‘kilmay qolgan barglarni shirt-shirt yulib, har yoqqa uchiraverdi..(O.) 5.Ammo urush boshlanib, zabardast yigitlar frontga ketdi-yu, kimning qanaqaligi bilinib qoldi.(S.Ahm.) 6. –Nimasini aytasan, qizim, dunyoning bari tashvishi mening boshimda.(M.Ism.) 7. Kerak bo‘lsa, odam qo‘yib seni qo‘riqlaymiz.(T.Malik) 8. Xudo o‘zimga farzand bermadimi, shukur qilmay ilojim qancha... (S.Ahm.)
9-mashq. Quyidagi gaplarda tovush orttirilgan yoki orttirilishi mumkin bo‘lgan so‘zlarni topib, izohlang.
N a m u n a : fikr – fikir.
1. – Eski gapni qo‘y. - dedi chol. – Do‘xtir isparapkasi yo‘q gapni gapirma. (S.Ahm.) 2. Shu jihatdan Botirov uzrli. (J.Abd.) 3. Shu boisdan kech qolib, biron kishining ogoh bo‘lishini istamasdi.(O.Husanov) 4. Boshqa-lar o‘ylab ham o‘tirmay , unga ergashishdi.(T.Malik) 5. – Ha, o‘sha... bankaning oftob chiqishida katta, eski tosh imorat bor. (N.A.) 6. Xo‘sh, muddaoyingiz nima, to‘g‘risini aytib qo‘ya qoling.(J.Abd.) 7. Bu ham yetmaganday, yosh podshohimiz har haftada shoirlarni to‘plab mushoira o‘tkazmoqdalar.(P.Q.)
10-mashq. Ko‘chiring. Dissimilyatsiya va metatezaga uchragan yoki uchraydigan tovushlar bor so‘zlarni topib, izohlang.
1. –Zarili tushgani yo‘q, o‘zim ketaveraman.(J.Abd.) 2. Ha, - deydi Xolmirza aka, - mana shu xirmontepaning turpog‘i nuqul go‘ng-da, dehqonlar buni rang deb ataydilar. (A.Qod.) 3. Agar biror kishi biron bir dardga mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, u duo qilgach, bu balo daf bo‘lar edi. 4. Chunonchi, «peshana” deb aytolmaydi-da, “shepana” deydi. (G‘.G‘.)
5. Oriyat buvi tutuni falakka chiqib, o‘g‘lining “bevoshligi”dan xafa bo‘ldi.(J.Abd.) 6. Uning ko‘z nurlari biz olti bolaning ko‘zlariga telmuraverib taqsimlangan.(G‘.G‘.) 7. Opam aytdilar, u jonduvan ekan. (J.Abd.) 8. – Unda ekchi go‘shti ishlatamiz, - dedi Bashirjon kaftlarini yoyib, quv ko‘zlarini o‘ynatarkan...(N.A.)
11-mashq. Gaplar tarkibidagi talaffuz paytida o‘zgarishga uchragan va uchraydigan tovushi bor so‘zlarni topib, izohlang.
1. Paytdan foydalangan Kozim shu zahotiyoq juftakni rostlab qoldi. (A.Q.) 2. Iloj qancha? Naryoqda uchastkaning tashvishi tinkani qurityapti. O‘zimiz uydan ayrilib, sig‘indi bo‘lib o‘tiribmiz. (P.Q.) 3. - Voy, savil-ey, zaril keptimi menga! Qo‘ying-e, gapingizning tuzi yo‘q.(J.Abd.)
4. O‘zim tallab qo‘yganimni oladi.(J.Abd.) 5. E, ha, Qudratvoy chuchvarani xom sanayaptilar.(J.Abd.) 6. To‘rtta qo‘shni xotin orasiga kirsa, boy tog‘am bor, eshigini yel ochib, yel yopadi, deb maxtansa kerak.(O.) 7. Bog‘ning to‘rt tomonini o‘ragan baland, yangi paxsa devor bo‘ylab shaftoliliar o‘sadi.(O.)
12-mashq. Gaplar tarkibidagi so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib yozing.
1. Shahar tomonlarda kuz borliqqa hukm o‘tkazayotganidan taltaymoqda esa-da, qishning barvaqt hamlasiga dosh berolmasligini bilib, bu yerlarni tezroq tashlab qochmoq harakatiga tushgan edi.(T.Malik) 2. Bir yilda bir yuz oltmish to‘qqiz gektar yerni bog‘ qilish juda katta mehnatni talab qiladi, dedi. Uning bog‘ shaydosi ekanini bilgan mehmonlar jilmayishib og‘ziga tikildilar.(H.G‘ulom)
13-mashq. Faqat ochiq va faqat yopiq bo‘g‘inlardan iborat bo‘lgan so‘zlarni guruhlarga ajratib yozing.
Oila, bokira, baraka, gegemoniya, idiomatika, komediya, otabezori, karaxt, dolzarb, arafa, fantastik, aka, gulsapsar, va’da, hamsuhbat, shoira, hayfsan, aqida, infarkt, muomala, karnaygul, drezina, metallurg, mifologiya, podshipnik, behayo, pudrat, evara, tadbirkor, fiziologiya, fidokorona, kursant, omonimiya, mash’um, jazirama, gigiena, epaqa, pochtamt, ajina, familiya, seysmik, debocha, psixika, simmetrik, beibo, tayyorlov, diviziya, xalqparvar, nazira, yaktakchang, chizg‘ich.
14-mashq. So‘zlarni quyidagi tarzda guruhlarga ajratib ko‘chiring.
a) yopiq bo‘g‘in-ochiq bo‘g‘in:
b) ochiq bo‘g‘in-yopiq bo‘g‘in:
v) yopiq bo‘g‘in-ochiq bo‘g‘in-yopiq bo‘g‘in:
g) ochiq bo‘g‘in-yopiq bo‘g‘in-ochiq bo‘g‘in:
d) yopiq bo‘g‘in-yopiq bo‘g‘in-ochiq bo‘g‘in-ochiq bo‘g‘in:
e) ochiq bo‘g‘in-ochiq bo‘g‘in-yopiq bo‘g‘in-yopiq bo‘g‘in:
Astra, fotoalbom, kotib, aeroplan, harir, hamnafas, kushanda, machta, povidlo, elak, seruyqu, anneksiya, kulchatoy, ekspertiza, prizma, hushyorxona, misol, qadamjo, korrektura, intizom, husnbuzar, badiiylik, qimiz, ishtiyoqmand, izza.
15-mashq. So‘zlarni quyidagi ko‘rinishda guruhlarga ajratib ko‘chiring:
a) bir undosh qatnashgan bir bo‘g‘inli so‘z:
b) ikkita undosh qatnashgan bir bo‘g‘inli so‘z:
a) uchta undosh qatnashgan bir bo‘g‘inli so‘z:
a) to‘rtta undosh qatnashgan bir bo‘g‘inli so‘z:
Makr, adras, ajratma, ot, bid’at, hibsxona, kvadrat, millat, naqqosh, pistirma, qimmat, sabza, tramplin, payt, bu, sport, xanjar, oq, gard, trakt, ek, kurd, verstak, o‘q, spirt, ilk, xarakter, zanjir, start, ost, test, marten, kurant, bomdod, tol, kross, muz, qir, chertmak, kvas, orombaxsh, shtrix, uy, faryod, avj, press.
16-mashq. Quyidagi so‘zlarning urg‘usini qo‘yib, ko‘chiring.
Ajdargul, arxeolog, balandparvoz, birvarakayiga, doktorantura, dukurlamoq, elektrlashtirmoq, emblema, estafeta, farahmand, farmokologiya, fotomuxbir, girdikapalak, gazogenerator, hammabop, ikkilamchi, immanent, ishtiyoqmand, jamoatchilik, jandarm, korporatsiya, ko‘kalamzor, logarifm, maksimum, marhabo, monografiya, mustamlaka, qisqichbaqa, romantizm, safarbarlik, simpozium, simfoniya, xususiylashtirish, hamma, matematika, bari.
17-mashq. Urg‘usi oxirgi bo‘g‘inga tushmaydigan so‘zlarni ajratib yozing.
Sintaksis, pazanda, opponent, demokrat, giperbola, hamda, depo, polis, departament, hammabop, inkassator, kelgandir, intervent, kafedra, kasseta, kurer, laboratoriya, afsuski, liberalizm, manufaktura, monopoliya, metafora, qorday, poliz, boramizmi, ta’rif, ressora, selektsiya, sen-chi, simmetriya, subsidiya, albatta, tarif, stabilizator, bari, teploxod, vodoprovod, spidometr, mardlarcha.
18-mashq. Urg‘usi o‘zgarishi bilan ma’nosi ham o‘zgaradigan so‘zlarni topib, izohlab yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |