O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika
Download 0.7 Mb.
|
ped. qo\'llanma
Mе’yordan jismоniy оg’ishlik.
Me’yordan og‘ishganlikni shartli ravishda to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: jismoniy, psixik, pedagogik va ijtimoiy me’yordan jismoniy og‘ishlik insonning sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lib, tibbiy ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi. U bolalarning yosh va jinsiy ko‘rsatkichlari bilan (vazni, bo‘y uzunligi, ko‘krak kengligi va boshqalar) ifodalanadi. Ular bolaning sog‘lig‘ini xarakterlaydi. Aslida bular ideal ko‘rsatkichlar bo‘lib, bunday ko‘rsatkichlarga to‘la muvofiq keladigan bolani topish qiyin bo‘lsa kerak. Jismoniy jihatdan me’yordan og‘ishgan bolalarni ijtimoiylashtirish alohida qiyinchilik bilan amalga oshirilib maxsus ishlarni talab etadi. Sog‘lig‘i jihatidan me’yordan og‘ishganlik biror kasallik asorati yoki avloddan-avlodga o‘tuvchi omillar, ba’zan tashqi vaziyat orqali yuzaga kelishi mumkin. Masalan, og‘ir ekologik vaziyat, oziq-ovqat, ichimlik suvining sifatsizligi, oilaning umumiy yashash sharoitining og‘irlashishi va boshqalar. Sog‘ligi va o‘sishida me’yordan og‘ishlik bo‘lgan insonlarning ko‘pgina toifalari mavjud. 1980 yili jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Britaniyaning imkoniyati cheklangan shaxslar uchun uch bo‘g‘inli shkalasini qabul qildi. Xastalik – inson sog‘lig‘idagi har qandy yo‘qotish, psixik yoki jismoniy funksiya anatomik tuzilmasi elementlari, faoliyatdagi biror-bir qiyinchilikning aniqlanishidir. Cheklangan imkoniyat – inson uchun ye’yordagidek hisoblanadigan har qanday cheklanish yoki o‘z faoliyatining yo‘qolishi (nuqsonning ko‘pligi yoki asorati) yoki inson faoliyati doirasidagi har qanday cheklanishlar. Layoqatsizlik (nogironlik) – inson sog‘lig‘idagi nuqsonlar asorati yoki cheklangan imkoniyat, me’yoriy qaysidir rolning bajarilishiga to‘siq bo‘lgan, yosh ko‘rsatkichlari, jinsiy yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqadigan holat. G‘arbiy davlatlarda “Sog‘lig‘ida imkoniyati cheklangan shaxslar” tushunchasi qabul qilingan. o‘zbekistonda ham bu tushuncha kiritilib, unga jismoniy (yoki) va psixik kamchiligi bo‘lgan bolalar taalluqlidir. Bunday bolalarning sog‘lig‘idagi nuqsonlari ularning standartdagi ta’lim olishlarida to‘siqlik qiladi, shu sababli ta’lim olishda maxsus sharoitlar yaratilishini talab etadi. Shuningdek, “nuqsonli” tushunchasi ham kiritilgan bo‘lib, ular jismoniy, psixik og‘ir va murakkab kabi turlarga ajratilgan. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling