O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet152/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

She’rlarda ilm olishning qadri, bilimli va donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo‘stlik, xushxulqlik, mardlik, jasurlikni targ‘ib etuvchi, o‘z manfaatini ko‘zlagan molparast, baxil, ochko‘z, do‘sti va xalqiga xiyonat kabi xislatlarni qoralaydigan she’rlar ko‘p uchraydi. Bunday she’rlar turkiy xalqlarning qadim-qadimdan boshlab inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganligidan darak beradi.
Pand-nasihat janridagi asarlarning mazmunida asosiy o‘rinni ilm olishga undash, uning foydalari, ilm ahlini hurmat etish to‘g‘risidagi fikrlar egallaydi. Yoshlarga ilmli kishilarga yaqinlashish, ulardan o‘gitlar olish maslahat beriladi:
O‘g‘lim , senga qoldirdim o‘git,
Unga amal qil.
Olimlarga yaqinlash, bahra olgil,
Tutib dil* (3-t. 445-bet).
Demak, o‘g‘ilga nasihat qilgan ota bilimli kishilardan yaxshilik kelishiga ishonadi, ammo ularning fikrini eshitibgina qolmay, amalda unga rioya etish lozimligini ham uqtiradi.
O‘gitlarda ilm-ma’rifat hamda muayyan hunar borasidagi ko‘nikmalarning ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qilishiga erishish kerak deyiladi.
Pand-nasihatlar she’rlar mazmunida obrazli, badiiy tarzda ifodalanadi, shu bois ular insonga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi:
O‘g‘lim, o‘git ol,
Bilimsizlikni itar,
Talqon bo‘lsa agar,
U shinniga botar (1-t. 412-413-betlar).
Bu o‘rinda xalq orasida talqonni shinniga qorib yeyish odati mavjudligiga ishora qilingan. Shinnining mazali ekani hammaga ma’lum. She’rda ilm va yaxshi fazilat ham shinniga qiyoslanadi. Inson ilm-ma’rifatli bo‘lsa, talqon shinniga botib, odamlarga huzur baxsh etganidek, bilimi ham uning o‘zi va insonlarga foyda keltiradi, deyiladi.
She’rlar muallifining ilmni bu darajada ulug‘lashi o‘sha davrda ilm-ma’rifatning yuksak darajada ulug‘langanligi va ma’rifatparvarlik didaktik adabiyotning uzviy qismini tashkil etganini ko‘rsatadi. Bu didaktikaning asosiy yo‘nalishi, asosan, kishilarga hayotda qanday hatti-harakatlarni amalga oshirish, qanday amallarni bajarish borasidagi bilimlarni berishga xizmat qilgan. Bilimli bo‘lish bilan birga, yomon xatti-harakatlarni sodir etishdan saqlanish zarurligi, manmanlik, maqtanchoqlikning zararli oqibatlari xususida nasihatlarni bayon etishdan iboratdir. Xususan:
Ilm-hikmat o‘rgangin, bo‘lma mag‘rur,
Maqtanchoqning sharmandasi chiqar, ko‘r (1-t. 253-bet).
Ma’lumki, bilimli, ma’rifatli bo‘lish kishining kibr-havodan uzoqroq turishini ta’minlaydi. Oʻgitlarda insonning kibr-havodan uzoq bo‘lishi atrofdagi kishilar bilan ijobiy munosabatni o‘rnata olishi uchun zamin hozirlaydi deb uqtiriladi. Ilm sari intilish qutlug‘, ezgu ish sanaladi. Demak, har bir kishi ilm o‘rganish sari intilishi, o‘zlashtirilgan bilimlarga amal qilishi, kibr-havodan voz kechishi zarurdir.
O‘rgan uning bilimin,
Borgin uning sari.
Qutlug‘ ishga bo‘ysungin,
Kibrni quv nari (2-t. 161-162-betlar).
Aqlli odamning zehni o‘tkir bo‘ladi, u har qanday o‘git-nasihatni tezda o‘z ongiga singdirib oladi. Alloma inson zehnining o‘tkirligini, har qanday muammoni hal eta olish layoqatini xuddi yuqorida parvoz etayotgan qushning yerdagi o‘ljani ko‘rib, unga ega bo‘lish ilinjida pastga sho‘ng‘ishida sodir etadigan tezligiga qiyoslaydi. Oqil odam zehnining tezligi qush parvoziga qiyoslanadi:
Qush ov ko‘rsa, yuksaklardan pastga cho‘kar,
Olim kishi o‘git bersa darhol uqar (3-t. 53-bet).
Bu misolda aqlli, bilimli odamning tabiati, o‘ziga xos xislati ifodalangan.
Aqlli, bilimli kishilar behuda gaplarga ahamiyat bermaydi, befoyda, o‘zgalarga ziyon yetkazuvchi ishlarni amalga oshirmaydi. Nojoiz berilayotgan hadyalarga uchmaydi, deydi shoir. Amalga oshirayotgan har bir harakati evaziga in’om-ehson kutmaydi, bahosi u qadar baland bo‘lmagan sovg‘alarni o‘z qadr-qimmatidan yuqori qo‘ymaydi. Bu o‘rinda alloma “muzni javohir deb bilmaslik” kerakligini ta’kidlaydi.
Ilm o‘rganish yo‘lida aziyat chekkan, mashaqqat tortgan kishigina uni to‘laqonli o‘zlashtira olishi, kasb-hunar sirlarini mukammal egallashi mumkin, deydi.
Bilimli, yuksak fazilatga ega bo‘lgan kishilar hayoti doimo mashaqqatli kechadi. Umr bo‘yi ilm va hunar asoslarini o‘zlashtirgan olim va fozillar hayoti ham bir kun kelib poyoniga yetadi. Bilimlarining ko‘lami ortib, yuksak orzu-istaklari amalga oshayotgan bir paytda insonning umri tugaydi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling