O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi


Download 0.7 Mb.
bet252/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi
Oila bolaning shaxsi shakllanishiga faol ta’sir ko‘rsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy guruxdir. Oila ijtimoy mikromuhitdir. Ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish omillaridan biridir. U bolaning jismoiny, psixik va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi bolani u dunyoga kelgan mamlakat madaniyatiga va bola tabiatiga mos ravishda rivojlanib borishi uchun uni asta-sekin jamiyatga kiritib borishdan iboratdir.
Insoniyat to‘plagan ijtimoiy tajribalariga, u tug‘ilib o‘sayotgan mamalakat madaniyatiga, uning ma’naviy-axloq qoidalariga, xalq an’analariga bolani o‘rgatish – ota-onalarning majburiy vazifasidir.
Tarbiyaviy vazifasi
Boshlang‘ich ijtimoiylashish jarayonida bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilari bo‘lganlar va shunday bo‘lib qoladilar. Bolani oilada tarbiyalash murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayondir. Oiladagi muhit va sharoit bolaning shaxsi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ota va ona o‘z bolasini ardoqlaydi, erkalaydi, tashvishini qiladi, hayot tashvish va qiyinchiliklaridan asraydi. Ota-onalarning shaxsiy ibratlari – bolaning tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatish muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy ahamiyati bolaning taqlid etishga qiziqishi, havas qilishiga asoslangan. Bilim va tajribalarga ega bo‘lmay bola kattalar qilganini takrorlaydi, ularning harakatlariga taqlid qiladi. Ba’zan bolaning oilada olgan tajribasi bolaning atrof dunyoga, odamlarga nisbatan yagona o‘lchov belgisi bo‘lib qoladi. To‘g‘ri ba’zi oilalarda ota-onalari bemor bo‘lganida, buzuq axloqli hayot kechirganlarida, pedagogik madaniyatga ega bo‘lmaganlarida va shu kabilarda tarbiya buzilishi mumkin. Albatta, bola shaxsi tarbiyasiga shunchaki o‘zining borligi bilan ta’sir ko‘rsatmaydi, balki qulay ma’naviy-psixologik muhiti, uning a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlar bilan ta’sir ko‘rsatadi.
Rekeatsion (qayta tiklash) va psixoterapevtik vazifalari
Buning mazmuni oila inson o‘zini to‘la himoyalangan deb xis etadigan, to‘la qabul qilingan, uning mavqei, tashqi ko‘rinishi, hayotdagi muvaffaqiyatlaridan moddiy ahvolidan qat’iy nazar, oila uni qabul qiladigan boshpana bo‘lishidan iboratdir.
“Mening uyim – mening qasrim” iborasi sog‘lom, tinch oila – dunyodagi hamma notinchliklardan vaqtinchalik bo‘lsa ham yashirinishga, dam olib o‘z kuchlarini to‘plab olishga eng ishonchli va eng yaxshi boshpana degan ma’noni yaxshi ifoda etib beradi.
Rafiqasi o‘z uyida o‘zining hokimining hamma kamsitishlari va jahllariga indamay chidab kelgan an’anaviy modeli endi o‘tmishda qolib ketmoqda. Ko‘pchilik ayollar ham endi ishga boradilar va uyga charchab, toliqib qaytadilar. Oilaviy sharoitda, yaqinlari bilan munosabatlarda, bolalari bilan bo‘lganida kuchlari ancha yaxshi tiklanadi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling