Umumiy va kasbiy ta’lim оlmagan bоlalar Biroq o‘rta ma’lumotni olmagan bolalar ham bor. o‘zi mustaqil kasb ta’limi faoliyati turlarini egallay olmaydigan bolalar ham uchrab turadi. Bunday bolalarning o‘qishga hoxishi yo‘qligi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasb faoliyati bilan shug‘ullana olmasligi kabi xususiyatlari birlashtiradi. Shunday holatlarlardan kasb ta’limiga ega bo‘lmagan bolalar kelib chiqadi. Bu me’yordan og‘ishganlikni bartaraf etishda mutaxassisning ijtimoiy-pedagogik yordami zarur bo‘ladi.
Ijtimоiy mе’yorlar va ulardan оg’ishganlik.
Ijtimoiy me’yordan og‘ishganlik tushunchasi “ijtimoiy me’yorlar” tushunchasi bilan bog‘liq. Ijtimoiy me’yorlar – bu jamiyatning u yoki bu davrida, bosqichida maxsus o‘rnatilgan hatti-harakat namunalari yoki yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan (ruxsat etiladigan yoki majburiy) qoidalardir.
Umumiy qabul qilingan xulq-atvorga oid qoidalar o‘z tarixiy rivojlanish yo‘liga ega. Ular Qadimgi davrlardan ma’lumdir. Jamiyat doimo o‘zini saqlab qolishga harakat qilgan. Shu maqsadda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda turli ijtimoiy cheklashlar: miflar, tabu (mann qilish), an’analar, diniy dogmalar (aqidalar) kiritilgan.
Insoniyat jamiyati doimo murakkablashib va takomillashib borgan. Vaqt o‘tishi bilan yanada mustahkamroq huquqiy, ahloqiy me’yorlar vujudga kelib, insonlar xulq-atvoriga bo‘lgan munosabatda u yoki bu jamiyatda qabul qilingan ahloq va hulqli me’yordan og‘ish holatlari shakllanishiga qarshi me’yorlash yuzaga keldi.
Ijtimoiy me’yorlar ikki katta guruhga bo‘linadi:
Universal me’yorlar, jamiyatdan har bir insonga taalluqli me’yorlar.
Xususiy me’yorlar, insonlarni alohida belgilangan kasbiy faoliyatlari sohalari yoki insonlar hayotiy faoliyatlari (masalan, shifokor, pedagog, aka, do‘st va boshqa) ga taalluqli me’yorlar.
Ijtimoiy me’yorlarga rioya qilish insonning ehtiyoji va odatlariga aylanishi zarur. Agar bola ijtimoiy me’yorlarni va jamiyat qadriyatlarini o‘zlashtirmagan bo‘lsa, uni xulqiy og‘ishgan bola deb ataydilar.
Xulqiy og‘ishgan bolalar muammosi sotsiologiya, psixologiya va pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan ishlab chiqilgan. Xulqiy og‘ishganlikning turlariga bolalar alkogolizmi, toksikomaniya, giyohvandlik, buzuqlik, qarovsizlik, nazoratsizlik, daydilik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |