Namuna: ikki – ikkovi.
1. Eshikdan kirishim bilan “dada”lab bag‘rimga tashlanishi qanday zavqli! (Sh.) 2. Bo‘g‘ziga pichoq tortilganday xirillayotgan Elchin dastlab qay holga tushganini anglamay ham qoldi.(T.Malik) 3. Mo‘ylovini aytmaysizmi, og‘zi qaerdaligini bilib bo‘lmaydi.(X.To‘xtaboev) 4. Hoji-murod qalt-qalt titrar, qo‘ynidagi bedanalar pitirlardi.(S.Ahm.) 5. U qattiq kerishib o‘rnidan turganida, ko‘zi qorong‘ilashdi...(A.Q.) 6. Tush payti birpas dam olay desam, shu ham, mana, burnimdan buloq bo‘lib chiqyapti-ku! (P.Q.) 7. Ularning qaysi hovlidan panoh topganini hech kim ko‘rolmaydi. (O.Husanov) 8. O‘rinbosarimizning buyrug‘ini mening buyrug‘im deb biling. (J.Abd.) 9. Qaerda qanday qurilish borki, undan biror illat topmasa, ko‘ngli o‘rniga tushmaydi. (J.Abd.) 10. Atom asrida qanaqa qilib sekin o‘ynab bo‘ladi. (Sh.) 10. Yana bir oz o‘tmay, asta sarg‘aydi-yu, hamma yoqqa jivir-jivir guldor hoshiyalar sochib tashladi.(J.Abd.)
6-mashq. Quyidagi gaplar tarkibidan talaffuzda ham, yozuvda ham undosh tovush almashgan so‘zlarni topib, izohlab yozing.
Namuna: eshik + i = eshigi
1. – Qanday ajoyib qishlog‘imiz bor! – dedi. (O.Yoqubov) 2. Mezbon chiqqach, Manzura yumshoqqina kursiga omonatgina o‘tirdi.(T.Malik)
3. Ekkan sabzi-piyozimizni necha bor shudgor qilib ketgan tumshug‘ing qurg‘urlar. (S.Anorboev) 4. Qani endi men ham o‘richchani sharillatib o‘qiydigan bo‘lsam. (S.Ahm.) 5. Qoravoyning o‘zi arava minmay, nega siz mindingiz?(S.Ahm.) 6. “Iloyo, umring go‘rda chirisin, yetimcha – yetti kulcha... Sen tambalga bergan tomog‘im harom bo‘lsin, darbadar!” (J.Abd.) 7....bultur beshta student kelgan edi, bittasi ham turolmadi....(Mirm.)
8. - Kim biladi, shu quruqligu issiqlik ham sabab bo‘ldimi, mollarga yomon bir kasal yuqyapti. (P.Q.)
7-mashq. Talaffuzdagina undosh tovushlar almashadigan so‘zlarni topib, izohlab yozing.
N a m u n a : kirib – kirip.
1. Qudrat minnatdorchilik bildirib uch-to‘rt qadam bosgandi hamki, orqadan haligi qizning ovozi eshitildi.(J.Abd.) 2. Rizqingni ollo taolo qaerga sochgan, biz bilamizmi?(O.) 3. Maqsadi – yoshlarni yo‘ldan urish bo‘lgan emish.(Sh.) 4. Tabib qanday harakat qilsa polvonga yoqmas edi.(A.Q.) 5. –U dutor, tanburni qanday chertardi!? – kaftlarini bir-biriga urib, shavqlanib o‘rtog‘ini maqtadi.(O.)
8-mashq. Quyidagi gaplarda undosh tovushlar tushgan va tushadigan so‘zlarni topib, izohlab yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |