O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika
Download 0.7 Mb.
|
ped. qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1929- yil 7- avgust
Ta’lim sohasini "sinfiy dushman"dan tozalash maqsadida hatto maxsus qarorlar ham qabul qilindi. Masalan, VKP (b) MQ O‘rta Osiyo byurosi 1933- yil 27- martda o‘qituvchi kadrlar safini tozalash haqida qaror qabul qiladi va uning natijalari shu yilning 25- aprelida bo‘lib o‘tgan O‘rta osiyo bo‘yicha partiyaning madaniy sohaga bag‘ishlangan kengashida muhokama qilinadi. Bunda mavjud 700 o‘qituvchidan faqat 120 tasi maktablarda ishlashga loyiq deb topildi.
Bunday "tozalash"dan maqsad saviyasi past bo‘lsada mehnatkash tabaqalaridan chiqqan kishilarni tanlab olib, eng zakovatli omilkor kishilarni siqib chiqarib, "shaklan milliy, mazmunan proletar madaniyati"ni vujudga keltirishdan iborat edi. "Tozalash"da kishining qobiliyati, madaniy saviyasi va ma’lumot darajasi emas, balki ijtimoiy kelib chiqishi asosiy mezon qilib olindi. Sobiq SSSR MK va XKKning 1929- yil 7- avgust qaroriga asosan arab alifbesi o‘rniga lotin alifbosi qabul qilindi. Arab yozuvining lotinlashtirilishi dinga qarshi tashviqotning bir shakli edi. Bu islohotning oqibatida Sharq xalqlari tarixi va madaniyatini o‘zida mujassam qilgan minglab arab yozuvidagi qimmatbaho manbalardan O‘zbekiston xalqlarini mahrum qildilar. O‘sha davrning taniqli tilshunos olimi G‘ozi Olim Yunusov va ilg‘or pedagoglar bu islohotni madaniy bilimsizlik deb baholadilar. 1940- yilning may oyida O‘zbekistonda "O‘zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitidan rus grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alfavitiga ko‘chirish to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. Mazkur siyosatlar tufayli o‘zbek xalqi o‘z tarixi, milliy urf- odat- u an’ana, umuminsoniy qadriyatlarini bilish va o‘rganish imkoniyatlaridan mahrum bo‘ldi. Millat taqdiri, maorif ravnaqi uchun jon fido qilgan, erkin, hur fikrli alloma ma’rifatparvarlar— Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Elbek, Otajon Hoshimov, Shokir Sulaymon, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy qatl etildi. Usmon Nosir, Botu va boshqalar Sibirga surgun qilindi. Yuqorida aytilgan fikrlardan xulosa shuki, go‘yo to‘ntarish Turkiston o‘lkasida ma’rifatning, ijtimoiy tuzumning, ishlab chiqarishning sezilarli darajada rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. O‘lkada juda ko‘plab ziyolilar etishib chiqdi, zavod va fabrikalar qurildi, lotincha savodsizlikka barham berildi. Lekin kezi kelganda shu narsani ham qayd etish kerakki, Oktabr to‘ntarishi o‘lkada, yuqorida ta’kidlanganidek, sobiq sovet ishlarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etish bilan birga, o‘zbek milliy qadriyatlariga putur etkazishga, milliy xalqni ruslashtirishga harakat qilingani, ma’naviyatimizning yo‘qolayotganligiga, tariximizning toptalishiga urinishlar bo‘lganligini hech kim inkor etolmaydi, albatta. Chunki har qanday xalq o‘z milliyligi, qadriyatlari va madaniyati bilan buyukdir. O‘zbek xalqining ana shu buyukligi ruslar istilosi ostida ko‘p yillar davomida toptalib, oyoq osti qilindi. Endilikda shukrlar bo‘lsinki, mustaqillik sharofati bilan yo‘qotayozgan barcha milliy va ma’naviy boyliklarimiz, qadriyatlarimiz tiklanmoqda. Bu albatta, shu bugungi o‘zbek maktabini, uning ta’lim- tarbiyasini sharqona uslubda, jahon redagogikasining ilg‘or tamoyillari asosida qayta qurishimizda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling