O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet144/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini o‘rgatadi. O‘tmishning pedagogik sistemalarida bo‘lgan ilg‘or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi.
Demak, pedagogika tarixi ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika hodisalariga davr talabi asosida yondoshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-xil bo‘lganligini ochib beradi, ilg‘or qarashlarning taraqqiyot yo‘lini ko‘rsatib beradi.
Pedagogika tarixi fani bir qancha fanlar, ya’ni, pedagogika, psixologiya, madaniyat tarixi, O‘zbekiston tarixi, jahon xalqlari tarixi, falsafa, etnografiya, arxeologiya, axloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy aloqadadir.
O‘zbek xalqi tarixan ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos dorilfunun yaratgan. Hatto hozirgi o‘zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda ham nekbin pedagogik mafkura hukm surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan ayrim sahifalarida o‘z ifodasini topgan.
Biroq islomgacha davr tarbiyashunosligi, fan va madaniyati tarixini yoritish imkoni chegaralangan. Chunki dastlab Iskandar boshchiligidagi Yunon-Makedon qo‘shinlari, so‘ngra ibn Muslim Qutayba rahbarligida arab istilochilari olib borgan janglar, talonchiliklar, vayronagarchiliklar tufayli o‘sha davrga tegishli deyarli barcha asarlar, manbalar yoqib yuborilgan. Lekin islom va islomdan keyingi mavjud pedagogik qarashlarni, milliy ta’lim-tarbiyaga oid an’analarni, qadriyatlarni, xalq pedagogikasini ilmiy o‘rganish, puxta tahlil qilish va hayotga tatbiq etish bugungi kunning muhim va dolzarb muammosidir.
Istiqlolga erishgunimizga qadar biz tarbiya ishlarimizga Yevropa pedagogikasini asos qilib oldik va o‘rgandik. Endigi vazifa Sharq pedagogikasini o‘rganishga e’tiborni qaratmoq lozim. Chunki ilm-u fan avval Sharqda taraqqiy etgan, hurfikrlilik bizdan boshlangan. «Sharq Yevropaning muallimidir» deganda haq edi Olmon olimi Xerler. Haqiqatan ham shunday, o‘zbek xalqining madaniy merosi ulkan bir dengiz.
Yuqoridagi fikrlarning o‘zi madaniyat va ma’rifat Sharqdan Yevropaga tarqalgan deyishga asos bo‘la oladi. Chunki savodxonlik maktablarining, qadimiy yozuvlarning vujudga kelishi eng qadimgi manbalarda «Avesto», Sug‘d, Baqtriya, O‘rxun-Yenisey, Xorazm va boshqa yozuvlar Turon zaminida vujudga kelganligi, shu muqaddas zaminda yashayotgan xalqlarning eng qadimgi ajdodlari savodxon kishilar ekanligidan dalolat beradi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling