O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika
Bоla rivоjlanishining makrо-mеzо-mini оmillari
Download 0.7 Mb.
|
ped. qo\'llanma
Bоla rivоjlanishining makrо-mеzо-mini оmillari.
1920 yili Hindistonda doktor Sing bo‘rilar uyasida bo‘ri bolalari bilan birga ikkita qizchani (biri 2 yoshda, ikkinchisi 7-8 yoshlarda) topgan. Kichigi Amala, kattasini Kamala deb nomlashdi. Boshida ular o‘zini yovvoyi hayvonlardek tutdi. Tunda emaklab yurishardi va yugurishardi, kunduzi uxlashardi, qo‘ldan foydalanmay chapillatib ovqatlanishardi. Kichik qizcha tezda o‘lib qoldi, kattasi 10 yilga yaqin yashadi. Shu yillar ichida doktor Sing Kamalani kuzatish kundaligini batafsid olib bordi. Qiyinchilik bilan o‘qirdi. 2 yil uni tik turishga o‘rgatishga to‘g‘ri keldi. 6 yildan so‘ng yura boshladi, lekin ilgaridek emaklab yugurardi. Birinchi 4 yillar ichida 6 ta so‘zni o‘zlashtirdi. 7 yildan so‘ng so‘z boyligi 45 ta so‘zga, 3 yildan so‘ng esa 100 gacha yetdi. Shuni o‘zida til jarayoni to‘xtadi. Bu vaqtga kelib Kamala inson jamiyatini yaxshi ko‘rdi, yorug‘likdan qo‘rqmay qoldi, qo‘l bilan ovqatlanishga va stankandan ichishga o‘rgandi. 17 yoshga yetgach Kamala rivojlanishi darajasiga qaraganda 4 yoshlik boladek edi. Bu hol shuni ko‘rsatadiki, odam oxir-oqibatda insonlar jamiyatiga tushib qolganida ham odam darajasiga yetmagan. Nima o‘zi odamni odam qiladi? Biologik individni ijtimoiy subyektga aylanishi odam sotsializatsiya jarayonida, uning jamiyatga “kirishida”, turli xil ijtimoiy gurux va tuzilmalarga qadriyatlar, ko‘rsatmalar, ijtimoiy o‘zini tutish me’yor va namunalarini o‘zlashtirish orqali “kirishida” sodir bo‘ladi. Sotsializatsiya – uzluksiz va ko‘p qirrali jarayon. Bu jarayon ayniqsa, bolalik va o‘smirlikda jadal kechadi. Agar bu jarayonni obrazli qilib uy qurilishi deb tasavvur qilsa, unda aynan bolalikda butun binoga poydevor qo‘yiladi va quriladi. Keyinchalik butun umr davomida faqatgina pardozlash ishlari olib boriladi. Bola sotsializatsiyasi jarayoni, shaxs sifatida uning shakllanishi va rivojlanishi atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirda sodir bo‘ladi. Shaxs sotsializatsiyasining makro (grekcha macros “katta”), mezo – (mesos “o‘rta”) va mikro (micros “kichik”) omillarini farqlaydilar. Mikroomillar – inson yashaydigan mamlakat, jamiyat, davlat hamda dunyoviy planetar jarayonlar – ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vab. Mezoomillar – etnik ko‘rsatmalarni shakllantirish, shaxsning milliy hayot va etnikaro munosabatlarning u yoki bu hollarini qabul qilishi, insonlarning o‘z eposi (xalqi) tarixi va hozirgi hayoti haqida qarashlari va fikrlari; bola yashaydigan va rivojlanadigan mintaqaviy shart-sharoitlarning ta’siri; yashaydigan joy turi (shahar, tuman markazi, qishloq); ommaviy kommunikatsiya vositalari va b. Mikroomillar -yaqingina makonni va ijtimoiy muhitni tashkil qiladigan oila, ta’lim muassasalari, tengdoshlar guruhi va b. mana shu yaqingina muhitni, ya’ni bola o‘sadigan muhitni sotsium yoki mikrosotsium deb atashadi. Sotsium (yaqin muhit) – bola sotsiolizatsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta-sekin o‘zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan, oilada rivojlanadi, so‘ng yangi muhitlarni o‘zlashtiradi – maktabgacha muassasalar, maktab, maktabdan tashqari muassasalar, o‘rtoqlar davrasi, diskotekalar va h.k. Yosh o‘tgan sari bola tomonidan o‘zlashtirilgan ijtimoiy muhit “hududi” tobora kengayib boradi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling