Namuna: o – orqa qator unli, quyi keng unli, lablangan unli.
Og‘zaki. 1. Zohid Mahmudov Ehsonovni so‘roqqa chaqirishga chaqirdi-yu, keyin to‘g‘ri qildimmi, deb boshi qotdi.(T.Malik)
Yozma. 1. Avtobus aeroport yonidan o‘tayotganida Zelixon tushib qoldi.(T.Malik)
3-mashq. Quyidagi gapdagi undosh tovushlarni uch tomondan (hosil bo‘lish o‘rniga, hosil bo‘lish usuliga, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra) turlarga ajratib yozing.
N a m u n a : b – lab tovushi, lab-lab tovushi; portlovchi, sof portlovchi; shovqinli, jarangli undosh tovush.
Og‘zaki. 1. O‘zlaricha Stalin, Ruzvelt, Cherchill uchrashuvlariga qiyos qilib, da’vogarlarni “Yalta konferentsiyasiga” taklif qilishar edi. Ana shundan beri bu O‘rmonbog‘ o‘zining asl nomini yo‘qotib, “Yalta” deb yurgiziladigan bo‘lgan edi.(T.Malik.)
Yozma. 1. –Tuproq to‘g‘onlar hamma mamlakatlarda keng tarqalgan, - dedi injener Qorajon Mingboev. (Mirm.)
4-mashq. Quyidagi gaplar tarkibidan unli tovushlar almashgan so‘zlarni topib, izohlab yozing.
N a m u n a : a – o: sanadi – son+a+di.
1. O‘quvchilik, qiynalishing mumkin, qo‘limdan kelgan yordamni ayamayman.(G‘.G‘.) 2. Vaqt erta bo‘lishiga qaramay, qatnovchilar siyrak...(O.) 3. Qosimtoy filbonlarni hind tarjimon orqali so‘roq qila boshladi.(P.Q.) 4. U maqtov, ta’rifni yaxshi ko‘rardi, ba’zi kishilar uning bu fe’l-atvoridan foydalanishar-di. (O.) 5. Bu to‘xtovsiz ta’riflaru sanoqsiz savol-so‘roqlardan izzat-nafsim og‘rigani, bir oz g‘ashim kelgani ham rost, yashirib qayoqqa boraman! (E.A’zamov) 6. Qanaqangi qaynoq bola eding, o‘zgarib qolding! (J.Abd.) 7. Yigirma besh yoshni nima deb atasam ekan? (G‘.G‘.) 8. Sovuqdan qizargan barmoqlarini og‘ziga tiqib, puflab Unsinga dedi.(O.)
5-mashq. Quyidagi gaplar tarkibidan unli tovushlar tushib qolgan so‘zlarni topib, izohlab yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |