O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika
Ijtimоiy pеdagоgika va ijtimоiy ish
Download 0.7 Mb.
|
ped. qo\'llanma
2.Ijtimоiy pеdagоgika va ijtimоiy ish.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishida XX asr 20-30-yillari alohida o‘rin tutadi. Bu davrda A.Avloniy, A.Shokuriy, M.Qori Abdurashidov, X.X.Niyoziy, V.F.Lubensova, N.P.Arxangelskiy, A.Sharafuddinov kabi pedagoglarning faoliyati muhim ahamiyatga molik. Ular avvalo,ijtimoiy izdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam ko‘rsatish, ya’ni bu allomalar aynan ijtimoiy pedagoglar bo‘lib, ular tashkil etgan maktablar, shuningdek, boshqa pedagoglar tajribalariga tayanganlar (Almoiy nomidagi, N.G.Chernishevskiy nomidagi bolalar tajriba maktablari va boshka muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo‘lib hisoblanadilar). Biroq O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivoji amalga oshmadi. Bunda avvalo, yangi ittifoq sovet pedagogikasi va o‘sha davr pedagogikasi o‘rtasida ajralish yuzaga keldi. Uzoq yillar mobaynida o‘zbek ma’rifatparvarlari-pedagoglari tomonidan to‘plangan barcha bilimlar inkor etilgandi. Pedagogikada shunday shior keng tarqalgandi: “Olam zo‘ravonlikdir, biz uni ildizi bilan quporamiz”. Marksist pedagoglar tomonidan, shu vaqtgacha bo‘lgan barcha pedagogika sohasidagi oktabr to‘ntarishigacha bo‘lgan asarlarni unutish talab etildi. 30-yillar oxirida sotsializm g‘alaba qilganligi e’lon qilindi. Shu vaqtdan e’tiboran ijtimoy muammolar haqida sukut saqlash sharti mustahkamlandi. Bu muammolar alohida, yengil hal etiladigan, “eskilik sarqiti” deb baholandi. Bu esa o‘z o‘rnida ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishiga yo‘l bermadi. 1991 yil O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinishi bilan pedagogikaning ko‘pgina sohalarini, shu jumladan, ijtimoiy pedagogikaning ham rivojlantirish vazifasi qo‘yildi. 1997 yil “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘isida” Qonun (1997 yil) qabul qilinishi bilan ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning samarali yo‘llarini topish, ma’naviy madaniyatni rivojlantirish, shaxsning fuqaro sifatida, erkin tafakkurli shaxsni shakllantirishning eng samarali yo‘llarini yaratish maqsadida pedagogik fan oldiga ta’lim tizimini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish kabi vazifalar quyildi. Respublikamizda ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va amaliy sohasi endigina shakllanmoqda. “Ijtimoiy pedagogika” predmeti ham endigina shakllanmoqda. Mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishini yuritish shunchalik dolzarbki, bu fan bo‘yicha mamlakatimizda: Ma’naviyat va ma’rifat Markazi, “Oila” markazi, nodavlat hukumatga qarashli bo‘lmagan hayriya jamg‘armasi, “Sog‘lom avlod uchun”, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi qoshidagi respublika o‘quv-metodik ta’lim markazi, Nizomiy nomidagi TDPU (mafkura) g‘oyaviy-siyosiy kafedralar va boshqalar. Respublikamizda har bir navbatdagi yilni ijtimoiy muammolardan biriga bag‘ishlash an’ana tusiga kirgan. Masalan, 2001 yil “Onalar va bolalar yili” deb e’lon qilingandi. Shu munosabat bilan “O‘smir va sog‘lom turmush tarzi” deb nomlangan respublika metodik seminarii o‘tkazilib, maktablarda “Sog‘lom turmush tarzi” predmeti kiritilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi ijtimoiy muammolar masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonda keyingi vaqtlarda bir katta muammoga butun bir yilni bag‘ishlash an’anaga aylandi. Masalan, 1998 yil “Oila yili”, 1999 “Ayollar yili”, 2000 “Sog‘lom avlod yili”, 2001 “Onalar va bolalar yili”, 2002 yil “Qariyalar yili”, 2003 “Obod va sog‘lom mahalla yili”, 2004 yilni “Mehr va muruvvat yili” deb belgilab, ijtimoiy pedagogik muammoni amaliyotda hal etish yo‘llari izlanmoqda. Bugungi kunda ko‘plab empirik va nazariy bilimlar to‘plangan. Ularni to‘la anglamoq va tizimlashtirishni talab etadi. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning kelgusi rivojlanishi yetarli darajada emas. O‘tmish allomalarimiz, olim-pedagoglarimiz asarlarini yangi nuqtai nazardan turib, o‘rganish, chet el tajribalarini o‘zlashtirib, Respublikamizga moslashtirilgan holda maqsadga muvofiq qo‘llash lozim. Chet el ijtimoiy pedagogikasi esa ko‘p yillardan buyon rivojlanib kelmoqda, hozirgi vaqtda esa bu sohada juda ko‘p muhim ilmiy salohiyatli bilimlar jamlangan. Shu sababli ham O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishida boshqa mamlakatlarning tajribalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohadagi rivojlanish jarayonida vujudga kelgan muammolarning tahlili, ilmiy bilimlar va chet eldagi amaliy faoliyatni o‘rganishning o‘rni beqiyos. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling