O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar


Download 0.7 Mb.
bet150/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

3.Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.
Eng qadimgi davrlarda yo‘lga qo‘yilgan ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz yana xalq og‘zaki ijodi namunalari: afsonalar, qahramonlik eposlari, qo‘shiqlar, maqol va iboralarda ilgari surilgan g‘oyalardan ham olishimiz mumkin.Chunki xalq donishmandligining yorqin namunasi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya tajribalari umumlashgan.
Ibtidoiy kishilarning tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlari, ular tomonidan amal qilingan urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlari mazmuni xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri bo‘lgan afsonalarda ifodalangan. Afsonalarning qahramonlari yaxshilikning tantana qilishi uchun yomonlik hamda nurning muqarrar mavjud bo‘lishi uchun zulmat bilan kurash olib boradilar, yaxshilik va baxt-saodatga chulg‘angan o‘lkalarini yaratadilar. Aksariyat afsonalarning qahramonlarini inson sifatida gavdalangan xudolar tashkil etgan. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o‘y-fikrlari, maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalarning ko‘pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar - “Avesto”, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarlari orqali ma’lumdir.
Qadimgi miflarda kishilarning tabiiy ofatlar va yovuz kuchlardan saqlanish borasidagi dastlabki tasavvurlari tirik mavjudot boshiga falokat keltiruvchi tabiiy kuchlarga qarshi mardonavor kurashgan inson va uning xatti-harakatlari orqali ifoda etilgan.
Miflar asosida yaratilgan afsonalarning qahramonlari tomonidan olib borilgan harakatlar qahramonlik eposlarining yaratilishi uchun zamin hozirlagan. Qahramonlik eposlarida vatanga bo‘lgan muhabbat, erk va ozodlik uchun kurash, yurtining har bir qarich yerini asrash, qadrdon qabilasining farovonligi, to‘kin-sochinligini ta’minlash yo‘lida jonini fido etish, qabilaning sha’ni, sharafi, ori va nomusi uchun kurashish tuyg‘ulari tarannum etilgan. Zarina, Sparetra, To‘maris hamda Shiroq (Siroq)lar tomonidan ko‘rsatilgan yuksak vatanparvarlik namunalari, Zarina va Striangey, Zariadr va Odatida muhabbatlari, mardlik va qahramonlik timsollari bo‘lgan Rustam va Siyovush (Xorazm-qang‘ eposi)larning jasoratlari to‘g‘risida hikoya qiluvchi epopeyalar shular jumlasidandir. Bizgacha yetib kelgan epik asar (afsona va rivoyat)larda asosan ajdodlarimizning yurt ozodligi, vatan ravnaqi va qabila farovonligi yo‘lida olib borgan kurashlari o‘z ifodasini topgan. Qahramonlar vatanni va xalqni sevadi. Or-nomusni muqaddas deb bilish, do‘st va safdoshlarga sadoqat, burchni yuksak darajada anglash, unga sodiqlik, vatan va xalqi uchun o‘z jonini qurbon etish, har qanday mashaqqatga bardosh berish, o‘z sevgi-muhabbati yo‘lida aziyat chekishga tayyorlik kabi insoniy tuyg‘ular ularning asosiy xususiyatlaridir. Qahramonlik eposlarida ulug‘langan eng asosiy axloqiy xislatlari - jasurlik va mardlikdir.
Jasurlik, kuchlilik va mardlik – qadimiy kishilarda tarkib topishi zarur bo‘lgan eng muhim fazilatlar sanalgan. Tarixiy shaxslarning hayoti va qahramonliklari borasida ma’lumotlar beruvchi rivoyatlar fikrimizning yorqin dalilidir. Ularda muayyan shaxs faoliyati, donishmandligi, qahramonliklari, tarixiy shaxs ega bo‘lgan axloqiy fazilatlar: nazokat, kamtarlik, aql-idrok, o‘zgalarga muhabbat, yorga vafo, sadoqat, baxt, odillik, odamiylik, oliy himmatlilik va mehnatsevarlik kabilar ulug‘langan.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling