O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Оila va bоlalar, оta-оnasiz qоlgan bоlalar bilan ijtimоiy pеdagоgik faоliyat


Download 0.7 Mb.
bet250/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

5.Оila va bоlalar, оta-оnasiz qоlgan bоlalar bilan ijtimоiy pеdagоgik faоliyat

Jamiyatda oilaning roli o‘zining kuchi bo‘yicha boshqa hech bir institutlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Aynan oilada insonning shaxsi shakllanadi va rivojlanadi bola jamiyatda qiyinchiliklarsiz moslashib ketishi uchun u ijtimoiy vazifalarini egallaydi. Oila birinchi tarbiyaviy institut sifatida ishtirok etadi, u bilan bog‘liqlikni inson o‘zining butun hayoti davomida xis etadi. Oilada insonning ma’naviyligiga asos solinadi xulqi qoidalari yuzaga keltiriladi shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari ochib beriladi.


Statistika ko‘rsatishicha, xo‘jalik yuritish bozor siyosatiga o‘tish ijtimoiy institut sifatida oila holatiga ancha yomon og‘ir ta’sir ko‘rsatdi. Demograflar tug‘ilish kamayganini qayd etadilar sotsiologlar asotsial oilalar sonini o‘sib borishini qayd etadilar va turmush darajasining pasayishini taxmin qiladilar.
Hamma davrlarda ham oila o‘zining farzandlarini tarbiyalashda yordam olishga talabni xis etgan. Tarix ko‘rsatishicha, odamlar katta oilalar bilan yashaganlarida oilaviy hayotning zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalari avloddan avlodga tabiiy ravishda va oddiy kundalik o‘tib kelgan. Zamonaviy industrial jamiyatda avlodlar o‘rtasidagi oilaviy aloqalar buzilmoqda. Shuning uchun, jamiyat oila tashkil etish va bolalarni tarbiyalash haqidagi zarur bilimlarni yetkazish bo‘yicha ishlarni o‘z zimmasiga oladi. Hozirgi paytda ota-onalarga mutaxassis psixologlar ijtimoiy ishlar xodimlari ijtimoiy pedagoglar va bolalarni tarbiyalash bo‘yicha boshqa mutaxassislarning yordamlari zarur. Ana shu mutaxassislarning yordamiga faqatgina notinch, yomon oilalar emas, bugungi kunda tinch yaxshi oilalar ham muhtojlar.
Oila haqida bir necha xil tushunchalar mavjud: birinchidan, oila – bu nikoh va (yoki) qon-qarindoshchilikka asoslangan kichik ijtimoyi gurux, uning a’zolari birgalikda yashaydilar va uy ishlarini bajaradilar, bir-biriga nisbatan o‘zaro majburiyatlar bilan birlashganlar. Ikkinchidan, oila – bu ijtimoiy institut bo‘lib, unda odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar barqaror mustahkam shaklda bo‘ladi. Ana shu o‘zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayoti asosiy qismi amalga oshiriladi: jinsiy munosabatlari, farzand ko‘rish, bolalaning boshlang‘ich ijtimoiylashishi, tarbiyalash, ta’lim berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar.
Oila-nikoh munosabatlari insoniyatga qadim davrlardan ma’lum. Neolit davridayoq (15-20 ming yil ilgari) ongli inson paydo bo‘lganda, odamlar jamoasi mavjud bo‘lgandayoq ularning birgalikda xo‘jalik yuritishdagi va bola tarbiyalashdagi vazifalari tabiiy jinsiyligi, yoshiga qarab (erkak, ayol) ajratilishiga asoslangan. Tarixda qayd etilgan oilaviy munosabatlarda farqlar bo‘lishiga qaramay, hamma oilalarni birlashtiradigan qandaydir umumiylik bor. Bu oilaviy tarzda hayot kechirishdir, bunda insoniyat yashashning yagona imkoniyatini topgan.
Olimlar oilaning turli vazifalarini ko‘rsatadilar. Biz birinchi navbatda, bolani tarbiyalash va rivojlantirishga taalluqlilarinigagina to‘xtalib o‘tamiz.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling