O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika
Download 0.7 Mb.
|
ped. qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-mavzu: Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida Reja
- Ta’lim
- Ta’lim vositalari
Nazorat uchun savollar:“Individ”, “shaxs”, “individuallik” tushunchalarini sharhlang. Rivojlanish va shaxs rivojlanishini ta’riflang. Shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar haqida nimalarni bilasiz? Shaxs faoliyati haqida so‘zlab bering. O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini tavsiflang. 6. Shaxsning ijtimoiylashuvini qanday tushunasiz? 3-mavzu: Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida Reja: 1. Ta’lim nazariyasi (didaktika ) pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida 2. Didaktikaning maqsadi va vazifalari 3. Didaktik kategoriyalarning mazmun-mohiyati. Tayanch tushunchalar: Didaktikaning so‘zma-so‘z tarjimasi “ta’lim nazariyasi”ni anglatadi. Didaktika “grekcha” so‘zdan olingan bo‘lib, “didacticos” - o‘rgatish, o‘qitish ma’nosini bildiradi. Didaktika “nimaga o‘qitish?”, “nimani o‘qitish?” “qanday o‘qitish?” “qayerda o‘qitish” kabi savollarga javob izlaydi. Ta’lim – tevarak – atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o‘qituvchi rahbarlik qiladigan alohida turi. Ta’lim jarayoni – o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, ikki tomonlama xarakterga egadir. Ta’lim printsiplari – ta’lim metodikasi va tashkil etilishi mazmuniga qo‘yiladigan talablarni aniqlaydigan eng muhim qoidalar. Ta’lim metodlari - o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘quv vazifalarini hal etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘langan faoliyati yo‘llari va usullari. Ta’lim vositalari – o‘quv jarayonining tashkil etilishi va o‘tib borishini ta’minlaydigan xilma-xil o‘quv jixozlari, o‘quv qo‘llanmalari va boshqalar.17 1.Ta’lim nazariyasi (didaktika) pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida Insonning faoliyatida o‘qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo‘lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo‘lganda ham shunday bo‘lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo‘lganida ham shunday bo‘lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o‘rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o‘z nazariyasiga ega bo‘lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o‘zgarishlar olib keldi: aynan o‘sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi. Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”, «didasko» esa – “o‘rganuvchi” ma’nosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolar)ni o‘rganuvchi fan. Bu so‘z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi. Bu tushunchani shunga o‘xshash usulda buyuk chex pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko‘rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so‘z yuritadi.18 Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling